|
sinxron motorni ishga tushirish
|
bet | 23/52 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 10,89 Mb. | | #157074 |
Bog'liq УМК узб АТВ 2020sinxron motorni ishga tushirish
Rotori qo‘zg‘almay turgan sinxron motorning stator chulg‘amini o‘zgaruvchan tok tarmog‘iga va qo‘zg‘atish chulg‘amini o‘zgarmas tok manbaiga ulanganida hosil bo‘lgan ularning magnit maydonlari o‘zaro yo‘nalishlarining doimiy o‘zgarib turishi natijasida aylantiruvchi moment ham yo‘nalishini tinmay o‘zgartirib turadi. SHu sababli ham sinxron motor tezligini sinxron tezlik 0 gacha etkaza olmaydi va shuning uchun uni ishga tushirishda albatta qo‘shimcha choralar ko‘rish kerak bo‘ladi.
Hozirda kam qo‘llaniladigan variantlardan biri, sinxron motor valiga o‘rnatilgan kichik quvvatli yordamchi motordan foydalanish. Kam yuklangan sinxron motor rotori shu motor yordamida sinxron tezlikkacha aylantiriladi va shundan so‘ng sinxron motor tarmoq bilan sinxronizatsiya qilinadi. Sinxron motor validagi o‘zgarmas tok generatori – qo‘zg‘atuvchi ishga tushirish vaqtida yordamchi motor vazifasini bajarishi mumkin.
Amaliyotda ko‘p qo‘llaniladigan usul sinxron motorni asinxron motordek ishga tushirish. Buning uchun sinxron motorning rotoriga qo‘shimcha asinxron motor rotoridagi kabi qisqa tutashtirilgan chulg‘am joylashtirilgan bo‘lishi kerak. Sinxron motorni ishga tushirishda stator chulg‘ami o‘zgaruvchan tok tarmog‘iga ulanadi, xuddi asinxron motorni ishga tushirgandek, tezlik sinxron tezlikka etishiga bir necha foiz farqli bo‘lganida qo‘zg‘atish chulg‘ami o‘zgarmas tok manbaiga ulanib, motor tarmoq bilan sinxronizatsiyaga tortiladi.
Quvvati bir necha yuz kilovatt bo‘lgan sinxron motorlarni tokni cheklovchi qurilmalarsiz ishga tushirish mumkin emas. Ishga tushirish toki odatda nominalga nisbatan 4 – 5 marta katta bœladi. Kata quvvatli sinxron motorlarni ishga tushirish vaqtida stator chulg‘amida ishga tushirish toki qiymatining oshib ketishini cheklash maqsadida reaktorlar va avtotransformatorlardan foydalaniladi.
Bundan tashqari sinxron motor chastota œzgartkichdan ta’minlanayotgan bœlsa, u holda chastotani rostlab uni ishga tushirish mumkin. Bunday ishga tushirish, maxsus vazifalovchi qurilma yordamida chastota o‘zgarishining shunday tempi hosil qilinadiki, bunday tezlanishda rotorning aylanish tezligi magnit maydoni aylanishi tezligiga deyarli etib oladi va sinxron motor tezlikning eng kichik qiymatlarida ham o‘zgartkich bilan sinxron ishlaydi.
|
| |