Avtomatlashtirish va boshqarish




Download 10,89 Mb.
bet7/52
Sana15.02.2024
Hajmi10,89 Mb.
#157074
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52
Bog'liq
УМК узб АТВ 2020
Yogesh Solar cells (1), BSB-1 6-A SINF JUMABOYEV MIRSAID, ydtPMlLCxM67VW3jRslz3H22NF203baT7PTyQ8ds
4-mavzu. Pnematik vositalar majmuasi asosda tuzilgan boshqarish sistemalarining tipoviy variantlari. porshenli va membrana turlari. (2s)
Reja:

  1. Pnematik vositalar majmuasi asosda tuzilgan boshqarish sistemalarining tipoviy variantlari.

  2. Porshenli va membrana turlari.

Membranali manometrlarda egiluvchan membrana (41 – d rasm), yumshoq membrana rezinali qo'shimcha prujina bilan (41 - e rasm) membrana qutili, bir qutili (41f -rasm) va ikki qutili (41-g rasm) sezgir elementlar ishlatiladi. MM turidagi membranali manometr (42-rasm) 2,5 MPa gacha bo'lgan bosimlarni o'lchash uchun mo'ljallangan. Manometrda o'lchanayotgan bosim ta'sirida qutida joylashgan membrana 2 egilib, tishli uzatma 6 orqali richag 4 bilan ulangan shtok 3 ni qo'zg'atadi. Tishli uzatma tishli aylana 8 bilan bog'liq bo'lib, asbobning shkalasi 5 bo'yicha harakatlanuvchi ko'rsatkich 7 bilan prujina 9 orqali bog'langan. Manometrning pastki qismida esa uni o'lchanayotgan ob’yektga o'rnatish uchun mo'ljallangan rezbali shtutser ko'zda tutilgan. Membranali manometrlar uncha katta bo'lmagan bosimlarni o'lchash uchun mo'ljallangan. O'lchash sistemasi sezgirligining pastligi, rostlashning qiyinligi va membrananing charchashi natijasida xarakteristikasining о’zganshi - membranali manometrlarning kamchiligi hisoblanadi.


Egiluvchi membrana, qutili manometrlar atmosfera bosimini o'lchash uchun qo'llaniladi va barometrlar deyiladi. Atmosfera bosimi ichida vakuum hosil qilingan geometrik yopiq membrana qutisiga ta'sir ko'rsatadi. Membranalarni tayyorlash uchun bronza, jez va xrom-nikelli qotishmalardan foydalaniladi.

Membranali manometr
Silfonli manometrlarnmg ishlash usuli o'lchanayotgan bosimning ko'ndalangiga gofrirlangan yupqa devorli silindrik sig'im ko'rinishida tayyorlangan sezgir elementning egilish deformatsiyasi natijasida hosil bo'lgan kuch bilan muvozanatlanishiga asoslangan (41- h,i rasm). Silfonlar chinni, bronzadan yoki zanglamaydigan chidamli po'latdan tayyorlanadi. Silfon devorining qalinligi 0,1...0.3 mm oralig'ida bo'ladi, diametri esa 8 dan 150 mm gacha o'zgaradi. Amalda chiziqli elastiklik xarakteristikasiga ega. Silfonning qattiqligini oshirish uchun uning ichki qismiga vintli prujina joylashtiriladi (41- i rasm). Sanoatda 25...400kPa gacha bo'lgan bosim va bosimlar farqini va 0...98 kPa gacha bo'lgan siyraklanishni o'lchaydigan silfonli manometrlar ishlab chiqariladi.

Download 10,89 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52




Download 10,89 Mb.