ta’minlovchi umum foydalanishdagi yo‘l. Umum tarmoq avtomobil yo‘li o‘zining xalq xo‘jaligi-
dagi va ma’muriy ahamiyatiga bog‘liq ravishda umumdavlat, respublika, o‘lka,
viloyat va
mahalliy ahamiyatlardagi yo‘llarga bo‘linadi.
Avtomobilnaya doroga obxodnaya - aylanib o‘tuvchi avtomobil yo‘li — shahar
hududining tashqi tomonida yoki boshqa aholi punktidan qandaydir
masofa uzoqlikda joylashib,
tranzit harakatni shahar ko‘cha tarmog‘idan olish va eng qisqa vaqt ichida to‘siqsiz o‘tkazish
uchun xizmat qiluvchi yo‘l.
Avtomobilnaya doroga platnaya - pulli avtomobil yo‘li - avtomobillar harakatini
ta’minlaydigan, transport qatnovi uchun haq olinadigan yo‘l.
Avtomobilnaya doroga pod’ezdnaya - kirish avtomobil yo‘li —
tumanlar, shaharlar,
sanoat va qishloq xo‘jalik korxonalarini temir yo‘l tugunlari,
daryo va dengiz bandargohlari,
aholining ommaviy dam olish joylari bilan bog‘liqligini ta’minlovchi va bu joylarni darajasi
yuqoriroq bo‘lgan yo‘llar bilan bog‘lovchi yo‘l.
Avtomobilnaya doroga promishlennogo predpriyatiya - sanoat korxonasiniig
avtomobil yo‘li — sanoat yoki boshqa korxona (tashkilot) balansi (hisobi)da turuvchi, uning
ishlab
chiqarish, texnologik tashishlariga xizmat ko‘rsatuvchi, uning hududidagi va unga kirish
yo‘li. SHu korxonaning ishlab chiqarish, texnologik talablari asosida loyihalanadi.