|
Avtomobil yo‘l atamalarining izohli L u g‘ a t I Pdf ko'rish
|
bet | 15/17 | Sana | 04.01.2024 | Hajmi | 361,29 Kb. | | #129940 |
Bog'liq GlossaryStena volnootboynaya - to‘lqin qaytargich devor — avtomobil yo‘li uchastkasini daryo
va dengiz suvlari ta’sirida bo‘ladigan yuvilishdan himoya qilish uchun quriladigan kapital
turdagi muhandislik inshooti.
Stena zagraditelnaya - to‘siq devor - avtomobil yo‘liga tushadigan tosh to‘kilmalarini
ushlab qolish uchun tog‘ yon bag‘irlarida quriladigan kapital turdagi muhandislik inshooti.
Stena odevayushaya - qoplama devor - ob-havo ta’sirida tez emirilishga moyil bo‘lgan
gruntlardagi yo‘malarni yon bag‘rini himoyalash uchun usti qoplanadigan kapital turdagi
muhandislik inshooti. Gorizontal kuch nolga yaqin bo‘lganda bir yoki ko‘p qavatli qilib qiya
yoki vertikal qatlami betondan yoki tosh terish bilan bajariladi. Asosan, mer-gelli ingichka
taxtali slanetsli gruntlarni, chuqur o‘ymalarni va ko‘p sonli mayda donalardan tashkil topgan
delyuvial gruntlarni himoya qilish uchun qo‘llaniladi.
Stena podpornaya - tirgak devor — orqasida joylashgan gruntni qulab ketishdan
saqlab turuvchi, uning uning ustiga tushadigan og‘irliklarni o‘ziga qabul qiluvchi kapital
turdagi mustahkamlovchi muhandislik iishooti. Tik yonbag‘irlarda yarim o‘ymada, ko‘tarma
yonbag‘iriga, o‘piriladigan va seysmik tumanlarda, tog‘ yonbag‘rida, daryo va dengiz
qirg‘oqlarida, suriladigan erlarda va boshqa joylarda quriladi. Temir-beton, beton, tosh terish,
gabionlar va ryajeydan quriladi. Tirgak devorlar yuqorigi va pastki bo‘lishi mumkin.
YUqorigisi yo‘l yuzasidan yuqorida, pastkisi esa yo‘l sirtidan pastda joylashadi.
Stoyanka
avtomobilnaya
(avtostoyanka)
-
avtomobil
to‘xtash joyi —
avtomobillarning to‘xtashi va qisqa muddatli turishi uchun aholi yashash joylaridan tashqarida
jihozlangan, qatnov qismni kengay-tiruvchi maydon.
Transhei-polki – handaq-tokchalar — yonbag‘irlarda emirilish-larni ushlab qolish
uchun, avtomobil yo‘lini uyumlardan ehtiyot qilish maqsadida quriladigan kapital turdagi
inshootlar. Tog‘ yonbag‘irning qiyaligi 115 gacha bo‘lganida grunt to‘kilganiga qadar
turg‘unlikni oshirish uchun pog‘onalar qilinadi.
|
| |