|
Intensivnost dvijeniya raschetnayaBog'liq GlossaryIntensivnost dvijeniya raschetnaya - hisobiy harakat jadalligi — aniq muddatga
belgilanadigan va loyihalash vaqtida yo‘lning toifasini va o‘lchamlarini belgilash uchun asos
sifatida qabul qilinadigan o‘rtacha yillik, bir kecha-kunduzlik harakat.
Iskustvennie soorujeniya - sun’iy inshoot - qordan himoyalovchi, ko‘chkiga qarshi,
daryolarni, jarliklarni,
TOG
‘,
yo‘l va boshqa to‘siqlarii kesib o‘tganda quriladigan inshoot.
Sun’iy inshootlar: ko‘prik, yo‘l o‘tkazgichlar, tonnellar, estakadalar, quvurlar, suvni
chetlatuvchi qurilmalar, timlar, tirgaklar, devorlar va boshqalar.
Kategoriya dorogi - yo‘l toifasi — avtomobil yo‘lining respublika umum transport
tarmog‘i va xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini, undagi harakat jadalligini ifodalovchi mezon.
Beshta yo‘l toifasi mavjud. Toifaga bog‘liq ravishda yo‘lning barcha texnik ko‘rsatkichlari
belgilanadi.
Proektirovanie landshaftnoe – manzaraviy(landshaftli) loyihalash — yo‘l elementlarining
o‘zaro tekis tutashishini va yo‘lning atrof-muhit bilan uyg‘unlashuvini ta’minlovchi loyihalash uslubi.
Proektirovanie po obertivayushey - er bag‘irlab (o‘rovchi) loyihalash — loyiha chizig‘ini
talab qilinadigan ishchi belgi va qiyaliklarga rioya qilgan holda iloji boricha er sirtiga parallel qilib
o‘tkazish usuli, tekis joylarda va kichik toifali yo‘llarni loyihalashda qo‘llaniladi.
Proektirovanie po sekushey - kesish usuli bilan loyihalash — tepalik va vodiylar yon
bag‘irlarining yuqori qismini o‘ymada kesish bilan loyiha
CHIZIG
‘
INI
o‘tkazish usuli.O‘ymadan
olingan grunt pastqam joylarni ko‘tarish uchun foydalaniladi. Tepalik, juda past-baland
joylarda yuqori toifali yo‘llarni loyihalashda qo‘llaniladi.
Proekt tipovoy - andozaviy loyiha — yuqori texnik saviyada ishlab chiqilgan inshootlar loyihasi.
qurilish buyumlariga yagona modul tizimi va standartlarni hisobga olish, o‘rnatilgan tartibda
tasdiqlash, qurilishni muayyan tabiiy-iqtisodiy sharoitga moslashtirish asosida tuziladi va loyiha
tashkilotlarining ko‘p martalik foydalanishlari uchun mo‘ljallanadi.
|
| |