Asinxron motorli elektr yuritma koordinatalarini kuchlanishni o‘zgartirib rostlash
Asinxron motorning rostlanuvchan koordinatalarini rostlashni, nisbatan sodda boshqaruv sxemalari asosida, stator chulg‘amiga berilayotgan kuchlanishni o‘zgartirib amalga oshirish mumkin. Bu usulning yana bir jihati energiya tejamkor asinxron elektr yuritmalarni yaratish imkonini ham berishidir.
Rotori qisqa tutashtirilgan asinxron motor koordinatalarini rostlash uchun asinxron motor 2 bilan tarmoq o‘rtasida boshqariluvchi o‘zgaruvchan tok o‘zgartkichi 1 bo‘lib, uning chiqish qismidagi rostlanuvchi kuchlanish U1rost boshqariluvchi o‘zgartkichga berilayotgan boshqaruv signali Ub ga proporsional o‘zgaradi (3.24 – rasm). Stator chulg‘amidagi kuchlanish 0 dan U1N gacha o‘zgargan holda uning chastotasi f = 50 Gs o‘zgarmay qolaveradi.
Stator chulg‘amidagi kuchlanishning o‘zgarishi ideal salt yurish tezligini o‘zgartirmaydi, chunki, bu tezlik kuchlanish chastotasiga to‘g‘ri proporsional bo‘lib, qutblar soniga teskari prporsionaldir. Sir-panishning kritik qiymati esa motor chulg‘amlarining qarshiliklari qiymatiga va motorning yuklanish darajasiga bog‘liq. Motorning maksimal momenti esa kuchlanishning kvadratiga to‘g‘ri proporsionaldir.
SHu sababli U1 rost = var uchun qurilgan mexanik tavsiflar asinxron motor tezligini rostlash uchun yaramaydi (3.24b – rasm), chunki kuchlanish qiymati kamaygan sari uning yuklanish darajasi kamayib boradi va rostlanish diapazoni ham juda kichik bo‘ladi. 3, 4, 5, 6 tavsiflar kuchlanishning U1N, 0,8U1N, 0,6U1N, 0,4U1N qiymatlari uchun qurilgan. SHu sababli ham 3.24a – rasmdagi asinxron elektr yuritma tizimini asinxron motorning o‘tkinchi jarayonlarida, texnologik talablardan kelib chiqqan holda, moment va tok qiymatlariga ta’sir etish uchun qo‘llash mumkin.
3.24. – rasm. Asinxron motorning stator chulg‘amidagi kuchlanishni o‘zgartirib koordinatalarini rostlash sxemasi (a) va mexanik tavsiflari (b)
Boshqariluvchi o‘zgaruvchan tok o‘zgartkichi sifatida, boshqariluvchi transformator, avtotransformator, induksion regulyator va tiristorli kuchlanish rostlagichlar (TKR) qo‘llaniladi. Hozirgi paytda asosan TKR lar qo‘llanilmoqda. CHunki boshqa o‘zgartkichlarga nisbatan TKR yuqori FIK ga ega bo‘lishi bilan bir qatorda asinxron motorlarni boshqarishda avtomatik tizimlarni qo‘llash uchun qulay hamdir.
Keng tarqalgan «Tiristorli kuchlanish rostlagich – asinxron motor» tizimi asosini tashkil etuvchi TKR ning ishlash pritsipini ko‘rib chiqamiz.
3.25a – rasmda, bir fazali o‘zgaruvchan tokning yuklanishi Zyu bo‘lgan tiristorli kuchlanish rostlagichning kuch sxemasi keltirilgan. TKR ning kuch sxemasi ikki o‘zaro parallel qarama – qarshi ulangan VS1 va VS2 tiristorlardan iborat bo‘lib, kuchlanish U1 ning har ikki yarim davrida yuklanishdan tok o‘tishini ta’minlaydi. Impulsli faza boshqaruv tizimi (IFBT) ning kirish signali Ub ta’sirida uning chiqish qismida boshqaruv kuchlanishi U hosil qilinadi va bu signal bilan tiristorlarning ochilish burchagi ning qiymati rostlanadi.
