• Pozitsion rostlagichlar
  • Uch pozitsion rostlagichning prinspial sxemasi.
  • PR1.5 pozitsion rostlagichining prinsipial sxemasi.
  • Avtomatlashtirish va boshqarish




    Download 10,89 Mb.
    bet9/52
    Sana15.02.2024
    Hajmi10,89 Mb.
    #157074
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52
    Bog'liq
    УМК узб АТВ 2020
    Yogesh Solar cells (1), BSB-1 6-A SINF JUMABOYEV MIRSAID, ydtPMlLCxM67VW3jRslz3H22NF203baT7PTyQ8ds
    6-mavzu. Pnevmorostlagich.
    Reja:

    1. Pnevmorostlagich funksional strukturasi.

    2. Pozitsion rostlagich PR1.5M1.

    3. Proporsional rostlagich PR2.8.

    4. Rostlagich PR3.31.

    5. Proporsionalno-integralnыy regulyator PR3.32.

    6. Proporsional’no-integralno-differensialnыy regulyator PR3.35

    Pozitsion rostlagichlar
    Rostlash qonunlari ichida rele qonuni eng oddiy hisoblanadi. Buni pnevmatik, elektr va boshqa rostlagichlar vositasida amalga oshirish mumkin. Unda rostlanayotgan kattalikning berilgan qiymatidan chetga chiqishidan foydalaniladi. Ikki pozitsiyali rostlagichlar keng tarqalgan bo‘lib, bunda, rostlovchi organ ikkita chetki holatdan (ochiq yoki yopiq) birini egallaydi. Mavjud nazorat-o‘lchov asboblarining (elektron ko‘prik va potensiometrlar, manometrlar, termometrlar va boshqalar) ko‘pchiligi ikki va uch pozitsiyali rostlashning sodda vositalari bilan ta’minlangan.
    Pozitsion elektr rostlagichlar o‘lchanayotgan parametrning
    berilgan qiymatini ikki yoki uch pozitsiyali rostlash va o‘rnatishga imkon beradi. 6.1-rasmda pozitsion elektr rostlagichlarning prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan. Pozitsion elektr rostlash topshiriq beruvchi mexanizm asbobga o‘rnatilgan kontaktli topshiriq bergich va qo‘shimcha qurilmaga
    PPR-1M rele bloki orqali amalga oshiriladi. Pozitsion elektr rostlagich ikki xil rostlashning bir turi uchun mo‘ljallangan: nosezgir zonada qayd etilgan eng kichik qiymatni ikki pozitsiyali rostlash (6.1-rasm, b, v); o‘rta kontaktning sozlanuvchi ulash zonasiga ega bo‘lgan uch pozitsiyali rostlash
    (6.1-rasm, a).




    6.1-rasm. Uch pozitsion rostlagichning prinspial sxemasi.

    Avtomat pozitsion rostlash sxemasidan yana (14.7-rasmga qarang) o‘lchanayotgan parametrning asbob shkalasi chegarasida berilgan qiymatini signalizatsiya qilish uchun foydalanish mumkin.


    Kontaktli topshiriq bergichning harakatchan kontakti 2 rostlanuvchi kattalikning sozlash tutqichi va asbob perosi bilan kinematik bog‘langan. Topshiriq bergich kontakt guruhining asosida joylashgan harakatsiz ikkita kontakt 1 va 3 nosezgir zonani kontaktlar o‘rtasidagi masofani o‘zgartirish yo‘li bilan rostlashga imkon beradi. Rostlash kerak bo‘lgan para­metrning qiymati «qiymatni sozlash» tutqichi orqali o‘rnatiladi. Vazifa ko‘rsatkichining ohirgi qismi asbob perosi berilgan qiymatga erishgan nuqtasi tomon yo‘nalishda o‘rnatiladi, shu payt harakatchan kontakt 2 kontaktlar 1 va 3 ning o‘rtasida ularga tegmay, o‘rta holatda turadi. O‘lchanayotgan parametrning berilgan qiymatdan chetga chiqishi harakatchan kontakt 2 ning biror harakatsiz kontaktlar tomon siljishiga olib keladi: o‘lchanayotgan parametrning qiymati berilgandan kam bo‘lsa, harkatsiz kontakt 3 tomon (2, 3 kontakt -«Kam»); o‘lchanayotgan parametrning qiymati berilgandan ko‘p bo‘lsa, harakatsiz kontakt 1 tomon (2, 1 kontaktlar-«Kam»); o‘lchanayotgan parametrning qiymati berilgandan ko‘p bo‘lsa, harakatsiz kontakt 1 tomon (2, 1 kontaktlar -«Ko‘p») siljiydi.
    Nosezgir zonadagi kattalikni qayd etadigan ikki pozitsiyali rostlashda kontaktli topshiriq bergichda faqat bitta harakatsiz kontakt 1 yoki 3 ishlatiladi. Ikki pozitsiyali rostlash b va v variantlari (6.1-rasm) bir-biriga o‘xshash bo‘lib ulardan foydalanish parametrning kattalishish yoki kichiklashishiga bog‘liq. Masalan, harakatchan kontakt 2 ning
    harakatsiz kontakt 1 bilan ulanish paytida (6.1-rasm, v) R2 rele ishga tushadi va O-A zanjirni berkitadi. Kontaktlar 1, 2 uzilganda R2 rele bo‘lib, O-A zanjir ochiladi, O-S zanjir esa berqiladi. Bu sxemadagi ikkinchi harakatsiz kontakt mexanik tayanch vazifasini bajaradi va sxemaga ulanmaydi.
    Uch pozitsiyali rostlash holatida (6.1-rasm, a) kontaktli topshiriq bergichdagi ikkala harakatsiz kontaktlar 1 va 2 ishlatiladi. Harakatchan kontakt 2 harakatsiz kontakt 1 bilan ulanganda R2 rele ishga tushadi va ishlovchi O-A zanjir berqiladi. Harakatchan kontakt 2 kontakt 1 dan ajralgan vaqtda R2 rele manbadan uzilib, yakor bo‘shaydi, O-A zanjir esa ochiladi , lekin O-S zanjir berqiladi. Bu holat harakatchan kontakt 2 harakatsiz kontakt 3 bilan ulanguncha saqlanadi, ya’ni parametrning o‘rnatilgan nosezgir zona chegarasida bo‘lish vaqtida bu holat saqlanib keladi. Harakatchan kontakt 2 kontakt 3 bilan ulanganda R1 rele ishga tushadi, bunda, O-S ishlovchi zanjir uziladi va O-V zanjir berkiladi. Harakatchan kontakt 2 kontakt 3 dan ajraganda, R1 rele manbadan uziladi, yakor bo‘shaydi. O-V zanjir ochilib yana O-S zanjir berqiladi. Tizimning noturg‘un ishlashining oldini olish uchun ikkala rele ham D1 diod va S sig‘im orqali to‘g‘rilangan tok bilan ta’minlanadi. D2 va DZ diodlar uchqun o‘chiruvchi diodlardir. R qarshilik relening qaytishidagi koeffitsientni kamaytirib, tizimning turg‘unligini oshiradi. Rostlanuvchi organ yoki signalizatsiya zanjiri ulangan kuch zanjirlar O, A, V, S klemmalarga ulanadi.


    6.2-rasm. PR1.5 pozitsion rostlagichining prinsipial sxemasi.
    PPR-1M qurilma qo‘shimcha asbobga o‘rnatilgan transformatordan 33V kuchlanish bilan ta’minlanadi.

    Download 10,89 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52




    Download 10,89 Mb.