|
Stator zanjiriga qo‘shimcha qarshilik R
|
bet | 17/52 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 10,89 Mb. | | #157074 |
Bog'liq УМК узб АТВ 2020Stator zanjiriga qo‘shimcha qarshilik R1Q larni ulab asinxron motor koordinatalarini rostlash. Bu usul asosan rotori qisqa tutashtirilgan asinxron motorlarning o‘tkinchi jarayonlarida tok va moment qiymatlarini rostlashda (cheklashda) qo‘llaniladi. Stator zanjiriga qo‘shimcha R1Q qarshilikning ulanishi berilgan tezlikda (sirpanishda) stator va rotor tokining kamayishiga olib keladi. R1Q qarshilikning ulanishi ideal salt yurish tezligi 0 ni o‘zgartirmaydi.
Stator zanjiriga ulanadigan qo‘shimcha qarshiliklarning amaliy ahamiyati shundaki, bu qarshiliklarning qiymatiga proporsional ravishda asixron motorni ishga tushirishdagi qisqa tutashuv toki IQt qiymatini cheklash imkonini beradi.
3.22 – rasmdagi mexanik tavsiflar tahlili shuni ko‘rsatadiki, R1Š=ar bo‘lganida 0 = const bo‘lib, tabiiy va sun’iy tavsiflar uchun ideal salt yurish tezligi o‘zgarmaydi va barcha tavsiflar 0 nuqtadan boshlanadi. 1 – tavsif asinxron motorning tabiiy tavsifi bo‘lib (R1Q = 0), qolgan sun’iy tavsiflar qarshiliklarning R1Q1 < R1Q2 < R1Q3 qiymatlariga mos keluvchi 2, 3, 4 sun’iy tavsiflardir. Sun’iy tavsiflarning MK va SK qiymatlari R1Q qiymatiga mos ravishda kamayadi. Sirpanish s = 1 qiymatda asinxron motorni ishga tushirish momenti ham R1Q qiymatiga qarab kamayadi. Bu usul tezlikni rostlashga yaramaydi, chunki tezlikni rostlash diapazoni juda kichik; Bu usul odatda asinxron motorning turli o‘tkinchi jarayonlarida, ya’ni ishga tushirish, revers va tormozlash vaqtlarida tok va momentni cheklash maqsadlaridagina qo‘llaniladi.
3.22 – rasm. Stator chulg‘amiga ulangan qo‘shimcha qarshiliklar yordamida koordinatalari rostlanadigan asinxron motorning mexanik tavsiflari
Rotor zanjiriga qo‘shimcha qarshilik R2Q larni ulab, asinxron motor koordinatalarini rostlash. Bu usul asinxron motor toki va momentini rostlash bilan bir qatorda tezligini rostlashda ham qo‘llaniladi.
Bu usul bilan asinxron motorning sun’iy mexanik tavsiflarini qurganimizda R2Q ning har qanday qiymatlarida ideal salt yurish tezligi 0 va momentining maksimal (kritik) qiymati MK o‘zgarmaydi. Ammo siranishning kritik qiymati sK o‘zgaradi. 3.23 – rasmda asinxron motorning rotor zanjiriga ulangan qo‘shimcha qarshiliklarni o‘zgartirib tezligini boshqarish jarayonining mexanik tavsiflari keltirilgan bo‘lib, bu erda, 1 – tabiiy tavsif (R2Q = 0) va 2 – 3 (R2Q3 > R2Q2) sun’iy tavsiflardir.
Tezlikni rostlash diapazoni MQ O‘TM niki kabi D = (2 3): 1 bo‘lib, tezlikni chuqurroq rostlaganimizda mexanik tavsifning bikrligi kamayib boradi; tezlik asosiy tezlikdan pastga qarab rostlanadi; rostlanish silliqligi R2Q qiymatining silliq o‘zgarishiga bog‘liq; rostlash jarayonida elektr energiya isrofi katta. (4.5) bo‘yicha quvvat isrofini tahlil qiladigan bo‘lsak, sirpanish s ning oshishi rotor zanjirida quvvat isrofini oshishiga olib keladi va bu esa FIK kamayishiga sabab bo‘ladi.
Bunday usul bilan tezlikni rostlash qisqa muddatli ish rejimida ishlayotgan elektr yuritmalar uchun maqsadga muvofiqdir. Masalan, yuk ko‘tarish mashina va mexanizmlarining elektr yuritmalarida keng qo‘llaniladi.
3.23 – rasm. Rotori chulg‘amiga ulanadigan qo‘shimcha qarshiliklarning turli qiymatlariga mos keluvchi faza rotorli asinxron motorning mexanik tavsiflari
|
| |