|
Avtomobilnaya doroga vspomogatelnayaBog'liq GlossaryAvtomobilnaya doroga vspomogatelnaya - yordamchi avtomobil yo‘li - yo‘lning asosiy
tarmog‘iga tutashuvchi va yondoshuvchi, respublika, viloyat, tuman hududini transport bilan
ta’minlash uchun xizmat qiluvchi yo‘l.
Avtomobilnaya doroga vtorostepennaya - ikkinchi darajali avtomobil yo‘li — o‘zining
ahamiyati, tashish hajmi yoki texnik echimlari bo‘yicha kesishuvchi yoki unga tutashuvchi yo‘lga
yon beradi.
Avtomobilnaya doroga glavnaya - asosiy avtomobil yo‘li — o‘zining ahamiyatiga ko‘ra
harakat oqimi, tashish hajmi yoki texnik echimlari bo‘yicha ularni kesuvchi yoki ularga tutashuvchi
yo‘llardan ustun yo‘l.
Avtomobilnaya doroga gornaya – tog‘li avtomobil yo‘li — bo‘ylama kesimda katta
nishabli, rejada kichik radiusdagi, egrili, serpantinli va ko‘chki, o‘pirilish, qor ko‘chkilari va tosh
to‘kilmalari hamda boshqalardan himoyalovchi maxsus muhandislik inshootlari bo‘lgan
TOG
‘
LI
joydan o‘tuvchi yo‘l.
Avtomobilnaya doroga zimnyaya(avtozimnik) - qishki avtomobil yo‘li - qatlamli tarzdagi
yaxlagan muzlardan yoki zichlangan qor va muzlardan qurilgan hamda yaxlagan daryo va ko‘l
muzlari bo‘ylab o‘tkazilgan yo‘l.
Avtomobilnaya doroga kolsevaya - halqasimon avtomobil yo‘li — shaharning
rejalashtirilgan hududini yoki boshqa xududni yopiq egrilik bo‘yicha chetlab o‘tuvchi, shaharga
kirish yo‘llarini o‘zaro birlashtiruvchi, shahar atrofi yo‘llarini va shahar ko‘cha tarmog‘ini tranzit
harakatlaridan bo‘shatish uchun ko‘zda tutilgan yo‘l.
Avtomobilnaya doroga mnogopolosnaya - ko‘p tasmali (polosali) avtomobil yo‘li —
transport vositalarining to‘rt va undan ortiq qatorli harakatini ta’minlovchi yo‘l.
Avtomobilnaya doroga mestnogo znacheniya - mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘li —
ma’muriy tuman chegarasida korxona, muassasalarning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlovchi yo‘l.
|
| |