Avtomatlashtirish va boshqarish




Download 10,89 Mb.
bet26/52
Sana15.02.2024
Hajmi10,89 Mb.
#157074
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   52
Bog'liq
УМК узб АТВ 2020

Elektromagnit muftlar
Elektromagnitnыe muftlar aylanishni uzatishni bir aylanuvchi valdan boshqasiga masofadan (avtomatik) boshqarish uchun xizmat qiladi. Aylanuvchi moment uzatish xarakteriga ko‘ra ular friksiyali, poroshokli va induksiyali muftalarga bo‘linadi.
Friksiyali muftaning ish prinsipi ergashtiruvchi va ergashuvchi muftalar disklari yuzalaridagi hosil bo‘ladigan ishqalanish kuchlarini ishlatishga asoslangan. Muftalar bir biriga elektromagnit bilan qisiladi. Elektromagnitlar o‘zgarmas tok bilan ta’minlanadi


a

b
Ris. 4.11. Elektromagnit muftlar



Ris. 4.12. Induksionnaya mufta

Ko‘p diskli muftalar eng ko‘p tarqalgan. Bir diskli mufta (rasm.4.11.a) – bu cho‘lg‘am 3 li magnit o‘tkazgich, yakordan tashkil topgan elektromagnit. CHo‘lg‘amga tok cho‘tkali ikki kontaktli halqa yordamida amalga oshiriladi. Magnit o‘tkazgich va yakorda ishqalanish disklari 4 qotirilgan. YAkor bir val bo‘ylab shponkada siljiydi. Magnit o‘tkazgich boshqa valda qattiq qotirilgan. Tok bo‘lmaganda ergashuvchi val harakatlanmaydi. CHo‘lg‘am 3 ga tok berilganda yakor magnito‘tkazgichga tortiladi va vallar birlashadi.


Poroshokli muftalarda (rasm.4.11,b) yarim muftalar orasidagi havo bo‘shlig‘i ferromagnit to‘ldirgich bilan to‘ldirilgan. Bunda elektromagnit yakori va magnit o‘tkazgichi vallarga qattiq maxkamlangan. To‘ldirgich – ferromagnit poroshokni suyuqlik yoki qattiq to‘ldirgiya aralashmasi. Bu aralashma magnit maydoni ta’siri ostida to‘kiluvchi poroshokdan magnit maydoni kuchlari ta’sirida qattiq jismga aylanadi. Elektromagnit cho‘lg‘amiga tok berilganda boshlovchi valga uzatiladigan moment oshadi va vallar birikadilar.
Induksiyali (asinxron) muftaning konstruksiyasi rasm.4.12.da keltirilgan. Boshlovchi val 4 magnit o‘tkazgich 3 va qo‘zg‘atish cho‘lg‘amidan 2 tuzilgan induktorni aylantiradi. Induktor (cho‘tka va aylanma halqalar orqali) doimiy kuchlanishga ulanganda havo bo‘shlig‘i va yakor 1 orqali birlashuvchi magnit oqimi paydo bo‘ladi. Natijada yakorda induktor aylanishida va yakor cho‘lg‘ami 2 hosil qiladigan toklar o‘zaro ta’sirida aylanuvchi magnit maydoni hosil bo‘ladi. YAkor induktordan izidan aylana boshlaydi va boshlovchi 5 valni aylantiradi. Bunday muftalar (sirpanish muftalar) yuqori ishonchligi, uzoq muddatliligi bilan farqlanadi va berilgan kuchlanish kattaligini o‘zgartirishi hisobiga uzatilayotgan momentni rostlanishini ta’minlaydi. Ular kuvvatni bir necha vattdan ming kilovattgacha uzatishadi.

Download 10,89 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   52




Download 10,89 Mb.