Avtomobil yo’llaridagi muhandislik inshootlari




Download 5.75 Mb.
bet93/97
Sana09.06.2022
Hajmi5.75 Mb.
#23330
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97
Bog'liq
N.Saydazimov DARSLIK (1)
Ijodiy shaxsning mahorati va qobiliyatlari, Jaloliddinova Sarvinoz Kalomiddin qizi (0), RIVOJLANISHDA NUQSONI BOR BOLALAR TASNIFI
Umumiy yuvilish - ko’prik ostidagi siqilgan oqimda suvning oqish tezligi ortishi natijasida o’zan tubi, ba’zi hollarda esa qayir tubining yuvilishi (pasayishi).
To’plangan yuvilish - ko’prikning tirqishli tor uchastkasiga nisbatan yig’ilgan suv sarfi bilan bog’liq bo’lgan ko’prik ostidagi tirqishning yuvilishi.
Suv sarfi - bir birlik vaqt oralig’ida daryoning berilgan kesimidan o’tuvchi suv hajmi.
Inshootdagi suv sarfi - to’planishni hisobga olgan holda hisobiy toshqinning pasayishida kichik suv o’tkazuvchi inshootdagi eng ko’p suv sarfi. To’planish hisobiga hisobiy sarfning pasayishi jala toshqini uchun uch baravardan kam bo’lmasligi, qor erishidagi suv toshqini uchun ikki baravardan kam bo’lmasligi lozim.
Oqizindilar sarfi - bir birlik vaqt ichida daryoning berilgan kesimidan oqim bilan o’tkaziladigan oqizindilar miqdori.
Hisobiy suv sarfi - berilgan ehtimolga to’g’ri kelgan suv sarfi.
O’zanni shakllantiruvchi sarflar - daryo o’zanining o’rtacha kundalik kengligi va chuqurligini belgilaydigan sarflar.
Gidrologik hisoblash - berilgan stvorga oqib keladigan suv miqdorini aniqlash.
Ko’prik tuynugini hisoblash - ko’prik osti o’zani kengligini hisobga olgan holda ko’prikning old tomoni bo’yicha eng kam tuynugini va mos keluvchi hisobiy umumiy yuvilishini aniqlash (umumiy eng katta yuvilish, mahalliy yuvilish va kafolatli zaxira).
Oqimni hisoblash - oqimning eng ko’p sarfi va hajmini aniqlash, bir qator hollarda esa mazkur ochiq suv oqimlari kesimida oqimning berilgan ehtimoliy oshishi hisoblanadigan gidrografini yasash.
Suv o’tkazuvchi quvurlardagi oqim rejimi - suv bosimi chuqurligi va chiqish kallakchasi tipiga bog’liq holda suv o’tkazuvchi quvurlardagi oqim rejimi. Quyidagi turlari farqlanadi:

  • bosimsiz - agar dimlanish quvurning kirish qismidagi balandlikdan kam bo’lsa yoxud uni kamida 20% ga oshirilsa, quvurning butun uzunligi davomida suv oqimi yuzaga ega bo’ladi;

  • bosimli - agar quvurning kirish qismidagi yuqorisida suv bosimi kamida 20% bo’lsa, quvurning butun uzunligi davomida to’liq shiddat bilan ishlaydi;

  • yarim bosimli - agar quvurning kirish qismidagi yuqorisida suv bosim kamida 20% bo’lsa, quvurning kirish qismida to’liq shiddat bilan ishlaydi, bundan keyin oqim butun uzunligi davomida erkin yuzaga ega bo’ladi.

