• Punkt gruzoobrazuyushiy
  • Rabochaya dokumentatsiya
  • Rabochiy proekt
  • Razvitie trassi
  • Rayon iziskaniy
  • Proektirovanie prodolnogo profilya




    Download 361,29 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet7/17
    Sana04.01.2024
    Hajmi361,29 Kb.
    #129940
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
    Bog'liq
    Glossary

    Proektirovanie prodolnogo profilya – bo‘ylama profilni loyihalash – yo‘lning er sirtiga 
    nisbatan bo‘ylama profildagi yo‘l poyi qirg‘og‘i holatini belgilash. 
    Prolojenie trassi - yo‘l o‘q chizig‘ini o‘tkazish — yo‘l o‘q chizig‘ini mavjud davlat geodezik 
    standart talablariga moslash ma’lumotlariga asosan yo‘l o‘qini joyiga ko‘chirish. Bunda talab 
    qilingan burchaklarni ko‘rish, chiziq uzunliklarini o‘lchash, nishon qoziqlarini o‘rnatish ishlari 
    bajariladi.
    Punkt gruzoobrazuyushiy - yuklarning to‘plash punkti (joyi) — loyihalanayotgan yo‘ldan 
    yuklarni tashishni amalga oshiruvchi korxona, tashkilot, xo‘jalik. 
    Punkt gruzopotreblyayushiy - yuk qabul qiluvchi joy - loyihalanayotgan yo‘ldan yuklari 
    keladigan korxona, tashkilot, xo‘jalik. 
    Punkt oporniy - tayanch punkti (joyi) — loyihalanayotgan yo‘lning o‘q 
    CHIZIG


    holatini 
    belgilashga sabab bo‘ladigan joy (sanoat, siyosiy, ma’muriy yoki madaniy markazlar, transport 
    tugunlari), punktning soni va xususiyati yo‘lning xalq xo‘jaligidagi ahamiyatiga bog‘liq. 


    Punkt passajiroobrazuyushiy - yo‘lovchilar to‘planuvchi punkt (joy) –loyihalana- yotgan 
    yo‘ldan yo‘lovchilarni tashishni amalga oshiradigan korxona, tashkilot, xo‘jalik, shifoxona, dam 
    olish maskanlari va boshqalar. 
    Rabochaya dokumentatsiya - ishchi hujjat — ikki bosqichli loyihalashdagi ikkinchi 
    bosqichning loyihaviy hujjati (1981 yildan belgilangan). Avtomobil yo‘li, undagi bino va inshootlarni 
    qurishning ishchi hujjati tarkibiga quyidagilar kiradi: ko‘rsatilgan talablarga asosan ishlab 
    chiqiladigan ishchi chizmalar (yo‘l jihozlari elementlari, mustahkamlash inshootlari chizmalari, 
    tabiat va atrof-muhitni asrash yoki erni qayta tiklash, shuningdek mehnat xavfsizligi bilan bog‘liq 
    qurilma va inshootlar chizmalari, qurilish-yig‘ish
    ishlarini tashkil etish uchun mo‘ljallangan turli 
    jihozlar, tuzilma elementlari va bularni o‘rnatish chizmalari); ob’ektli va mahalliy smetalar; 
    qurilish-yig‘ish ishlari hajmi va ashyolarga bo‘ladigan talablar jamlangan jadvallar; ishchi-
    qurilish chizmalarining pasporti; mehnat xarajatlari va asosiy ashyolar xarajatlarining 
    hisoblari; smeta bahosi ko‘rsatkichlari va ularning o‘zgarish hisoblari. Ishchi hujjat loyiha 
    tashkilotiga buyurtmachi tomonidan berilgan boshlang‘ich ma’lumotlarni inobatga olgan holda 
    ishlab chiqiladi. 
    Rabochiy proekt - ishchi loyiha — bir bosqichli loyihalashda o‘xshash ob’ektlar shuningdek 
    texnik jihatdan murakkab bo‘lmagan ob’ektlar uchun foydalaniladigan andozaviy va qayta 
    qo‘llaniladigan loyihalar bo‘yicha ishlab chiqiladigan loyihaviy xujjat. 
    Razvitie trassi - yo‘l o‘q chizig‘ining uzayishi — bo‘ylama qiyalikni kamaytirish 
    maqsadida ikki nuqta orasidagi yo‘l o‘q chizig‘ining uzayishi. Berilgan qiyalikni ta’minlash uchun 
    katta er ishlari talab qilinadigan er sirti katta qiyalikka ega bo‘lgan joylarda amalga oshiriladi. 
    Rayon iziskaniy - qidiruv mintaqasi — loyihalanilayotgan avtomobil yo‘l tarmog‘i yoki 
    alohida yo‘lga xizmat ko‘rsatishga taxminan tegishli bo‘lgan ishlab chiqarish hududiy majmuasi. 
    qidiruv tumani yo‘l tarmog‘ini loyihalashda butun ma’muriy hududiy qismlar (viloyat, o‘lka, 
    respublika, iqtisodiy tumanlar), shuningdek u bilan ishlab chiqarish, transport aloqalari bo‘lgan 
    tumanlar va ma’muriy hududiy qismlarga qo‘shni shaharlar qamrab olinadi. Alohida yo‘llarni 
    loyihalashda qidiruv tumani, odatda loyihalanayotgan yo‘lga tutash va shunday yoki yirik tabiiy 
    chegaralar bilan chegaralangan hududni o‘z ichiga oladi. 

    Download 361,29 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




    Download 361,29 Kb.
    Pdf ko'rish