|
Avtomatlashtirish va boshqarish
|
bet | 42/52 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 10,89 Mb. | | #157074 |
Bog'liq УМК узб АТВ 202024-mavzu. Zadvijka ko‘rinishidagi rostlash organlari. Zadvijka ko‘rinishidagi rostlash organlari tuzilishi va ish prinsipi. Zadvijka xarakteristikasi. (2s)
25-mavzu. Rostlash organlarini ularni o‘tkazuvchanlik xususiyatlaridan kelib chiqib hisoblash va tanlash. Sarf xarakteristikasi tenglamasi va rostlash organlari xarakteristikasi. (2s)
26-mavzu. Rostlash organlarini o‘lchamlarini hisoblash va tanlash. Zatvorni siljitish uchun uni siljituvchi kuchni, momentni hisoblash. Rostlash organi sarf xarakteriskasi talab qilinadigan formasini olish usullari (2s)
27-mavzu. Dozirovka qiluvchi rostlash organlarini hisoblash va tanlash. nasoslar va drossellovchi rostlash organlari, Konstruktiv va sarf xarakteristikalari. (2s)
28-mavzu. Pozitsionerlar.
Reja:
Reversiv va noreversiv pozitsionerlar.
O‘ziga o‘rnatilgan pozitsionerlar.
CHekka xolatlar to‘g‘risida xabar beruvchi qurilmalar.
Intellektual pozitsionerlar
Pnevmatik pozitsioner
Elektropnevmatik pozitsioner. (4s)
Pozitsionerlar – bu yurishdagi farqni kamaytirish yoki butunlay yo‘qotishga mo‘ljallangan maxsus qurilma , shunigdek porshenli va membranali ijro mexanizmlarini tezligini ijro mexanizmini chiqish shtokini (o‘qini) xolati bo‘yicha qayta aloqani qo‘shib oshirishga mo‘ljallangan.
Boshqacha aytganda, pozitsionerlar pnevmatik ijro mexanizmlarini ilgarilanma yoki buriluvchi ta’sirini (rostlanuvchi kattalik) berilgan koordinatsiyasini ta’minlovchi va signal komandasini (berilgan kattalik) nazorat sistemasidagi roslagichdir.
Har qanday rostlagich kabi elektropnevmatik pozitsioner o‘z ob’ektiga, topshiriq, parametr, signal farqi va chiqish boshqarish signaliga ega. Ob’ekt sifatida har qanday ijro mexanizmi pnevmomotor, pnevmoo‘tkazgichlar, pnevmotsilindrlar, shuningdek rostlovchi klapanlar bo‘lishi mumkin. Boshqariladigan ob’ekt – boshqarish uchun pnevmatik sistema yaratilgan qurilma.
Parametr – pozitsionerlar uchun – klapan o‘qi xolati, pnevmotsilindr holati va boshqalar .
Topiriq pnevmasistemadan yoki rostlagichdan beriladigan boshqarish signali.
Taqqoslash signallari – boshqarish signali va klapan o‘qini haqiqiy holati orasidagi farq
CHiqish boshqarish signali – ijro mexanizmi ishchi qismiga kelayotgan va prujinani kuchini o‘zgartiruvchi siqilgan havo.
Demak chiqish bosimini yoki prujinani kuchini o‘zgartirib pozitsioner boshqaruvchi signal va klapan o‘qini mosligini ta’minlaydi, bunda klapan xaraktalanuvchi qismiga ta’sir ko‘rsatuvchi kuchni xam kompensatsiya qiladi. Bunday kuchlar rostlanadigan muxitga statik va dinamik ta’sirlar, xarakatladigan birikmalardagi ishqalanishlar bo‘lishi mumkin.
Pozitsionerlar rostlovchi organda tenglikni buzuvchi katta kuchlar hosil bo‘lganda ijro mexanizmi o‘qida qo‘shimcha kuch hosil qilish uchun mo‘ljallangan. Ular o‘qni aniqlik va tezligini ta’minlaydi.
Qurilma:
1,2 – Membranlar; 3 – Konusli klapan dumi
4 – Konusli klapan 5 – Prujina 6 – SHtok (O‘q)
Zamonaviy raqamli intellektual pozitsionerlar o‘zlarining asosiy vazifalaridan klapan o‘qini holatini rostlashdan tashqari kupgina qo‘shimcha funksiyalarni bajarishi mumkin: klapan parametralri holatini taxlil qilish, uni avtomatik sozlash va diagnostika, konfiguratsiyalash, modellash, ish jarayonida olingan ko‘rsatkichlarni arxivlash.
