-modul. Ijro etuvchi qurilma – Umumiy tushunchalar




Download 10,89 Mb.
bet27/52
Sana15.02.2024
Hajmi10,89 Mb.
#157074
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   52
Bog'liq
УМК узб АТВ 2020

4-modul. Ijro etuvchi qurilma – Umumiy tushunchalar.
13-mavzu. Ijro etuvchi qurilmalarning umumiy strukturasi va umumiy tashkil etuvchilari.
Reja:

  1. Ijro etuvchi qurilmalarning klassifikatsiyasi.

  2. Gidravlik ijro mexanizmlari

  3. pnevmatik ijro mexanizmlari

  4. elektrodvigatel ijro mexanizmlari

  5. elektromagnitli ijro mexanizmlari. (4s)

1. Umumiy ma’lumotlar
Sanoat avtomatika tizimidagi ijro qurilmalari (IQ) boshqariladigan ob’ekt kirishiga komanda z(t), axborotiga mos boshqariladigan ob’ekt kirishiga y(t) rostlovchi ta’sirni shakllantirishga va uni komanda qurilmalari kirishiga komanda qurilmalari (rostlagich, distansion topshiriq beruvchi, mikrokontroller va b) mo‘ljallangan texnik vositalardir.
Energiya qo‘llanishiga ko‘ra ijro qurilmalari elektr, gidravlik yoki pnevmatik bo‘lishi mumkin. ijro qurilmalari sinflanishi rasm.13.1.da keltirilgan.

Ris. 13.1.avtomatlashtirish sxemalarida ijro qurilmalari sinflanishix

Ijro qurilmalari asosiy bloklari ijro mexanizmi (IM) va rostlovchi organ (RO) hisoblanadi. Ular yoki konstruktiv birlashtiriladi yoki alohida bloklardan yig‘iladi. Ayrim hollarda IQ ijro mexanizmi rolini bajaradigan bitta blokdan iborat. (masalan elektr quvvat kuchaytirgich).



Rasm. 21.1. Ijro qurilmasi struktura sxemasi

Ijro mexanizmi rostlovchi qurilmadan kirish boshqaruvchi signal z(t)ni o‘zgartiruvchi va Ϭ(t) signalni mos aloqa (masalan reduktor) orqali rostlovchi organga yoki rostlanayotgan ob’ektga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sirni amalga oshiruvchi blok tushuniladi.





Rasm.21.2. Ijro qurilmasi blok-sxemasi

Ob’ektga rostlovchi ta’sir y(t) ko‘rsatuvchi ijro qurilmasi bloki rostlovchi organ deyiladi. Rostlovchi organ va ijro mexanizmidan tashqari IQ bir qancha qo‘shimcha bloklarni o‘z ichiga oladi. IQ blok sxemasi 21.2 rasmda keltirilgan.


IQ asosiy tavsiflari rostlovchi organga ijro mexanizmi chiqish organidan beriladigan o‘zgartiruvchi kuch (moment) kattaligi hisoblanadi.
Bu kattalik ko‘pincha pasportda ko‘rsatiladi va ijro qurilmalarini enegetik hisoblashda va tanlashda asosiy hisoblanadi.
O‘zgartiruvchi kuch hosil qiluvchi enegiya turiga ko‘ra ijro mexanizmlari pnevmatik, gidravlik va elektr ijro mexanizmlariga bo‘linadi.
Bir necha energiya manbalardan (ikkita) harakatlanuvchi elementlari bo‘lgan ijro mexanizmlar mavjud: elektropnevmatik, elektrogidravlik, pnevmogidravlik. Ular ichida eng ko‘p tarqalgani elektrogidravlik IM. Boshqaruvchi signal energiyasi o‘zgartiruvchi kuch hosil qiladigan enegiya turidan farqlanishi mumkin .
Pnevmatik IM o‘zgartiruvchi kuch membrana, porshen yoki silfonga ta’sir qo‘rsatuvchi siqilgan havo ta’sirida hosil qilinadi. Bu ijro mexanizmlari membradi, porshenli, silfonli ijro mexanizmlariga bo‘linadi. Pnevmatik ijro qurilmalarida siqilgan havo bosimi 1 MPadan oshmaydi.
Gidravlik IMda o‘zgartiuvchi kuch membrana, porshen yoki silfonga suyuqlik bosimi ta’sirda hosil qiliadi. SHunga mos membranali, porshenli va lopastli gidravlik ijro mexanizmlariga farqlanadi. Ularda suyuqlik bosimi 2,5…20,0 MPa.
Pnevmatik va gidravlik membranali yoki porshenli IM prujinali va prujinasiz ijro mexanizmlariga bo‘linadi. Prujinali IM o‘zgartirish kuchi to‘g‘ri yo‘nalishda ishchi yuzadagi bosim bilan qayta yo‘nalishda siqiilgan qattiq prujina kuchi bilan yaratiladi. Prujinasiz ijromexanizmlarida kuch ikkala yo‘nalishda ishchi organdagi bosimlar farqi bilan yaratiladi.
Elektr ijro mexanizmlari ish prin1sipiga ko‘ra elektr motorli va elektromagnitli, chiqish elementi xarakt xarakteriga ko‘ra – to‘g‘ri yurishli (chiqish elementi ilgarilanma xarakat qiladi), buriluvchi ( aylanma xarakat 3600 – “bir aylanuvchi” aylanuvchi xarakat 3600 dan ko‘p- “ko‘p aylanuvchi”) IMga bo‘linadi.
Rasm 21.3 da ijro qurilmalari sinflanishi ko‘rsatilgan.

