• Polosa dvijeniya dopolnitelnaya
  • Polosa kraevaya
  • Polosa otvoda
  • Polosa perexodno-skorostnaya
  • Polosa razgona
  • Pod’em - balandlikka ko‘tarilish — loyiha chizig‘ining gorizontal tekislikdan yuqoriga  ko‘tarilishi.  Polosa dvijeniya




    Download 361,29 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet12/17
    Sana04.01.2024
    Hajmi361,29 Kb.
    #129940
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
    Bog'liq
    Glossary

    Pod’em - balandlikka ko‘tarilish — loyiha chizig‘ining gorizontal tekislikdan yuqoriga 
    ko‘tarilishi. 
    Polosa dvijeniya - harakat tasmasi (polosasi) — transport vositalarining bir qator 
    harakati amalga oshiriladigan tasmasi. Harakat tasmasining zarur eni hisobiy avtomobil 
    kuzovining eni va kuzovdan yondosh tasma chetiga hamda g‘ildirakdan g‘ildirakdan qatnov 
    qismining chetiga bo‘lgan masofalarning yig‘indisidir, harakat tasmasi yo‘l toifasiga bog‘liq.
    Polosa dvijeniya dopolnitelnaya - qo‘shimcha harakat tasmasi — qatnov qismni 
    kengaytirish usuli bilan quriladigai harakat tasmasi. Balandlikka ko‘tarilishda, uzoqqa 
    cho‘ziladigan qismlarda transport oqimining aralash tarkibi uchun harakatni ajratish tasmasi
    shuningdek avtomobilning tezligini oshirib o‘tish tasmasi, kesishish va tutashish joylarida 
    oqimlarning qo‘shilish va ajralish mintaqasi sifatida foydalaniladi. 
    Polosa kraevaya - chetki tasma — transport vositalari harakatini tashkil etish va yo‘l 
    qoplamasi chetini buzilishdan saqlash uchun yo‘lning chetki ~ belgi qo‘yish mintaqasini 
    joylashtirish maqsadida yuqori toifali yo‘llarda yo‘l to‘shamasini (0,2 ... 0,3 m) kengaytirish. 
    Odatda, qatnov qismdan rangi bilan farqlanadi. 
    Polosa otvoda - Yo‘l uchun ajratilgan joy — avtomobil yo‘li va uning inshootlari 
    joylashadigan er. Yo‘l uchun ajratilgan joyning doimiy kengligi yo‘lning toifasiga bog‘liq. 
    SHuningdek yonboshdagi zaxiralar, ochiq konlar (karer) qurish uchun vaqtinchalik ajratilgan 
    joy. Lekin ular qurilish tugagandan so‘ng qayta tiklanishi va erdan foydalanuvchilarga 
    qaytarilishi lozim. Avtomobillar uchun to‘xtash joyi va dam olish maydonchalari, harakatga 
    xizmat ko‘rsatish binolari, suv chetlatish va boshqa qo‘shimcha joy asoslab berishga qarab 
    ajratiladi.


    Polosa perexodno-skorostnaya - tezlikni oshirib o‘tish polosasi (tasmasi) — asosiy 
    polosa bo‘ylab harakatlanayotgan umumiy transport oqimidan chiqish joyiga yoki oqimga 
    kirishda avtomobilning sekinlashishini yoki tezlashishini ta’minlash uchun quriladigan harakat 
    polosasi. Asosan, kesishish va tutashish joylarida, shuningdek avtomobillarning tezligini oshirish 
    joylarida, avtobus bekatlari oldida va boshqa joylarda quriladi. Ular ikki turda quriladi: asosiy 
    qatnov qismga parallel doimiy kenglikda va o‘tish polosasi uzunligida asta-sekin o‘zgaruvchan 
    kenglikda. 
    Polosa razgona - tezlik olish polosasi (tasmasi) — yo‘lning alohida qismlarida 
    (kesishish va tutashish joylari, avtobus bekatlari, yoqilg‘i quyish shoxobchalari va boshqa
    joylarda) quriladigan, avtomobillarning o‘z tezligini qo‘shni harakat polosasidagi tezlikka 
    etkazib olish va unga kirish uchun xizmat qiladigan harakat tezligini oshirish yo‘li. 

    Download 361,29 Kb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




    Download 361,29 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pod’em - balandlikka ko‘tarilish — loyiha chizig‘ining gorizontal tekislikdan yuqoriga  ko‘tarilishi.  Polosa dvijeniya

    Download 361,29 Kb.
    Pdf ko'rish