|
Mustaqil qo‘zg‘aluvchan o‘zgarmas tok motori tezligini yakor chulg‘amiga qo‘shimcha qprshiliklar ulab tezligini rostlash
|
bet | 13/52 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 10,89 Mb. | | #157074 |
Bog'liq УМК узб АТВ 2020Mustaqil qo‘zg‘aluvchan o‘zgarmas tok motori tezligini yakor chulg‘amiga qo‘shimcha qprshiliklar ulab tezligini rostlash
Tezlikni rostlashning eng sodda usullaridan biri bu yakor zanjiriga qo‘shimcha qarshiliklar ulash usulidir. Bunday usulda tezlikni rostlash usuli rostlashning sifat ko‘rsatkichlariga uncha yuqori bo‘lmagan talablar qo‘yilgan energetik ko‘rsatkichlari asosiy rol o‘ynamagan hollarda qo‘llaniladi. Bu usulni amalga oshirish oson hamdir (3.3 a – rasm).
(3.7) tenglamadan ko‘rinib turibdiki, 0 ning qiymati RQ ga bog‘liq emas. Tavsifning nishabligi RQ qiymatiga to‘g‘ri proporsionaldir 3.4 – rasmda MQ O‘TM ning yakor zanjiriga RQ1 < RQ2 < RQ3 qarshiliklari ulash natijasida hosil qilingan mexanik (elektromexanik) tavsiflar (1 – tavsif motrning tabiiy mexanik tavsifi. 2 – 4 – sun’iy mexanik tavsiflar) keltirilgan.
0
3.4 – rasm. YAkor chulg‘amiga qo‘shimcha qarshiliklar ulab tezligi rostlanadigan
MQ O‘TM ning statik tavsiflari
Tezlikni rostlash diapazoni D = (2 – 3):1 dan oshmaydi. Sababi tezlik oshgan sari mexanik tavsifning bikrligi kamayib boradi. Tezlik tabiiy mexanik tavsifdan pastga qarab rostlanadi. Bunday usulda tezlikni rostlash tezlikni pog‘onali rostlash usuliga kiradi.
Mustaqil qo‘zg‘aluvchan o‘zgarmas tok motor tezligini yakor zanjiridagi kuchlanishni o‘zgartirib rostlash
(3.6) va (3.7) tenglamalardan ko‘rinib turibdiki, motorning tezligini rostlash uchun yakor zanjiriga qo‘shimcha qarshiliklar ulab tezlikni rostlash bilan bir qatorda yakor zanjiriga berilayotgan kuchlanishni o‘zgartirish hisobiga ham tezlikni rostlash mumkin. Buning uchun motorning yakor zanjiri qiymati o‘zgaruvch o‘zgarmas tok kuchlanishi manbaidan ta’minlanishi kerak. Asosiy elektr tarmog‘i o‘zgaruvchan tok tarmog‘i ekanligini hisobga olsak, boshqariluvchi o‘zgartkich sifatida asosan yarim o‘tkazgichli boshqariluvchi to‘g‘irlagichlar (BT) qo‘llaniladi. Motor yakori BT dan ta’minlanadigan elektr yuritma tizimi «boshqariluvchi to‘g‘irlagich – motor» tizimi deb ataladi (3.5a – rasm), bu erda, EO‘Z – BT ning EYUK, RO‘Z – BT ning ichki qarshiligi, kO‘Z= EO‘Z /Ub – BT ning kuchaytirish koeffitsienti, Ub – boshqaruv signali.
3.5 – rasm. MQ O‘TM ning yakor zanjiridagi kuchlanishni boshqariluvchi to‘g‘irlagich yordamida rostlash sxemasi (a) va motorning elektromexanik (mexanik) tavsiflari (b)
BT ning kuchlanishi
U = EO‘Z – IRO‘Z . (3.8)
MQ O‘TM ning qo‘zg‘atish chulg‘ami alohida o‘zgarmas tok manbaiga ulangan bo‘ladi.
(3.6) va (3.7) larni (3.29) ni hisobga olgan holda BT – M tizimining elektromexanik va mexanik tavsiflari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
= EO‘Z / (kF)) – I(RYA+RO‘Z) / (kF) = 0 – ; (3.9)
= EO‘Z / (kF) – M(RYA+RO‘Z) / (kF)2 = 0 – . (3.10)
(3.9) va (3.10) ifodalardan ko‘rinib turibdiki, EO‘Z o‘zgarishi bilan proporsional motorning ideal salt yurish tezligi 0 ham o‘zgaradi.
Motorning 1 – 7 elektromexanik (mexanik) tavsiflari (3.5b – rasm) chiziqli va o‘zaro parallel bo‘lib va ular BT EYUK larining quyidagi qiymatlariga mos keladi: EO‘Z1 > EO‘Z2 > EO‘Z3; EO‘Z4 = 0; EO‘Z5 = – EO‘Z3; EO‘Z6 = – EO‘Z2; EO‘Z7 = – EO‘Z1.
Har qanday koordinatalarini rostlashda sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lishi talab qilinadigan elektr yuritmalarda «boshqariluvchi to‘g‘irlagich – motor» tizimi keng qo‘llaniladi. SHuning uchun ham bu usul avtomatlashtirilgan o‘zgarmas tok elektr yuritmalarining asosini tashkil etadi.
SHuningdek, «o‘zgarmas tok generatori – motor» (G – M) tizimida ham motorning yakoriga berilayotgan boshqariluvchi o‘zgarmas tok kuchlanishi o‘zgarmas tok generatoridan olinadi.
O‘zgarmas tok generatori 3 ning yakori motor 4 ning yakori bilan to‘g‘ridan – to‘g‘ri elektrik bog‘langan, generator yakorini esa asinxron motor 1 harakatga keltiradi va asinxron motor 1 va generator 3 uch fazali o‘zgaruvchan tok kuchlanishini o‘zgarmas tok kuchlanishiga o‘zgartiruvchi elektromexanik to‘g‘irlagich 2 ni tashkil etadi (3.6 – rasm).
3.6 – rasm. G – M tizimining sxemasi
Generator 3 ning qo‘zg‘atish chulg‘amidagi toki qiymatini potensiometr 8 yordamida o‘zgartirib, generatorning EYUK i EG o‘zgartiriladi va bu EYUK motor 4 yakoriga beriladi. EYUK qiymatiga mos ravishda motor 4 ning tezligi nominaldan pastga qarab rostlanadi. Motor 4 ning qo‘zg‘atish chulg‘amidagi toki IQ qiymatini o‘zgaruvchan qarshilik 6 yordamida o‘zgartirilib uning magnit oqimi qiymati o‘zgartiriladi va natijada motor tezligini endi ikkinchi zonada ham ya’ni nominaldan yuqoriga qarab rostlash mumkin. G – M tizimining elektromexanik (mexanik) tavsiflari 3.5b – rasmdagi tavsiflarga mos keladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mustaqil qo‘zg‘aluvchan o‘zgarmas tok motori tezligini yakor chulg‘amiga qo‘shimcha qprshiliklar ulab tezligini rostlash
|