Avtomobil yo’llaridagi muhandislik inshootlari




Download 5.75 Mb.
bet90/97
Sana09.06.2022
Hajmi5.75 Mb.
#23330
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   97
Bog'liq
N.Saydazimov DARSLIK (1)
Ijodiy shaxsning mahorati va qobiliyatlari, Jaloliddinova Sarvinoz Kalomiddin qizi (0), RIVOJLANISHDA NUQSONI BOR BOLALAR TASNIFI
Oqizindilar to’plangan sahn - daryo vodiysining pastki qismidagi oqizindilar yotqiziqlarining sahni; o’zan oqimi tezligining pasayishi va bo’ylama qiyaligining kamayishi natijasida suv sathi va chuqurligi balandligining qaytarilib oshishi bilan birgalikda o’zanni shakllantiruvchi cho’kindi qismlarining muntazam kelib tushishi.
Suv bosgan sahn - ko’prikli o’tishdan yuqorida joylashgan, siqib kelgan suv bosgan sahn.
Tranzit mintaqa - o’zanni shakllantiruvchi cho’kindilarning oqizindilari bilan bo’ylama balanslanadigan, o’zani barqaror o’rtacha kenglik va chuqurlikda bo’lgan tekislikdagi daryoning o’rtacha oqimdagi sahni.
Yemirilish mintaqasi - yuqori oqim tezligi natijasida mahalliy jinsli o’zanda suv sathi va chuqurligi balandligi qaytarilib oshishi bilan birgalikda qaytariluvchi kesimi yuz beradigan tog’ daryosining yuqori qismidagi mintaqasi.
Daryo burilishi - rejada tabiiy o’zan shakllanishi jarayoni borishida o’z ko’rinishini o’zgartiradigan daryolarning to’g’ri chiziqli, halqa ko’rinishli uchastkasi.
O’tish joylarini qidirish - ko’prikli o’tish loyihasini ishlab chiqish uchun bajariladigan, regionning ekologiyasi haqidagi ma’lumotlarni keltirish bilan bog’liq geodezik, geologik, gidrogeologik va gidrometrik ishlar majmui.
Ko’prikli o’tish joylarining texnik-iqtisodiy qidiruv ishlari - ko’prikli o’tish joyiga yaqin tumanning kelajakda rivojlanishini hisobga olib, ko’prikli o’tish joyining xalq xo’jaligidagi ahamiyatini aniqlash uchun ma’lumotlar yig’indisi.
Dara - daryo vodiysining tub jinslari o’yib joylashgan, deyarli osilib turgan qirg’oqli, chuqur tor o’zan.
Lotsman (yo’l ko’rsatuvchi) xaritasi - kemalarni xavfsiz boshqarish uchun foydalaniladigan, kemalar qatnaydigan daryo o’zani va qirg’og’ining farvateri va kemalar harakati belgilari bilan birgalikdagi xaritasi. Turli yillardagi lotsman(yo’l ko’rsatuvchi) xaritalarini qiyoslash ko’prikli o’tish mintaqasida tabiiy o’zan shakllanishi jarayonlarini sifatiy va miqdoriy baholash va kemalar o’tadigan oraliqlarni joylashtirish imkonini beradi.
Ehtimollik to’ri - ehtimollik egrisi chizmasini qurish uchun maxsus yo’sinda tuzilgan to’r (abstsissa va ordinata tizimi); gamma taqsimlanishlarning uch parametrli tenglamasidan foydalanib qurilgan va gidrometeorologik qiymatlarning empirik egrilik ehtimolini yasash uchun mo’ljallangan ordinataning bir tekis shkalasi va abstsissasining notekis shkalasi bilan maxsus shaklda tuzilgan to’r.
Oqizindilar konusi - daryo vodiysining katta hajmda oqizindilar to’plangan pastki qismi, buning natijasida daryo o’zani atrofga nisbatdan ko’tarilgandek bo’lib qoladi.
To’g’on tubi - to’g’onning ko’prikka yondosh ko’tarmasiga tutashish qismi.
Suv sarfining asimmetrik koeffitsienti - katta va kichik suv sarflarining ularning o’rtacha qiymatiga nisbatan taqsimlanishi nomutanosibligini tavsiflovchi koeffitsient.
Gidrologik kattaliklarning uzviylik koeffitsienti - barcha maksimal suv sarflari yoki suv sathlarining ularning o’rtacha qiymatidan olingan o’rtacha kvadratik og’ishi va bir qator yillardagi toshqin-larning o’zgaruvchanligini tavsiflovchi o’rtacha qiymatiga nisbati.
Suv sarfi variatsiya koeffitsienti - maksimal sarflar bir qator qiymatlarining o’zgaruvchanligini xarakterlaydigan va xronologik qatordagi maksimal sarflarning
o’rtacha kvadrati chetga og’ishlarining ularning o’rtacha qiymatiga nisbati bilan teng bo’lgan o’lchamsiz koeffitsient.
Yuvilish koeffitsienti - suv sarfi davrida o’zan tuprog’ining yuvilishidan so’ng ko’prik ostidagi oqim ko’ndalang kesimi yuzasi (ko’prik osti kesimi)ning yuvilishgacha bo’lgan kesim yuzasiga nisbati.
Chegaraviy yuvilish koeffitsienti - ko’prik osti o’zani chuqurligining chegaraviy o’sishiga mos bo’lgan koeffitsient, uning ortishi tayanch poydevor- larining ruxsat etilmagan darajada ochilib qolishiga olib keladi yoki ularni iqtisodiy jihatdan asoslanmagan chuqurlikka joylashtirishni talab etadi.

Download 5.75 Mb.
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   97




Download 5.75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobil yo’llaridagi muhandislik inshootlari

Download 5.75 Mb.