Avtomobil yo’llaridagi muhandislik inshootlari




Download 5.75 Mb.
bet89/97
Sana09.06.2022
Hajmi5.75 Mb.
#23330
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   97
Bog'liq
N.Saydazimov DARSLIK (1)
Ijodiy shaxsning mahorati va qobiliyatlari, Jaloliddinova Sarvinoz Kalomiddin qizi (0), RIVOJLANISHDA NUQSONI BOR BOLALAR TASNIFI
Akkumulyatsiya - sel toshqini va daryo toshqini davrida inshoot (ko’prik, quvur, ko’tarma) oldida suvning to’planishi.
Balka - yonbag’irlarining yotiqlanishi va ularda o’simlik qatlamining vujudga kelishi natijasida o’sishi to’xtagan jarlik.
Daryo havzasi (suv yig’uvchi) - inshootga suv oqib keladigan hudud.
O’zan oldidagi tepalik - tabiiy o’zanni shakllanishi jarayonida o’zanni shakllantiruvchi va o’zandan tashqari cho’kindilardan hosil bo’ladigan, o’zan qirg’og’i bo’ylab ko’tarilgan tepalik.
Suv ayirg’ich - qo’shni havzalar orasidagi chegara.
Kichik suv hafzasi - 100 km2 gacha maydonli hovuz (basseyn).
Kichik ochiq suv oqimi - havzasi 100 km2 gacha bo’lgan ochiq suv oqimi.
Gabion - metall to’rlardan bo’lgan, tosh bilan to’ldirilgan yashiklar ko’rinishidagi konstruktsiya; daryo o’zanini yuvilishlardan himoya qilish, boshqaruvchi va qirg’oqlarni mustahkamlovchi inshootlar qurish uchun mo’ljallangan; odatda, 3-5 m uzunlik, 1-5 m kenglik, 1 m balandlikdagi parallelepiped shakliga ega.
Tezlikni so’ndiruvchi - suv oqimi tezligini kamaytirish va o’zanini yuvilishdan himoyalanishni ta’minlashga yordam beradigan qurilma.
Gidrograf - suv yoki oqizindilar sarfining vaqt ichida o’zgarish chizmasi.
Gidrostvor(suv darvozasi) - toshqin vaqtida gidrometrik ishlar bajariladigan daryo vodiysining ko’ndalang kesimi. Chizmada daryoning ko’ndalang kesimi ko’rinishida rasmiylashtiriladi.
Tabiiy chuqurlik - qayirdagi yoki o’zandagi ko’prikli o’tish joyi bo’lgan oqim siqilishigacha bo’lgan uzunlikdagi chuqurlik.
Yuvilgan chuqurlik - yuvilgandan so’ng va ungacha bo’lgan chuqurliklar farqi.
To’g’onning boshi - to’g’onning oxirgi qismi.
Suv o’lchanadigan chizma - daryodagi berilgan joy uchun suv sathining vaqt oralig’ida o’zgarish chizmasi.
Tepalik - yuqoriga qarab qiyalagan va tik tushgan jarlik ko’rinishidagi o’zanni shakllantiruvchi cho’kindilardan hosil bo’lgan elementar o’zan mahsuloti.
Suv oqimini yo’naltiruvchi to’g’on - ko’prik oralig’iga qayirdagi suvlarning bir tekis quyilishini va ko’prik ostidagi oqimni izga solishni ta’minlovchi muhandislik inshooti. Daryoning oqishiga nisbatan yuqori va pastki to’g’onlar turi mavjud. Rejadagi ko’rinishi bo’yicha farqlanadi:
Nok shaklidagi to’g’on - rejada nok shakliga ega bo’lgan, boshi qayirdagi ko’tarmaga tutashgan to’g’on.
To’g’ri chiziqli to’g’on - ko’prik ostidagi oqimni tirgakka nisbatan kamaytiradigan, uni yuvilishdan himoya qiladigan, to’g’ri chiziq shaklidagi oqimni yo’naltiruvchi damba.
Taqasimon to’g’on - boshi oqim bo’yicha yuqoriga anchagina chiqarilgan, ostki tomondan kichik egrilikdagi qisqa uchastkalarga ega, egri chiziqli to’g’on.Ko’prik o’qiga nisbatan joylashish holatiga ko’ra quyidagi to’g’on farqlanadi: yuqori va quyi to’g’onlar. Quyi to’g’onlar to’g’ri chiziqli yoki ozgina qiyalikka ega va odatda, yuqori to’g’onlardan ikki baravar qisqa bo’ladi.
Suv (sarfi) debiti - vaqt birligi ichida tabiiy buloq, burg’ulangan quduq yoki oddiy quduq beradigan suv miqdori.
Tabiiy holdagi o’zanning o’zgarishi - ko’prikli o’tish qurilishi bilan bog’liq bo’lmagan, daryo o’zanining tabiiy holdagi qayta tuzilishi.
Daryo vodiysi - landshaftdagi daryo oqadigan chuqurlik; tektonik deformatsiyalar va o’rmonchilar faoliyati natijasida, shuningdek uzluksiz oquvchi suvlar ta’sirida asta-sekin shakllanadigan yer yuzasining nisbatan tor joydagi chuqurlashuvi. U o’zan va qayirdan tashkil topgan.
Jonli kesim - daryo oqimi yoki suv oqimining umumiy yo’nalishga perpendikulyar bo’lgan ko’ndalang kesimi.

Download 5.75 Mb.
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   97




Download 5.75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobil yo’llaridagi muhandislik inshootlari

Download 5.75 Mb.