Avtomobil yo‘llari




Download 1,36 Mb.
bet10/12
Sana30.05.2024
Hajmi1,36 Mb.
#257767
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Avtomobil yo‘llari

Joylashuv oʻrni, PK

Balandlik belgisi, m

Reper sxemasi

1

Chapda 8+00



136.90





Chizma tekisligida yoyib ko‘rsatilgan yo‘l o‘qining vertikal tekislikdagi proyeksiyasi yo‘lning bo‘ylama profili deb ataladi. Bo‘ylama profil ayrim yo‘l uchastkalarining bo‘ylama nishab bilan o‘lchanadigan tikligini va uning qatnov qismining yer yuziga nisbatan joylashuvini tavsiflaydi. Bo‘ylama nishablik avtomobil yo‘llarining transport ekspluatsion sifatlarini tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.


Joyning tabiiy qiyaliklari ko‘pincha avtomobillardan samarali foydalanish uchun zarur bo‘lgan qiymatlaridan ortiq bo‘ladi. Bunday hollarda yo‘lning nishabligi yer sirti nishabligiga nisbatan yotiqroq olinadi, buning uchun tepaliklarga ko‘tarilishlarda gruntning bir qismi qirqib olinadi yoki aksincha rel’efning past qismlaridan o‘tish joylariga grunt to‘kiladi.
Gruntni qirqib olish natijasida yo‘l sirti yer sirtiga nisbatan past bo‘lib qolgan joylari o‘ymalar deb, yo‘lning yer sirtidan balandroq sun’iy to‘kilgan grunt ustidan o‘tadigan yo‘l bo‘laklari esa ko‘tarmalar deb ataladi.

2.1-rasm. Bo‘ylama profilda yo‘lning joylashishi:
I – yo‘l «nol» belgilarda; II – ko‘tarmada; III – o‘ymada

Ko‘tarmalarning balandligi 1 m dan kam bo‘lganida yo‘l «nol» belgilardan o‘tadi deb aytiladi. O‘yma va ko‘tarmalar qurish natijasida yo‘l belgilari yer sirtining belgilariga mos tushmaydi (2.1 - rasm).


Yer sirtining yo‘l o‘q chizig‘i bo‘yicha belgilari bilan yo‘l ko‘tarmasining balandligi yoki o‘yma chuqurligini aniqlovchi yo‘l qirg‘og‘i belgilari orasidagi farq ishchi belgi deb ataladi (2.2-rasm).

2.2-rasm. Yo‘l poyining ishchi belgisi:a – o‘ymada; б – ko‘tarmada.

Bo‘ylama profilning nishabligi o‘zgarganida hosil bo‘ladigan siniq joylari harakatlanish uchun qator noqulayliklarni keltirib chiqaradi:


-yo‘ldagi qavariq joylar yo‘lning oldinda joylashgan qismini ko‘rintirmay qo‘yadi, -egrilik radiusi nisbatan kichik bo‘lgan siniq joylarda esa katta tezlikda harakatlanib borayotgan avtomobilning oldingi o‘qi yengillashib, uni boshqarish mumkin bo‘lmay qoladi;
-botiq siniq joylarda harakat yo‘nalishi to‘satdan o‘zgarganligi sababli yo‘lovchilarni bezovta qiladigan va avtomobilni zo‘riqtiradigan turtki xosil bo‘ladi. Shuning uchun bo‘ylama profilning siniq joylari tutashtiruvchi vertikal egriliklar kiritish yo‘li bilan ravonlashtiriladi. 2.3-rasmda bo‘ylama profilning ravonlashtirilgan siniq joylari punktir chiziq bilan ko‘rsatilgan. Qavslar ichidagi raqamlar vertikal egriliklar yo‘qligida mavjud bo‘lgan ishchi belgilarni, qavssiz raqamlar esa haqiqiy belgilarni ifodalaydi.
Bo‘ylama profilning loyiha chizig‘i singan joylarida qiyaliklarning algebraik farqi I va II toifali yo‘llarda 5‰ va undan ortiq, III toifali yo‘llarda 10 ‰ va undan ortiq, IV va V toifali yo‘llarda 20 ‰ va undan ortiq bo‘lsa, bo‘ylama profilda egri chiziqlar loyihalanishi lozim.
Хavfsiz harakatni ta’minlash uchun bo‘ylama profil elementlari belgilanayotganda, asosiy ko‘rsatkichlar sifatida quyidagilar qabul qilinishi kerak:

  • bo‘ylama profildagi egri chiziqlarining radiuslari:

  • qabariqda kami bilan 70000 m;

  • botiqda kami bilan 8000 m;

  • bo‘ylama profilda egri chiziqlarning uzunligi:

  • qabariqda kami bilan 300 m;

  • botiqda kami bilan 100 m.

Agar joy sharoitlari bo‘yicha, yoki ularni bajarish katta qurilish harajatlariga va ish hajmining oshishiga olib kelsa, loyihalash vaqtida, texnik-iqtisodiy taqqoslash asosida me'yorlarni kamaytirishga ruxsat etiladi. Bunda chegaraviy ruxsat etilgan me'yorlarni yo‘l toifasi bo‘yicha hisobiy harakat tezligidan kelib chiqib qabul qilish lozim (2.1-jadval).


B
Bo‘ylama profilning grafik tasviri asosiy loyiha hujjatlaridan biri bo‘lib, bu hujjatlar asosida yo‘l loyihalanadi.

2.3-rasm. Vertikal egri chiziqlar:1 – qavariq, 2 – botiq

Agar mahalliy sharoitlar imkon bersa va yo‘l qurilishi qimmatga tushmaydigan bo‘lsa, vertikal qavariq egriliklar radiusini 70000 m (egrilikning uzunligi 300 m dan ortiq) va botiq egriliklarning radiusini 8000 m (egrining uzunligi kamida 100 m) qilib olish kerak.


Yo‘l o‘q chizig‘ining qabul qilingan asosiy varianti uchun bo‘ylama kesim GOST-21-511-83 talablariga asosan chiziladi (2.4-rasm).
Bo‘ylama profil chiziladigan masshtab loyihalanayotgan trassaning rel’efiga bog‘liq:
-tekislik joylar uchun gorizontal 1:5000, vertikal 1:500, grunt uchun 1:50.
-tog‘li joylar uchun gorizontal - 1:2000, vertikal -1:200, grunt uchun 1:50.

2.1-jadval




Download 1,36 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 1,36 Mb.