Avtomobil yo’llaridagi muhandislik inshootlari




Download 5.75 Mb.
bet92/97
Sana09.06.2022
Hajmi5.75 Mb.
#23330
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97
Bog'liq
N.Saydazimov DARSLIK (1)
Ijodiy shaxsning mahorati va qobiliyatlari, Jaloliddinova Sarvinoz Kalomiddin qizi (0), RIVOJLANISHDA NUQSONI BOR BOLALAR TASNIFI
Qayirdagi oraliq(tuynuk) - qayir chegarasi qismidagi ko’prik oralig’i.
O’zan oralig’i(tuynugi) - daryo o’zani chegarasi qismidagi ko’prik oralig’i.
Plyaj qiyaligi - to’lqin ta’sirlariga chidamli bo’lgan, 1:20-1:30 joylashmadagi ko’tarma qiyaligi.
Sayoz joy - oqizindilar to’planishi bilan harakatlanadigan, sayoz joydagi o’zanning chuqurligi qo’shni uchastkalarga solishtirilgandagi suv oqimi tubining uchastkasi.
Tosh to’shama - turli xil donali, dag’al donador tarkibli o’zanning yuvilishi natijasida shakllanadigan yirik bo’lakli ko’prik osti o’zani chuqurligining tabiiy ravishda yuvilmaydigan mustahkamligi.
Toshqin-yomg’ir, ba’zan esa bir vaqtning o’zida suv oqimi havzasida muzlarning erishi bilan yuzaga keladigan, nisbatan qisqa vaqt ichidagi suv sathining ko’tarilishi.
Yoyiq - o’zan oqimining umumiy yo’nalishiga burchak ostida kesishuvchi, odatda, keng tizimlar ko’rinishida oqizindilarning yotqiziqlari bilan shakllangan tekis daryolar uchun shu relefning tavsifli bo’lgan shakli.
Ples - yoyiqlar orasida joylashgan daryoning chuqur suvli uchastkasi.
Pobochenь - odatda, toshqinda suv bosgan va suvning sathi pasayganda qurib qolgan, o’zanni kesuvchi yirik tizmalarning eng yuqori ko’tarilgan qirg’oq bo’yi qismi.
Dimlanish - daryoda biron narsani haydash vaqtida suv o’tkazish inshootida oqimning siqilishi yoki muzlarning tiqilib qolishi, shuningdek yog’ochlarning tiqilishi natijasida suv sathining mahalliy ko’tarilishi. Quyidagi ko’rinishlari farqlanadi:

  • boshlang’ich - ko’prik oldidagi oqimning siqilish sahni boshidagi dimlanish;

  • umumiy - daryoning umumiy toshqinida guruh holidagi tirqishlar uchun umumiy dimlanish;

  • ko’prik osti - ko’prik ostidagi suv sathining kundalik sathga nisbatan o’zgarishi;

  • to’liq - ko’prikdan balandda eng yuqori dimlanish ;

  • ko’tarmada - ko’tarmaning yuqori tomoniga o’tish yo’lidagi eng ko’p dimlanish.

Qayir – vaqti - vaqti bilan baland suvlar bosimi va oqizindilar harakati bo’lmasligi bilan tavsiflanuvchi, daryo vodiysining o’zanga nisbatan ko’tarilgan qismi.
Toshqin to’liqligi - qayir ustidagi toshqin suvi o’rtacha balandligining eng yuqori balandligiga nisbati.
Suv toshqini - qor erishi va ba’zida bir vaqtning o’zida yomg’ir yog’ishi bilan yuzaga keladigan, daryoda suv sathining har yili bo’ladigan ko’tarilishi.
Inshootning o’tkazuvchanlik qobiliyati - inshootning zaxira koeffitsienti inobatga olingan oralig’i orqali o’tishi mumkin bo’lgan, aniq oshish ehtimoli maksimal bo’lgan suv sarfi.
O’zanning o’zgarish jarayoni - oqizindilar bilan suvli oqimning o’zaro ta’sirini tavsiflovchi daryo o’zani va qayirlarning tabiiy shakllanish jarayoni.
Gidrometrik ishlar - suvli obektlarda ularning gidrologik tarkibini o’rganish maqsadida olib boriladigan kuzatish va ishlar majmuasi.
Muhandislik-geologik ishlar - muhandislik-geologik tasvirlashlar, geofizik izlanishlar, tuproqlar va suvlarning laboratoriya tahlillarini o’tkazish bilan bog’liq qidiruv ishlarini o’z ichiga olgan ishlar.
Morfometrik ishlar - o’tish joyidagi daryo vodiysining geometrik va morfometrik xususiyatlarini aniqlash bilan bog’liq bo’lgan, odatda, toshqin oraliqlari davrida bajriladigan dala ishlari majmui.
Tabiiy yuvilish - oqimning siquvi natijasida muhandislik inshooti qurilgunigacha vujudga kelgan o’zanning tabiiy deformatsiyasi.
Mahalliy yuvilish - to’siqqa (tayanch, ko’tarma yoki suvni izga soluvchi inshoot) suvli oqimning urilgan joyida chegaralangan bo’shliqda o’zanning yuvilishi (pasayishi).

Download 5.75 Mb.
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97




Download 5.75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobil yo’llaridagi muhandislik inshootlari

Download 5.75 Mb.