Rasm 21.3. ijro qurilmalari sinflanishi
Elektr motorli ijro qurilmalari xususiyatlarini ifodalash uchun qo‘yidagi tavsiflardan qo‘llaniladi:
1) Ishchi tavsif (rabochaya xarakteristika)
2) mexanik tavsif (mexanicheskaya xarakteristika)
3) rostlash tavsifi ( regulirovochnaya xarakteristika)

Rasm. 21.4. Aylanma xarakat motorlari tavsiflari: a ) ishchi tavsif; b) mexanik tavsiya; v) rostlash tavsifi



Rasm. 21.4. Aylanma xarakat motorlari tavsiflari: a ) ishchi tavsif; b) mexanik tavsiya; v) rostlash tavsifi
Ijro qurilmarining ikkinchi asosiy elementi rostlovchi organdir (RO). Ob’ektga tas’sir turiga ko‘ra RO ikki asosiy turga bo‘linadi: drossellovchi va miqdorlovchi.
Drossellovchi rostlash organlari truboo‘tkazgichdagi gidravlik qarshilikni moddalar sarfini o‘zini o‘tish kesimni o‘zgartirib ta’sir ko‘rsatish orqali o‘zgartiradi,.
Miqdorlovchi rostlash organlarida berilgan miqdor modda yoki energiyani yoki modda sarfini agregatlar unumdorligini o‘zgatirish orqali amalga oshiriladi.
Sanoat avtomatikasi ijro qurilmalarida qo‘llanilayotgan rostlovchi organlar sinflanishi qo‘yida keltirilgan.
Rostlovchi organlar sinflanishi
Drossellovchi Miqdorlovchi
Standart
Ijro qurlmalari uchun Mexanik
Tusiq Plujkali tashlab yuboruvchilar
Bir egarli Dozatorlar
Uch yurishli Nasoslar
Ikki egarli ta’minotchilar
Diafragmali Kompressorlar
SHlangli
Maxsus ijro
qurilmlari uchun Elektr
Zadvijka Reostatli
Kranli klapanlar
Buriluvchi Avtotransformatorlar
SHiberli maxsus
Yo‘naltiruvchi apparatlar
maxsus

Ijro kurilmalari bir kancha qo‘shimcha fuknsiyalarini bajaruvchi ular qo‘llanishi sohalarini kengaytiruvchi yordamchi bloklariga (rasm. 4.1), qo‘yidagilar kiradi:


• Rostlovchi organni qo‘l (mexanik) boshqarish bloki;
• Rostlovchi organ o‘qi yoki ijro mexanizminii chiqish elementi haqida ma’lumotni berish uchun mo‘ljallangan oxirgi holat signal bloki
• ijro mexanizmi chiqish elementi yoki rostlovchi organ o‘qini holatini qayd qilishmaxkamlash;
• masofaviy boshqarish bloki;
• IM vali burchak siljishi datchiki;
• Ijro qurilmalari statik va dinamik yoki butun berk rostlash tizimi tavsiflarini yaxshilash uchun qayta aloqa bloki

Ijro mexanizmlari (IM) rostlovchi organni rostlovchi qurilma (RQ) dan kelayotgan signalga mos siljitadi. Ular avtomatlashtirish ob’ektiga boshqaruvchi ta’sir ko‘rsatishga mo‘ljallangan. IM kurilma ish prinsipi va tavsiflari ularni vazifasi va qo‘llanilayotgan energiya turiga kura aniqlanadi. IM umumiy sinflanishi rasm. 4.2.da keltirilgan



Rasm.13..1. IM umumiy sinflanishi

Elektr ijro mexanizmlar eng ko‘p tarqalgan. Ular kompaktligi, elementlar yuqori normalligi va standartligi, oddiy masofaviy boshqarish va himoya, gibkostyu, universalligi v.b. bilan farqlanadi. Ularni qo‘llash avtomatik boshqarishni har qanday dasturini amalga oshirish imkononi beradi.


Kamchiligi: qurilma nisbatan murakkab va tezlikni rostlash nisbatan qiyinroq.

Download 10,89 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   52




Download 10,89 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modul. Ijro etuvchi qurilma – Umumiy tushunchalar

Download 10,89 Mb.