|
Avtomobil yo‘l atamalarining izohli L u g‘ a t I Pdf ko'rish
|
bet | 16/17 | Sana | 04.01.2024 | Hajmi | 361,29 Kb. | | #129940 |
Bog'liq GlossaryAvtobusniy
pavilon
(avtopavilon)
-
avtobus
paviloni
— to‘xtash joylarida
yo‘lovchilarning avtobus yoki yo‘nalishdagi boshqa transport vositalarini kutishlari uchun ko‘zda
tutilgan, chiptalar sotish kassalari talab qilinmaydigan avtomobil yo‘lidagi inshoot.
Avtopavilonlarni badiiy-me’moriy jihatdan bezatishda qurilish tumanining milliy xususiyatlari,
iqlim sharoitlari inobatga olinadi.
Avtovokzal (avtostansiya) - avtomobillar vokzali — yo‘lovchilar yig‘iladigan yirik
joylarda kelajakni hisobga olib quriladigan,1 kecha -kunduzda olisga yo‘l oluvchi 1000 va
undan ortiq yo‘lovchiga mo‘ljallangan avtotransport xizmati binosi. Yo‘lovchilarning,
transport harakatini boshqarish muassasasi xodimlarining joylashishi ko‘zda tutiladi.
Avtozapravochnaya stansiya (AZS) - avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi —
joylashishi va texnik jihozlari yonilg‘i va moylovchi materiallarning chakana savdosi hamda
transport vositalariga yoqilg‘i quyish uchun mo‘ljallangan inshoot.
YONILG
‘
I
quyish shoxobchalari
har 30-50 km dan kam bo‘lmagan masofada joylashgan bo‘lishi kerak.
Avtostansiya gruzovaya - yuk tashuvchi avtomobillar stansiyasi — umumiy
foydalanishdagi avtotransport korxonalarining harakatdagi tarkibi bilan muntazam ravishda
shaharlararo yuk tashishni, shuningdek ombordagi jarayonlarni amalga oshiruvchi transport
korxonasi. YUklarni jo‘natish yoki qabul qilish yirik markaz-larda joylashtiriladi.
Gostinitsa pridorojnaya - yo‘l bo‘yidagi mehmonxona — yo‘ldan qatnovchilar
tunaydigan, ularga maishiy xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan, umumiy ovqatlanish
shoxobchasi mavjud bo‘lgan majmua. Mehmonxona oldida transport vositalarining to‘xtab
turishlari uchun maydon mavjud bo‘ladi.
|
| |