• Lavinozashitnaya piramida
  • Lavinozashitnie soorujeniya
  • Perexod peshexodniy
  • Ploshadka obzornaya
  • Ploshadka ostanovochnaya
  • Avtomobil yo‘l atamalarining izohli L u g‘ a t I




    Download 361,29 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet13/17
    Sana04.01.2024
    Hajmi361,29 Kb.
    #129940
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
    Bog'liq
    Glossary

    Polosa razdelitelnaya - ajratuvchi polosasi (tasmasi) — yo‘lning ikki qo‘shni qatnov 
    qismini yoki ikki qarama-qarshi yo‘nalishdagi hara-katni ajratish, transport vositalarining bir 
    qatnov qismdan boshqasiga o‘tishining oldini olish maqsadida quriladigan polosa, I -toifali 
    yo‘llarda quriladi. 
    Lavinozashitnaya piramida - ko‘chkidan himoya qiluvchi ehrom (piramida) — 
    yonbag‘irlarda qor ko‘chkini ushlab qoluvchi qurilma. Uchtadan sim bilan bog‘langan asosiy 
    toshlar bilan ko‘mib qo‘yiladigan g‘o‘lalardan barpo qilinadi. Ehromlar bir-biridan 2 m 
    oraliqda shaxmat tartibida o‘rnatiladi. 
    Lavinozashitnie soorujeniya – ko‘chkidan himoya qiluvchi inshoot — qor 
    ko‘chishidan himoyalovchi inshoat – ko‘chkini to‘xtatish va uning harakat yo‘lini belgilangan 
    yo‘nalishga o‘zgartirish uchun xizmat qiluvchi muhandislik inshooti. 
    Obvalonapravlyayushie soorujeniya - o‘pirilishni yo‘naltiruvchi inshootlar - 
    o‘pirilish jinslarini ushlab qoluvchi yoki ularni ma’lum joyga - jarga, pastlikka
    yo‘naltiruvchi devor yoki ko‘tarma ko‘rinishidagi muhandislik inshootlari. 
    Perexod peshexodniy - piyodalar o‘tish joyi - piyodalarning yo‘l (ko‘cha)dan xavfsiz 
    o‘tishlari uchun ko‘zda tutilgan, qatnov qismda maxsus ajratilgan, yo‘l belgilari va alohida 
    yo‘l belgilari bilan belgilangan ko‘ndalang tasma, avtomobil yo‘li tagidan o‘tgan er osti o‘tish 
    joyi (tonnel), er usti piyodalar yo‘l o‘tkazgichidan iborat yo‘l jihozlari. 
    Ploshadka obzornaya – kuzatish maydonchasi — harakat qatnashchi-larining qisqa 
    muddatli dam olishlari vaqtida joyni kuzatish mumkin bo‘lgan, avtomobil yo‘li yaqinida 
    joylashgan maxsus ajratilgan maydoncha. Maxsus jihozlangan dam olish maydonchasi bilan 
    birga bo‘lishi mumkin. 
    Ploshadka ostanovochnaya - to‘xtash maydonchasi — avtobus bekatlari yoki engil va 
    boshqa avtomobillarning muntazam qisqa muddatli to‘xtashlari rejalashtirilgan joylarda 
    maxsus jihozlangan maydoncha. Ularga kirish tezlikni oshirib o‘tish yo‘lakchasi 
    ko‘rinishdagi qatnov qismda bajariladi. Maydonlar o‘lchami me’yor-lashtiriladi. 

    Download 361,29 Kb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Download 361,29 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomobil yo‘l atamalarining izohli L u g‘ a t I

    Download 361,29 Kb.
    Pdf ko'rish