• Botiq Asosiy joylarda Tog‘li joylarda
  • Avtomobil yo‘llari




    Download 1,36 Mb.
    bet11/12
    Sana30.05.2024
    Hajmi1,36 Mb.
    #257767
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    Avtomobil yo‘llari

    Hisobiy tezlik,
    km/soat

    Eng katta bo‘ylama
    nishabliklar, ‰

    Egrilikning eng kichik radiuslari, м

    Qabariq

    Botiq

    Asosiy joylarda

    Tog‘li joylarda

    150

    30

    30000

    8000

    4000

    120

    40

    15000

    5000

    2500

    100

    50

    10000

    3000

    1500

    80

    60

    5000

    2000

    1000

    60

    70

    2500

    1500

    600

    50

    80

    1500

    1200

    400

    40

    90

    1000

    1000

    300

    30

    100

    600

    600

    200




    2.4-rasm. Bo‘ylama kesimni setkasi

    Yo‘llarni loyihalashda bo‘ylama nishabliklar ularda ruxsat etilgan me’yorlardan oshib ketmaydigan qilib loyihalanadi. Gruntli asosda qulay suv-issiqlik rejimini yaratish uchun yo‘l sirtining namlanish manbalari ustidan shuningdek, yo‘l poyining qor qatlami sathidan ko‘tarilib turish balandligi ko‘zda tutilishi kerak. Bo‘ylama profilda yo‘l sirtining yer sirtiga nisbatan vaziyatini belgilash bo‘ylama profilni loyihalash yoki loyiha chizig‘ini o‘tkazish deb ataladi. Loyiha chizig‘ini o‘tkazishda quyidagilar ta’minlanishi zarur:


    -bo‘ylama profilning ravonligi,
    -ruxsat etilgan bo‘ylama nishabliklar,
    -yetarlicha ko‘rinishlik, bular avtomobillarning yuqori tezliklarda yurishiga imkon beradi;
    -yo‘l poyidan suvning chetlatilishi;
    -loyiha chizig‘ining arrasimon ko‘rinishda bo‘lmasligi;
    Yo‘llar nazorat nuqtalaridan o‘tayotganida ko‘rsatilgan balandlik belgilari orqali o‘tishlari kerak, bular mavjud yo‘lga tutashgan trassani boshi va oxiridagi balandlik belgilari, yuqori toifali yo‘llar, temir yo‘l bilan kesishish belgilari, ko‘priklar qatnov iqsmining belgisi, suv bosadigan joylarda yo‘l poyining suv sathidan balandlik belgilari va x.z.
    Loyiha chizig‘ini o‘tkazishning ikki usuli mavjud: o‘rovchi va kesuvchi chiziqlar sifatida loyihalash usullari bo‘lishi mumkin (2.5-rasm).
    O‘rovchi chiziq bo‘yicha loyihalashda loyiha chizig‘i iloji boricha yer sirtiga parallel qilib o‘tkaziladi, bu qoidadan faqat rel’efning o‘nqir-cho‘nqir pastlik joylarida va yer sirti bo‘ylama profilining keskin burilgan joylari yaqin joylashganda chetga chiqiladi.
    Тekislikli va kam tepalikli rel’efda o‘rovchi chiziq sifatida loyihalash yaxshi quritiladigan yo‘l poyi hosil qilishga imkon beradi.

    2.5-rasm. Loyiha chizig‘ini o‘tkazish:
    1 - o‘rovchi bo‘yicha, 2 - kesuvchi bo‘yicha

    Тepalikli va kuchli o‘nqir-cho‘nqirli rel’ef sharoitlarida loyiha chizig‘i o‘rovchi usulda loyihalanganida yo‘lning bo‘ylama profili notekis bo‘lib chiqadi (2.5-rasmdagi 1-chiziq va i1). Avtomobil yo‘lda harakatlanganida uzluksiz ravishda dam ko‘tariladi va dam pastga tushadi, natijada yonilg‘i ortiqcha sarflanadi va tashish tezliklari kamayadi.


    Bu holda harakat intensiv bo‘lganida va tuproq-geologik sharoitlar qulay bo‘lganida kesuvchi chiziq sifatida loyihalash ancha ma’qul hisoblanadi (2.5 - rasmdagi 2- chiziq va i2), bunda tepaliklar kesiladi va ulardan chiqqan grunt pastlik joylardagi ko‘tarmalarga to‘kiladi. Loyiha chizining vaziyati iloji boricha qo‘shni ko‘tarmalar va o‘ymalarda yer qazish ishlari balansini ta’minlashi, ya’ni o‘ymalardan chiqqan gruntni bo‘ylamasiga surib ko‘tarmalarga to‘kish uchun foydalanish zarur. Loyiha chizig‘ining bunday o‘tkazilishi temir yo‘llar va yuqori toifali avtomobil yo‘llari uchun xarakterlidir.
    O‘rovchi chiziq sifatida loyihalash, odatda, yo‘l yonidagi rezervlardan ko‘tarma ko‘tarish bilan qo‘shib olib boriladi, bunda gruntni siljitish masofasi qisqa bo‘lganligidan yer qazish ishlari qiymatini kamaytirishga imkon beradi. Ekin ekiladigan yerlarni yo‘l uchun ajratish cheklanganligi sababli bunday usuldan foydalanilmaydi va yo‘l poyini uzoq masofalardan qulay yerlardagi grunt konlaridan maxsus keltiriladigan gruntlardan ko‘tariladi.



    Download 1,36 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 1,36 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomobil yo‘llari

    Download 1,36 Mb.