Amaliyotda Rossiya va SNG davlatlarida ko‘pincha PP, EPP, PPM-200, EPP-300 modelli pnevmatik va elektropnevmatik pozitsionerlar qo‘llaniladi.
- Pnevmatik pozitsioner PP – bir tomonlama ham ikki tomonlama ta’sirli ko‘ratuvchi qilib tayyorlalishi mumkin Bu eng oddiy va eng ishonchli pozitsionerdir.
- YUritgichli mexanizmlar Pozitsioneri PPM-200 – ishchi yurish ilgarilanma va buruluvchi bo‘lganda ham qo‘llanilishi mumkin.
- Elektropnevmatik pozitsioner EPP va EPP-Ex – portlash xavfli zonalarda uchqundan ximoya bar’eri bilan ishlashi mumkin .
- Elektropnevmatik pozitsioner EPP-300 –HART-modemga ega va boshqaruvchi qurilma (PK) bilan analog yoki raqamli kanal bo‘yicha birlashishi mumkin.
Pnevmatik pozitsioner PPM-200
Zamonaviy raqamli elektropnevmatik pozitsionerlar buruluvchi yoki chiziqli klapanlarni boshqarish uchun ham qo‘llaniladi. Pozitsioner ish prinsipi bu paytda rostlovchi organni kirish boshqaruvchi signalga mos holatda o‘rnatishdir.
Intellektual pozitsioner Siemens SITRANS VP
SHunday qilib, pnevmatik va elektropnevmatik pozitsionerlar pnevmo yuritgichli turli rostlagichlarni imklniyatlarini ancha kengaytiradi.
Elektropnevmatik pozitsioner
Elektron nazoratchidan kelayotgan kirish signaliga protsorsional rostlash klapani o‘qini aniq holatini ko‘rsatishga mo‘ljallangan.
Elektropnevmatik pozitsioner turgun holatda gaz chiqarmay ishlaydi. Boshqaruvchi platadagi o‘zgartiruvchilar konfiguratsiyasini o‘zgartirib turli yuritgichli truboo‘tkazgichlarda ishlashi mumkin.
Xarakteristikalari
• Turgun holatda gaz chiqmaydi. Atmosferaga gaz chiqishini butunlay berkitish imkoniyati
• Elektrpnevmoo‘zgartirgichsiz boshqarish signallari mumkin formalari:
• Analog 4 - 20 mA yoki +24V diskret
• Signala 24 V diskret signaldan distansion ishlaydi.
• Ximoya terilarini qo‘llash qurilmalarni potrlash xavfi bor joylarda qo‘llash imkonini beradi.(raspredelitelnыe stansii)
• Klassifikatsii NEMA: Vzrыvozaщitnыy po Klassu I.
• Gruppы C i D; Klass II, Gruppы E, F, G; Klass III opasnыe pomeщeniya Utverjden CSA
Ish prinsipi
Ikki ta’sirli yuritgichli konfiguratsiyali pozitsioner keltirilgan. Pozitsioner rostlash klapanini yuritgichi silindri ikki bo‘shligiga signal yuboradi. Silindr bir tomonida bosim ostida bo‘lganda ikkinchi tomonidan bosim chiqariladi. Klapanni siljitish uchun energiya truboo‘tkazgidagi bosimlar farqi hisobiga hlsil bo‘ladi. Pozitsionerga elektr signali boshqarish pultidan beriladi, kayta aloqa signali holat datchikidan keladi. Pozitsioner ikki galtakli va markaziy prujinali solenioid klapanni boshqaradi. Kirish signali kattaligi va qayta aloqa signali tenglashganda pozitsioner solenioidni biron bir galtakiga kuchlanish bermaydi. Soleniodli klapan silindrli yuritgich ikki bo‘shligidagi bosimni ushlab o‘rta holatda qoladi. Klapan turgun xolatda gaz chiqishi nolga teng. Kirish signalini o‘zgarishi pozitsionerni solenioid galtaklaridan pozitsioner ishlashi yo‘nalishiga bogliq ravishda biriga tok berishga majburlaydi va yuritgich klapanni mos yo‘nalishga siljitadi. .
Pozitsioner solenoidli klapanga qayta aloqa signali kattaligi kirish signali kattaligiga tenglashgancha va turgun xolat bo‘lgancha kuchlanish beradi. YUritgich turgun holatga keladigan “sezmaslik zonasi” 0dan 2% diapazonda rostlanadi. Pozitsioner holati energiya yo‘qolganda pozitsioner ishlayotgan yo‘nalishga bogliq emas. Signal yo‘qolganda pozitsioner rostlovchi klapanni to‘liq ochiq, to‘liq yopiq yoki oxirgi holatni qayd etadi.
|
| |