|
Asinxron motorning chastota o‘zgartkichga ulanish sxemasi va tavsiflari
|
bet | 19/52 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 10,89 Mb. | | #157074 |
Bog'liq УМК узб АТВ 2020Asinxron motorning chastota o‘zgartkichga ulanish sxemasi va tavsiflari
Elektr yuritmaning asosiy elementi kuchlanish va chastota o‘zgartkichi 1 bo‘lib, uning kirish qismi U1=220, 380V va h. k. kuchlanishli va chastotasi f1 = 50 Gs bo‘lgan tarmoqqa ulangan bo‘lib uning chiqish qismidagi kuchlanishning qiymati (U1rost = var) va chastotasi (f1rost = var) keng diapazonda rostlanadi (3.26a – rasm). U1rost va f1rost larni rostlash boshqaruv signali Ub orqali amalga oshiriladi va natijada asinxron motor 2 ning tezligi rostlanadi. Asinxron motorning chastotasini rostlashning eng sodda šqnuniyatini amalga oshiruvchi elektr yuritmaning mexanik tavsiflari tahlili shuni ko‘rsatadiki, ideal salt yurish tezligi f1 ga proporsional ravishda o‘zgargan holda motorning maksimal momenti MK = const bo‘lib o‘zgarmay qoladi.
3.26 – rasm. Asinxron motorli chastota bo‘yicha tezligi rostlanadigan elektr yuritmaning umumiy tizim sxemasi (a) va mexanik tavsiflari (b)
Mexanik tavsiflar (3.26b – rasm) o‘z xususiyatlariga ko‘ra f1 < f1N va f1 > f1N guruhlarga bo‘linadi.
CHastota qiymati f1 < f1N bo‘yicha rostlanganida va chastotaning f13 = f1N; f14 < f13 va f15 < f14 lariga mos asinxron motorning tavsiflari 3.26b – rasmdagi 3, 4 va 5 tavsiflar to‘g‘ri keladi. Amaliyotda esa chastotaning kichik qiymatlarida stator chulg‘ami aktiv qarshiligini hisobga olmaslik MK qiymatining kamayishiga olib keladi va shuning uchun stator chulg‘amining aktiv qarshiligida kuchlanish pasayishini hisobga olgan holda kuchlanishni bir oz oshirish kerak bo‘ladi.
CHastota qiymati f1 > f1N bo‘yicha rostlanganida asinxron motorning normal ishlashini ta’minlash uchun kuchlanishni nominal qiymatdan oshirib bo‘lmaydi va shuning uchun chastotaning rostlanishi kuchlanishning o‘zgarmas qiymatida – U1 = U1N = const da amalga oshiriladi (1, 2 – tavsiflar).
SHuning uchun MK ning qiymati chastota oshgan sari proporsional kamayib boradi.
|
| |