Zdaniya i soorujeniya avtotransportnoy slujbi - avtotransport xizmatidagi bino va
inshootlar — yo‘lovchi va yuk tashishga, shuningdek harakatdagi tarkibga xizmat qilish uchun
bino va inshootlar majmuasi. Unga avtopavilonlar, yo‘lovchi va yuk avtostansiyasi, avtovokzallar,
motellar, nazorat-dispetcherlik punktlari, texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari, avtomobillarga
yonilg‘i quyish shoxobchalari, yuvish joylari va boshqalar kiradi.
Zdaniya lineynie –yo‘l xizmatidagi bino va inshootlar (liniyaviy binolar) —
avtomobil yo‘llarini saqlash va tuzatishni ta’minlovchi korxonani joylashtirish uchun bino va
inshootlari majmuasi. Unga yo‘l boshqarmasi, yo‘l bo‘limlari, yo‘l tuzatish joylari, yo‘l
ustalari, tuzatuvchilar uchun binolar, yo‘lni tuzatish va saqlash bilan band bo‘lgan, yirik ko‘prik
va tonnellarni, kechuv joylari va boshqa inshootlarni qo‘riqlovchi ishchi va xizmatchilar uchun
uylar kiradi.
Zdaniya lineynie - liniyaviy binolar — avtomobillarga xizmat ko‘rsatish, yo‘lni saqlash
va tuzatish uchun ko‘zda tutilgan yordamchi binolar va obodonlashtirish elementlari bo‘lgan yo‘l
va avtotransport xizmatidagi barcha bino va inshootlar. Yo‘lga ajratilgan tasmada joylashtiriladi.
Kemping - kemping — shaxsiy avtomobillar uchun to‘xtash joyi va ularga xizmat
ko‘rsatish uchun jihozlangan vaqtinchalik sayyohlar joyi.
Kolonka zapravochnaya – yonilg‘i quyish ustuni — suyuq yoqilg‘ini sotish-
tarqatishda qo‘llaniladigan taqsimlovchi va o‘lchov kurilmasi.
|