|
Avtomatlashtirish va boshqarish
|
bet | 28/52 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 10,89 Mb. | | #157074 |
Bog'liq УМК узб АТВ 2020Gidravlik IMda inersiyasi kamchiligi ishchi organlar siljishi tezligini rostlash va katta kuchlarni uzatish oddiy vositalar bilan amalga oshiriladi.
Ular ko‘pincha qayta-ilgarilanma harakatlarda qo‘llaniladi.
Kamchiligi: tizimda germetiklikni ta’minlash murakkabligi.
Pnevmatik ijro mexanizmlarini afzalligi oddiyligi. Bu mexanizmlar alohida kuch agregatiga ega emas, chunki magistral markazlashgan kompressor stansiyalariga ulanishga mo‘ljallangan. Ular ROda ancha kuch rivojlantiradi. Pnevmatik va gidravlik IM yongin va portlashga xavfli muxitlarda ishlayda.
Hozirgi vaqtda avtomatikaning gidravlik tizimlari va elementlari kuch kurilmalari va boshqarish yuritmalarida qo‘llaniladi. Gidroavtomatika tizimlarida gidro yuritmalar uchun ishchi suyuqlik sarfi va bosimini yaratish, shuningdek suyuqlik ishchi bosimini mexanik energiyaga o‘zgartirish uchun porshenli rotorli nasoslar va silidrlari aksial joylashgan motorlar qo‘llaniladi.
Gidravlik servomotorlar ishchi suyuqlik bosimi ostida bo‘lgan energiyani biron-bir ishchi organni ilgarilanma yoki aylanma xarakatga keltirishni amalga oshiradi. Gidravlik servo motorlarda ishchi muxit sifatida yaxshi moylash xususiyatiga ega bo‘lgan suyuqlik - miniral yoglar, spirtglitsirinli aralashma, maxsus sintetik suyuqlik. SHuningdek ishchi suyuqlikka motor yomirilishini kamaytiruvchi turli xil korroziyaga, oksidlanishga karshi qo‘shimchalar qo‘shiladi. Zamonaviy gidravlik servomtorlarda ishchi suyuqlik bosimi 30...50 bar. Gidravlik trubalarda ishchi suyuqlik oqishi tezligi 5m/s.
Gidravlik servomotorlar ishch organni ilgarilanma yoki aylanma xarakatini ta’minlaydi. Turli ish prinsipli aylanma xarakatli gidravlik servomtorlar 27.1 rasmda keltirtilgan.
Ris. 27.1. Gidravlik servomotorlar sxemalari:
a — lopastli; b — rotatsionli; v — aksial-porshnli; 7 — chiqaradigan trubo; 2 — kelitiradigan trubo; 3 —ishchi kenglik; 4 — chiqish vali; 5— lopast; 6— korpus; 7— kuyuvchi kenglik; 8— korpus; 9— rotor; 10 —
plastinalar; 11 — gidromotor o‘qi; 12 — chiqish vali; 13 — qiya shayba;
14 — plunjerlar; 15 — korpus; 16 —ishchi kenglik
Bunday gidravlik gidromotorlarga buriladigan lopastli gidromotor (a) , rotatsion turidagi gidromotor (b), shungdek qiya shaybali aksial-porshnli gidromotor (v), Boshqa turdagi aylanma xarakatli gidravlik servomotorlar xam mavjud.
Buriladigan lopastli gidromotor tuzilishi va ish prinsipini kurib chiqamiz (a). Ishchi suyuqlik R bosim ostida ishchi kenglikka 3 eltuvchi lopast 5 ustidagi korpus 6 bilan kontaktlanuvchi 2 trubaga keladi. Quyiladigan suyuqlik R chiq bosim ostida 1 truba orqali lopast 5 ostidagi 7 kenglikdan oqib chiqadi. Bosimlar Ri va R chiq farqi ta’sirida lopast 5 gidravlik servomotor chiqish vali 4 ni buradi. Lopast 5 burilishi chegarlovchilar orasida ruy beradi.
Gidravlik servomotorlarni tezligini rostlash uchun ikki usul qo‘llaniladi: hajmli rostlash va drossellash.
Hajmli rostlashda gidravlik servomotor tezligini aniqlovchi ishchi suyuqlik sarfi rostlanayotgan gidromashina ishchi hajmi o‘zgartirish yo‘li bilan o‘zgartiriladi.
Drossellab rostlashda rostlovchi kurilma o‘tkazish ko‘ndalang kesini o‘zgartirib (drosellab) gidravlik qarshilik o‘zgartiriladi. Drossellab rostlash hajmli rostlashga ko‘ra yuqori tezllikka ega, lekin bu rostlash usluidagi yo‘qotishlar kupligi uchun u asosan kichik quvvatli (3...5 kVt) gidravlik servomotorlarda qo‘llaniladi.
Pnevmatik servomotorlar
Pnevmatik servomotorlar siqilgan energiyasini (ko‘pincha havoni ) ilgarilanma yoki aylanma xarakat mexanik energiyasiga o‘zgartirishga mo‘ljallangan. Pnevmtik kurilmalar gidravlik kurilmalarga nisbatan kam inersiyali. CHunki havo miniral yog‘larga nisbatan yopishqoqligi kamroq. Pnevmatik servomotorlar gidravlik servomotorlarga nisbatan amaliyotda muxim ekspluatatsion ustunlikka ega. Gidravlik servomotorlarda vaqt o‘tishi bilan oqish paydo bo‘ladi, bu esa atrof-muxitni ifloslantiradi. Pnevmatik servomotorlarda bu kamchilik yo‘q. Lekin pnevmatik seromotorlar berilgan siljitish qonunini aniq amalga oshira olmaydi, chunki gaz siqilishi bosimga bogliq.
Pnevmotsilindrlarda porshenni ishchi siljishi tezligi 1dan 10m/sgacha, silindr diametri 0,01dan 0,3 m/sgacha, porshen yurishi 2...3 mm.
Eng ko‘p tarqalgan Pnevmatik ijro motorlari tiplari sinflanishi sxemasi rasm. 27.2.da keltirilgan.
Rasm.27.2. Pnevmatik ijro motorlari tiplari sinflanishi sxemasi.
Bu motorlar ichida eng ko‘p qo‘llanladiganlari plamtinali pnevmatik servomotorlardir. Ular katta burchak aylanish tezliki va kichikroq aylanuvchi moment yaratish xususiyatiga ega.
Pnevmatik servomotorlarning xarakterli xususiyati porshenli komponetlar bilan bir qatorda qattiq elementlar metall va metal bo‘lmagan membrana va silfon keng qo‘llaniladi. Bu esa maxsus servomotorlar ilgarilanma xarakatli asosan qisish kurilmalarida qo‘llanladigan membranali; kichik kattalikli siljishli va kuch datchiklar va maxsus kurilmalaridagi silfonli, kamerali, shlangli (transportda) servomotorlardir.
Rasm.27.3.da bir tomonga xaraktlanadigan membranali pnevmatik servomotor keltirilgan.
Rasm.27.3. Membranali pnevmatik servomotor sxemasi keltirilgan:
1 — prujina; 2 — o‘q; 3 — tirgak;4 — ishchi kenglik; 5 — membrana.
Ishchi kenglikka R0 bosim berilganda 2 o‘q 3 tirgakkagacha siljiydi. Bunda 1 prujina siqiladi. Bosim R0 olingandan so‘ng prujina 1 dastlabki holatga qaytadi.
Membranali pnevmatik motorlar qisish, qayd qilish, tormozlash, presslash va shunga o‘xshash kurilmalarda keng qo‘llanladi.
|
| |