|
Avtomobil yo‘l atamalarining izohli L u g‘ a t I Pdf ko'rish
|
bet | 11/17 | Sana | 04.01.2024 | Hajmi | 361,29 Kb. | | #129940 |
Bog'liq GlossaryOstanovka avtobusnaya - avtobus bekati — yo‘lda avtobuslarning qisqa muddatli
to‘xtashlari uchun tushish maydonchasi va ayvonchasi bo‘lgan yoki yo‘lovchilar uchun
pavilon va tezlikni oshirib o‘tish joyi bo‘lgan, maxsus jihozlangan maydoncha.
Otvetvlenie soedinitelnoe - birlashtiruvchi shoxobcha — yo‘lning turli tekislikda
kesishgandagi yoki tutashgandagi qismi. Yo‘llarning qatnov qismlarini o‘zaro tutashtirish va
harakatning bir yo‘ldan boshqa yo‘lga o‘tishi uchun mo‘ljallanadi. CHapga va o‘ngga burilib
o‘tish ko‘rinishidagi birlashtiruvchi shahobchalari mavjud.
Pereezd jeleznodorojniy - temir yo‘lni kesib o‘tish joyi — avtomobil yo‘lining temir
yo‘l bilan bir tekislikda kesishishi. Odatda temir yo‘l bekatlari va manevr yo‘llari chegarasidan
tashqarida o‘rnatiladi. Kesib o‘tish joylarida harakat boshqariladigan va boshqarilmaydigan
bo‘ladi.
Perekrestok - chorraha — aholi yashash joylari doirasida ko‘chalarning kesishishi.
Peresechenie dorog - yo‘llarning kesishgan joyi — kelib tutashuvchi yo‘llarda harakat
uzilmaydigan va ularning har birida imkon boricha harakat bo‘ladigan avtomobil yo‘l tuguni.
Yo‘llarning kesishgan joyi ularning ahamiyatiga va harakat jadalligi bog‘liq ravishda bir yoki
turli sathda ko‘riladi.
Peresechenie dorog v odnom urovne - yo‘llarning bir sathda kesishgan joyi —
uchrashuvchi yo‘l va harakatni bir yo‘ldan boshqasiga o‘tkazish uchun xizmat qiladigan, barcha
maxsus qurilmalar bir sathda joylashgan yo‘lning kesishish turi. Yo‘llarning bir sathda kesishgan
joyi harakat jadalligiga borliq holda oddiy turdagi yoki transport oqimlarining ajralishida,
qo‘shilishida va kesishishida harakat xavfsizligini ta’minlash uchun maxsus qurilmalar
(orolchalar, tezlikni oshirib o‘tish polosalari) majmuasini qo‘llash bilan murakkab
(kanallashtirilgan) turda bajariladi.
Peresechenie dorog v raznix urovnyax - yo‘llarning turli sathda kesishgan joyi .
«Transport harakati echimi» ga qarang.
|
| |