Agar VS1 va VS2 tiristorlarga berilayotgan signal U = 0 bo‘lsa, ular yopiq holatda bo‘ladi va TKR ning chiqish qismidagi kuchlanish ham Urost= 0 bo‘ladi. Agar tiristorlarga berilayotgan signal U ning qiymati = 0 ga mos bo‘lsa, ya’ni bo‘lganida TKR ning chiqish qismidagi kuchlanish eng katta qiymatiga ega bo‘ladi, ya’ni Urost = U1 bo‘ladi (3.25b – rasm). Agar U signal qiymati 0 ga mos bo‘lsa, u holda yuklanishga U1 kuchlanishning ma’lum bir qismi ulangan bo‘ladi (3.25b – rasm). SHunday qilib, boshqaruv burchagi ni 0 dan gacha o‘zgartirganimizda o‘zgartkichning chiqish qismidagi kuchlanish U1 dan 0 gacha o‘zgaradi.
3.25 – rasm. Bir fazali tiristorli kuchlanish rostlagichning kuch sxemasi (a) va kuchlanish tavsiflari (b)
Bir fazali TKR sxema asosida yaratilgan uch fazali TKR ning kuch sxemasida oltita tiristorlari bo‘ladi va ular stator chulg‘ami fazalari bilan uch fazali tarmoq orasiga ulanadi. Bunday TKR larda parallel qarama – qarshi ulangan tiristorlar o‘rniga xuddi shu funksiyalarni bajaruvchi simistorlarning qo‘llanilishi kuch sxemasini soddalashtirishga olib keladi.
TKR dan chiqayotgan kuchlanishning formasi nosinusoidual ko‘rinishga ega bo‘ladi. Bu nosinusoidal kuchlanish turli chastotali va amplitudali garmonik tashkil etuvchilardan iborat bo‘ladi.
Asinxron elektr yuritmalarni boshqarishda TKR larni qo‘llash motorlarni revers qilish imkonini beradi; majburiy elektr tormozlash mumkin; elektr yuritma o‘tkiinchi jarayonlari ko‘rsatkichlarini rostlash hamda energiya tejamkor ish rejimlarini joriy etish kabi funksional imkoniyatlarini oshiradi.
. Asinxron motorning chastotasini o‘zgartirib tezligini rostlash
Bu usul bilan asinxron motor tezligini rostlash eng istiqbolli bo‘lib, hozirgi paytda juda keng qo‘llanilmoqda. ifodadagi asinxron motor kuchlanishi (toki) chastotasi f1 ni keng diapazonda o‘zgartirish natijasida sun’iy tavsiflar hosil qilish mumkin va bu tavsiflar yuqori darajadagi bikrlikka ega bo‘ladilar. YAna bu tezlikni rostlashning asosiy xususiyatlaridan biri chastotaning turli qiymatlaridagi tavsiflarda sirpanishning oshishi ro‘y bermaydi va bu quvvat isrofining uncha oshmasligini ta’minlaydi.
Asinxron motordan yanada unumliroq foydalanish uchun hamda energetik kœrsatkichlari: quvvat koeffitsienti va FIK hamda yuklanish xususiyati yuqori bo‘lishi uchun chastota bilan bir paytda kuchlanishni ham o‘zgartirish kerak. Kuchlanishni o‘zgartirish qonuniyati yuklanish momenti MS xarakteriga bog‘liqdir.
YUklanish momenti MS = MN = const bo‘lganida chastotaning o‘zgarishi bilan bir qatorda kuchlanishni ham rostlash ushbu ifoda orqali amalga oshiriladi
. (3.16)
YUklanish momenti MS = 2S – ventilyator xarakteriga ega bo‘lganida esa bu chastota bilan kuchlanishning o‘zaro bog‘lanishi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi
. (3.17)
YUklanish momenti MS = -1S – tezlikka teskari proporsional bo‘lgan holda kuchlanishning chastotaga bog‘liqligi quyidagi formula bilan ifodalanadi
. (3.17)
SHunday qilib, asinxron motorning tezligini rostlash uchun albatta boshqariluvchi chastota o‘zgartkich bo‘lishi shart bo‘lib, bu o‘zgartkich stator chœlg‘amiga berilayotgan kuchlanishning chastotasini keng diapazonda rostlash imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
|