Adashuvchi daryo - o’zani ustuvor bo’lmagan qayirsiz daryo. Daryoning quyilish qismi tavsifi.
Ilon izi(meandrlanuvchi) daryo - yuqori uchastkalardan kelib tushadigan, o’zanni shakllantiradigan oqizindilarning kam miqdori bilan tavsiflanadigan va qayirda o’z holatini o’zgartiradigan, rejadagi ilang-bilangli o’zanli, rivojlangan qayirli tranzit sahndagi tekislik daryosi.
To’g’ri o’zanli (meandrlanmaydigan) daryo - amaliy jihatdan vodiy burilishlarini takrorlaydigan ilang-bilangsiz va harakatsiz o’zanli, yuqori uchastkalardan kelib tushadigan, o’zanni shakllantiradigan cho’kindilarning katta miqdori bilan tavsiflanadigan, sust rivojlangan qayirli tranzit sahndagi yirik daryo.
Risberma - ko’tarmaning ostki qismida, shuningdek quvur va kichik ko’prikning quyi sathidagi yassi asosiy inshootda yuvilishning oldini olish uchun o’rnatiladigan toshli himoya prizmasi.
Mejen davridagi o’zan - mejen sathi turadigan chegaradagi o’zanning qismi.
Chetlatuvchi o’zan - kichik suv o’tkazuvchi inshootda mustahkamlangan sun’iy o’zan.
Daryo o’zani - oqizindilarning asosiy qismi ko’chadigan va toshqin davri oralig’ida suv oqimi amalga oshiriladigan vodiyning yuzaga keladigan eng past qismi.
Daryo tizimi – bosh (asosiy) daryoga kelib tushuvchi, birmuncha yirik ochiq suv oqimini hosil qiluvchi, ketma-ket qo’shiluvchi irmoq, jilg’a va daryochalar yig’indisi.
Tabiiy tezlik - siqilmagan oqimdagi suvning oqim tezligi.
Istehkomdan chiqishdagi tezlik - kichik suv o’tkazuvchi inshootning asosiy yassi istehkomidan suv chiqishining eng katta o’rtacha tezligi. Taxminan quvurdagi yoki kichik ko’prik ostdagi chiqish tezligidan 1,5 marta ko’p.
Hisobiy tezlik - berilgan oshish ehtimolida maksimal suv sarfi bo’lganda ko’prik osti o’zanida yoki quvurda suvning oqish tezligi
Yuvmaydigan tezlik - daryo tubidagi oqizindilarning birinchi qo’zg’alishiga tegishli bo’lgan tezlik.
Ko’prik ostini kesish - qayirdagi oqizindilar to’plamini olib tashlash hisobiga ko’prik ostidagi o’zanni kengaytirish.
Qurigan daryo - daryoning ilgari mavjud bo’lgan o’zani yoki uning qayirda joylashgan tarmog’ining uchastkasi.
Stvor - suv oqimi kesimining shartli vertikal tekisligi.
Oqim qaytargich - asosiy oqim tomonidan to’g’onga butali va uni himoyalash uchun xizmat qiluvchi ko’ndalang tuproqli inshoot.
Tor dara - kengligi o’zanning erkin shakllanishiga qaraganda tor bo’lgan daryo uchastkasi.
Ko’tarma g’ov(travers) - qayirdagi suvlarning bo’ylama oqishidan ko’tarmani faol himoyalash uchun xizmat qiluvchi suv bosmaydigan ko’ndalang (ko’prikka yondosh ko’tarmaga nisbatan) yer inshooti.
Oqimning oqizish qobiliyati - oqim olib kelishi mumkin bo’lgan oqizindining chegaraviy sarfi.
Beton to’shak(tyufak) - temir-beton plitalar birikmasidan yasalgan himoya qoplami.
Quvurning ishqalanish qiyaligi - eng ko’p sarf maydonining sarf maydoni egri chizig’iga nisbati.
Quvurning qiyaligi -joyga nisbatan quvurning haqiqiy bo’ylama qiyaligi. Quvur ishining eng ko’p tejamli bosimli rejimiga avtomatik ravishda kirishi mumkinligi sharti bilan hamma vaqt quvurga ishqalanish qiyaligidan katta bo’lmagan qiyalik berishga harakat qilinadi.
Yassi qiyalikni kapital mustahkamlash - odatda, shag’alli asosga tashqi ko’rinishi bo’yicha yaxlitlangan temirbeton plitalardan quriladigan yoki geoto’qimali qatlam bo’yicha joylashtiriladigan va qiyalikni to’lqin zarbalaridan hamda bo’ylama oqimlardan himoya qiladigan, davriy ravishda suv bosadigan ko’tarma qiyaliklarining yassi asosiy istehkomi.
Tyufyakli mustahkamlash - o’zanning yuvilish chizig’iga tegishli ravishda deformatsiyalanadigan, buning oqibatida uning keyingi rivojlanishi oldini oluvchi, egiluvchan himoya qoplamasi.
Suvning chegara chizig’i - suv yuzasining qirg’oq bilan kesishish chizig’i.
Suv sathi - doimiy solishtirish tekisligiga nisbatan hisoblanadigan suv yuzasining balandligi.
Tabiiy suv sathi - inshoot qurilib, daryoning sun’iy siqilishigacha bo’lgan davrdagi tabiiy suv sathi.
Ko’p yillik (tarixiy) baland suv sathi - ko’prikli o’tish tumanida bevosita belgilari bo’yicha kuzatiladigan yoki aniqlanadigan ko’tarilishning eng baland sathi balandlik belgisi.
Hisobiy suv sathi (hisobiy baland suv sathi) - ko’prikli o’tish tumanida bevosita belgilari bo’yicha kuzatiladigan yoki aniqlanadigan ko’tarilishning eng baland sathi balandlik belgisi.
O’zanni shakllantiruvchi sath - o’zanning o’rtacha kundalik kengligi va chuqurligini belgilaydigan, o’zanni shakllantiruvchi suv sarflariga muvofiq keluvchi suv sathi.
Yuqori muz ko’chishi sathi - ko’prik tayanchi qoziqoyoqlari rostverkalarida eng ko’p egiluvchan holatni yuzaga keltiradigan muz ko’chishining eng yuqori sathi.
Mejen sathi - toshqinlar oralig’ida daryodagi o’rtacha yozgi suv sathi.
Quyi muz ko’chishi sathi - ko’prik tayanchlari qoziqoyoqlari rostvertkalarida eng ko’p ko’ndalang kuchlarni yuzaga keltiradigan kristall muzlar katta maydonining eng quyi o’tish sathi.
Muzlarning birinchi siljishi sathi - muz ko’chishining boshlanishidagi kristall muzli maydonning dastlabki siljishi sathi.
Kema yuradigan hisobiy sath - daryo sinfiga bog’liq ravishda qabul qilinadigan va hisob orqali belgilanadigan, suv transport vositalaridan foydalanishni ta’minlovchi sath.
Tezlik eppyurasi - gidrostvorning tik chiziqlarida oqim tezligini taqsimlanishini tavsiflovchi chizma.
Elementar suv sarfining epyurasi - gidrostvorni ko’ndalang kesimlari bo’yicha suv sarfini taqsimlanish chizmasi.

Download 5.75 Mb.
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97




Download 5.75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobil yo’llaridagi muhandislik inshootlari

Download 5.75 Mb.