• Nazorat uchun savollar
  • Sinxron motorlar tezligini rostlash va tormozlash




    Download 10,89 Mb.
    bet24/52
    Sana15.02.2024
    Hajmi10,89 Mb.
    #157074
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   52
    Bog'liq
    УМК узб АТВ 2020

    Sinxron motorlar tezligini rostlash va tormozlash
    Sinxron motorlar to shu kunga qadar tezligi rostlanmaydigan katta quvvatli sanoat qurilmalarining elektr yuritmalarida qo‘llanilar edi. Tiristorli chastota o‘zgartkichlarning joriy etilishi natijasida sinxron motorlarning tezliklarini rostlash imkoniyatlari paydo bo‘ldi. Bunday sinxron elektr yuritmalar xuddi chastota bo‘yicha boshqariladigan asinxron elektr yuritmalar kabi xususiyatlarga ega bo‘ladi.
    Sinxron motorlarda eng ko‘p qo‘llaniladigan tormozlash rejimi bu dinamik tormozlashdir. Bu tormoz rejimida sinxron motorning stator chulg‘ami tarmoqdan uzilib, qo‘shimcha qarshilikka ulanadi (yoki faza chulg‘amlari uchlari o‘zaro qisqa tutashtiriladi), qo‘zg‘atish chulg‘ami qo‘shimcha qarshilik orqali o‘zgarmas tok manbaiga ulanadi.
    Sinxron motorlarda teskari ulab tormozlash rejimi deyarli qo‘llanilmaydi, chunki bu rejimda tok va momentning keskin o‘zgarishi yuzaga keladi va tok qiymatini cheklash uchun albatta murakkab sxemalarni qo‘llash kerak bo‘ladi.
    Nazorat uchun savollar
    1. Qanday turdagi asinxron motorlarni bilasiz?
    8 Asinxron motor qanday energetik rejimlarda ishlashi mumkin?
    9. Asinxron motorning sun’iy tavsiflari qanday usullar bilan olinadi?
    10. Qarshiliklar yordamida asinxron motor koordinatalarini rostlashning afzalliklari va kamchiliklari nimalardan iborat?
    11. Stator chulg‘amidagi kuchlanishni rostlab asinxron motorni boshqarishning afzalliklari nimalardan iborat?
    12. Asinxron motor stator kuchlanishi chastotasi va qiymatini birgalikda boshqarish nima uchun kerak?
    13. Qanday qurilma hisobiga chastota bo‘yicha tezligi boshqariladigan asinxron elektr yuritmalarda kuchlanish rostlanadi?
    14. Ko‘p tezlikli asinxron motorlarda qutblar juftligi soni qanday o‘zgartiriladi?
    15. Asinxron motorlarda qanday tormoz ish rejimlari mavjud?
    16. Asinxron motorni dinamik tormozlash qanday amalga oshiriladi?
    17. Sinxron motorning afzalliklarini aytib bering.
    18. Sinxron motorning burchak tavsifi nima?
    19. Sinxron motorlar qanday usullar bilan ishga tushiriladi?
    20. Sinxron motor qanday tormozlanish rejimlarida ishlaydi?

    Adabiyotlar:


    1. Yusupbekov N.R., Muxamedov V.I., Gulyamov Sh.M. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatJashtirisb. - Toshkent. O’qituvchi, 2011. - 576b.
    2. YUsupbekov N.R. va boshqalar. Texnologik jarayonlarni boshqarish sistemalari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1997. – 704 b.
    3. SHandrov B.V., CHudakov A.D. Texnicheskie sredstva avtomatizatsii. -M.: Izd. sen. «Akademiya», 2007. -368s.
    4. YUsupbekov N.R., Muxitdinov D.P., Avazov YU.SH. Avtomatika va nazorat ulchov asboblarining tuzilishi va vazifasi. Kasb-xunar kollejlari uchun darslik. -T.: Iktisod-moliya, 2010. -232b.

    Download 10,89 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   52




    Download 10,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sinxron motorlar tezligini rostlash va tormozlash

    Download 10,89 Mb.