Avtomobil yo’llaridagi muhandislik inshootlari




Download 5.75 Mb.
bet91/97
Sana09.06.2022
Hajmi5.75 Mb.
#23330
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   97
Bog'liq
N.Saydazimov DARSLIK (1)
Ijodiy shaxsning mahorati va qobiliyatlari, Jaloliddinova Sarvinoz Kalomiddin qizi (0), RIVOJLANISHDA NUQSONI BOR BOLALAR TASNIFI
Tezlik koeffitsienti - kichik suv o’tkazuvchi inshootga kirish bosimining nobudgarchiligini tavsiflaydigan koeffitsient. Kirish kallakchasining shakliga bog’liq.
Oqim koeffitsienti - oqim hajmining suv yig’uvchi maydonga yoqqan yog’in hajmiga nisbati.
O’zan shakli koeffitsienti - baland suvlarda hisobiy sath sharoitidagi o’zanlarda maksimal chuqurliklarning o’rtacha chuqurliklarga nisbati.
G’adir-budirlik koeffitsienti - suv oqimining morfometrik xususiyatlari, tuproqlar tarkibi, daryo tubining tuzilishi, o’simliklarning mavjudligi va boshqalarga bog’liq ravishda o’zanning suv oqimlari oqishiga qarshilik ko’rsatish tavsifi.
Suv sarflarining ehtimollik egrisi - hisobotlarning ishlab chiqarish natijalari bo’yicha qurilgan, daryodagi suv sarfining tezligi bo’yicha taqsimlanish egrisi.
Pirsonning III turdagi egrisi - hisobiy suv sarflarini aniqlash uchun qo’llaniladigan binominal egri.
Suv sarfining egrisi - suv oqimi sarfi va suv sathi orasidagi bog’liqlikning chizma tasviri.
Suv sarfining gidrometrik egrisi - toshqin davrida suv o’lchamlarini kuzatish natijalari bo’yicha olinadigan, daryoning mazkur kesimidagi sarflar va oqimlarning tezligi, sathining aylanma harakatidagi egri bog’lanishlar.

joyi.
Liman - tektonik deformatsiyalar natijasida shakllanadigan daryoning quyilish


Suvning pastki sathi(mejen) - suv yuzasining susayishi davrida daryo, asosan,

yer osti suvlari bilan oziqlangandagi suv sathi. Agar u 30 kecha-kunduzdan ortiq kuzatilsa - davom etgan suv sathi; agar 10 kecha-kunduzdan 30 kecha- kunduzgacha kuzatilsa - qisqa suv sathi hisoblanadi.
Morfometrik hisoblashlar - o’zan va qayir yuzasining morfologik va geometrik tavsiflari bo’yicha ularning daryo oqimiga qarshiligi baholanadigan va undan keyin suyuqlikning bir tekis oqimi tenglamasi (Shezi tenglamasi) bo’yicha oqimning o’rtacha tezligi aniqlanadigan gidrologik rejimi o’rganilmagan daryoda bajariladigan hisoblashlar.
Morfostvor - suyuqlikning bir tekis oqimi tenglamasi (Shezi tenglamasi) bo’yicha oqimning o’rtacha tezligi va suv sarfini nazariy hisoblashlar uchun foydalaniladigan daryo vodiysining geometrik va morfometrik xususiyatlari bilan birgalikdagi ko’ndalang kesimi.
Qayir oqizindilari - ko’pincha toshqin vaqtida o’zandan tashqari oqizindilarning ko’p yillik qatlamlari natijasida shakllanadigan, o’simliklar bilan qoplanadigan qayirning geologik-litologik kesimi yuqori qatlamining bog’langan tuproqlari.
O’zanni shakllantiruvchi oqizindilar - toshqin davrida daryo olib keladigan, oqimning bo’ylama qatlamlarida joyini o’zgartiradigan, o’zanni shakllantiruchi (tranzit, daryoni shakllantirmaydigan oqizindilarga qarama-qarshi) oqizindilar.
Kichik suv o’tkazuvchi inshoot oldidagi bosim (B) -inshootga kirish kesimi oldidagi hovuzning eng katta chuqurligi.
Morfometrik tekshirish - mavjud ko’prikli o’tishlarni ta’mirlash yoki qo’shimcha ko’prikli o’tishlarni qurish maqsadida bajariladigan, morforastvorlar, daryo uchastkasining bo’ylama kesimi va toshqin sathining balandlik belgilarini aniqlashni o’z ichiga oladigan ishlar.

Hovuz hajmi - bosimning eng katta miqdori sharoitidagi toshqinning pasayishida kichik suv o’tkazuvchi inshoot oldida to’planadigan umumiy hisoblangan oqim hajmining qismi.
O’rtalik - daryo o’zanidagi o’simliklar bilan qoplanmagan orolcha ko’rinishidagi cho’kindilarning yirik tuzilishdagi to’planishi.
Ko’prik oralig’i(tuynugi) - oqimning oqishiga perpendikulyar bo’lgan hisoblangan suv sathi bo’yicha olingan, oraliq tayanchlar qalinligi hisobdan chiqarib tashlanadigan qirg’oq tayanchlari yoki ko’tarma konuslarining ichki qirralari orasidagi gorizontal o’lcham.

Download 5.75 Mb.
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   97




Download 5.75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobil yo’llaridagi muhandislik inshootlari

Download 5.75 Mb.