• Dorojno-klimaticheskaya zona
  • Dorojnie injenernie ustroystva
  • Intensivnost dvijeniya
  • Avtomobil yo‘l atamalarining izohli L u g‘ a t I




    Download 361,29 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/17
    Sana04.01.2024
    Hajmi361,29 Kb.
    #129940
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    Glossary

    Dorojnoe xozyaystvo - yo‘lga mutasaddi xo‘jalik — qisqa masofalarda katta tezlikda 
    avtomobil bilan xalq xo‘jaligi va aholi talablarini eng to‘liq qondirishga layoqatli bo‘lgan 
    material ishlab chiqarish tarmog‘ining bir qismi. Umum foydalanuvdagi avtomobil yo‘li 
    tarmog‘ini, uning me’yoriy ekspluatatsiyasi uchun zarur bo‘lgan barcha inshootlarni, 
    shuningdek bu yo‘llarni tuzatish va saqlash bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlarni o‘z 
    ichiga oladi. 
    Dorojno-klimaticheskaya zona – yo‘l-iqlim mintaqasi — “Yo‘l- iqlim bo‘yicha 
    tumanlashtirish”ga qarang. 
    Dorojno-klimaticheskie rayonirovanie – yo‘l-iqlim bo‘yicha tumanlashtirish — 
    yo‘llarni loyihalash va qurish maqsadida respublika hududini bir xil iqlim sharoitli mintaqalarga 
    ajratish. Namlik darajasi, grunt suvlarining joylashish chuqurligi, gruntlarning muzlash chuqurligi 


    va yillik o‘rtacha yog‘in miqdoriga bog‘liq ravishda respublika hududi to‘rtta yo‘l-iqlim 
    mintaqasiga ajratilgan. 
    Dorojnie injenernie ustroystva - yo‘l muhandislik qurilmalari — harakat xavfsizligini 
    va to‘xtovsizligini ta’minlash, yo‘lovchilar, haydovchilar va avtomobillarga harakat bo‘ylab 
    xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan inshootlar majmuasi. Yo‘l muhandislik qurilmalariga 
    avtobus bekatlari, tezlikni oshirib o‘tish tasmasi, avtomobillar to‘xtab turishi uchun 
    maydonchalar, dam olish maydonchalari va avtobus-larni kutish uchun ayvonlar, yo‘lni qor 
    ko‘chkilaridan, qor bosishdan himoyalash uchun qurilmalar, aloqa yo‘llari va yo‘lni yoritish 
    vositalari kiradi. 
    Intensivnost dvijeniya - harakat jadalligi — bir birlik vaqt (bir kecha-kunduz yoki 
    o‘rtacha bir soat) oralig‘ida yo‘lning berilgan kesimidan o‘tadigan avtomobil va boshqa turdagi 
    transport vositalari soni. 
    Intensivnost dvijeniya privedennaya – keltirilgan harakat jadalligi - hisobiy 
    avtomobilga moslangan avtomobillar harakat jadalligi. 

    Download 361,29 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 361,29 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomobil yo‘l atamalarining izohli L u g‘ a t I

    Download 361,29 Kb.
    Pdf ko'rish