№1 Mа’ruzа
Аvtоmоbil’ yo’llаrini qurish tеxnоlоgiyasi аsоslаri hаqidа umumiy
mа’lumоtlаr
Rеjа:
1.
Avtomobil yo‘llari qurilishini mamlakatning iqtisodiyotini o‘sishidagi
ahamiyati.
2.
Avtomobil yo‘llarining qurilishini xususiyatlari.
3.
Texnologiya va uning qurilishdagi ahamiyati.
Tayanch so’zlar va iboralar: avtomobil yo’li, tеxnоlоgiya, muhandis, yo’l
qurilishi, oqim, ABZ, SBZ, tashkillashtirish, tayyorlash ishlari, transport ishlari,
qurilish-montaj
ishlari,
mexanizatsiya,
kompleks
mexanizatsiyalashtirish,
avtomatlashtirish,
indutsrializatsiyalashtirish,
qamrov,
texnologik
xarita,
ishonchliligi, ta’mirtalab, xizmat muddati, yo’l to’shamasi, mutsahkamlk, atrof-
muhit, OVOS, ZVOS.
Avtomobil yo‘llari qurilishini mamlakatning iqtisodiyotini o‘sishidagi ahamiyati
Har qanday davlat uchun yo‘llar – taraqqiyotni belgilaydigan eng muhim
omillardan biri hisoblanadi.
Respublikamizda jadal sur’atlar bilan zamonaviy yo‘l-transport va
muhandislik-kommunikatsiya
infratuzilmasi
tashkil
qilinmokda.
Bugun
O‘zbekiston avtomobil yo‘llari haqida gap ketganda avtomobil yo‘llari, ko‘priklar,
yo‘l o‘tkazgichlar va boshqa sun’iy inshootlarning hozirgi zamon talablariga mos
ravishda qurilayotganligi, Prezidentimiz va Vazirlar
Mahkamasi tomonidan
chiqarilayotgan farmon va qarorlarini misol qilib olishimiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi "Yo‘l
xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida"gi Farmoniga asosan tashkil etilgan hamda 2019-yil 1-fevralga qadar
rasman faoliyat yuritgan O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat
qo‘mitasiga – avtomobil yo‘llari sohasida yagona
texnik siyosatni olib borish,
avtomobil yo‘llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini
belgilash, avtomobil yo‘llarining xalqaro tranzit yo‘laklarini shakllantirish hamda
boshqa vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari yuklatilgan edi.
Mamlakatimiz
Prezidentining
2019-yil
1-fevraldagi
"O‘zbekiston
Respublikasi transport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi qaroriga
binoan O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi – O‘zbekiston
Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi sifatida
qayta tashkil etildi.
O‘zbekistondagi jami avtomobil yo‘llar tarmog‘i qariyb 184
ming km
uzunlikda bo‘lib, undan 42.676 kilometri – umumiy foydalanishdagi avtomobil
yo‘llari, 116.560 km - ichki xo‘jaliklararo, qishloq, shahar va ovullarning avtomobil
yo‘llari, 24.750 km esa - idoraviy inspektorlik yo‘llari tarmog‘i hisoblanadi.
O‘tgan 2018-yil davomida mamlakatimizda Investitsiya dasturiga asosan 280
km uzunlikdagi umumiy foydalanuvda bo‘lgan avtomobil yo‘llarida qurish va
rekonstruksiya qilish ishlari bajarildi. Misol tariqasida xalqaro ahamiyatdagi M-39
avtomobil yo‘lining – Surxondaryo viloyatidan o‘tuvchi 100 km va Jizzax viloyati
hududidagi 26 km qismlarida, A-380 avtomobil yo‘lining –
Buxoro viloyati
hududidan o‘tuvchi 40 km hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidan
o‘tuvchi 24,5 km uchastkalarida, A-373 avtomobil yo‘lining Andijon viloyati
hududidan o‘tuvchi 10,5 km qismida amalga oshirilgan
rekonstruksiya ishlarini
sanab o‘tish mumkin.
To‘la ta’mirlash dasturiga asosan 145,1 km umumfoydalanuvda bo‘lgan
avtomobil yo‘llarida kapital ta’mirlash ishlari bajarildi.
Joriy ta’mirlash va saqlash ishlari dasturiga asosan 3 252 km umumiy
foydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida joriy ta’mirlash va saqlash (ekspluatatsiya)
ishlari bajarildi.
Mintaqaviy avtomobil yo‘llari holatini zarur darajaga keltirish va ularni
ekspluatatsiya qilish xususiyatlarini oshirish orqali yo‘l-transport infratuzilmasini
yanada takomillashtirish, aholining hayot faoliyati uchun, ayniqsa, qishloq joylarda
qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarini
va hududlarini istiqbolli rivojlantirish bo‘yicha ham sezilarli ishlar amalga oshirildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi "2017-
2018-yillarda mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish
dasturini amalga
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi yuzasidan 2018-yil davomida 3
245,1 km uzunlikda mintaqaviy avtomobil yo‘llari ta’mirlandi.
2018-yilda – "Obod qishloq" davlat dasturi bo‘yicha 2 538,5 km ichki
xo‘jaliklararo avtomobil yo‘llari, "Obod mahalla" davlat dasturi bo‘yicha esa 416,5
km shahar ko‘chalari va namunali uy-joylarga olib boradigan yangi yo‘llarda
qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Bu ishlarni amalga oshirish uchun qo‘mita tizimidagi korxonalarning moddiy
texnik bazasini yanada mustahkamlash maqsadida 448 dona yangi turdagi yo‘l
qurilish texnikalari xarid qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentyabrdagi
"Avtomobil yo‘llarining arxitektura-lanshaft qurilishi va ko‘kalamzorlashtirish
tizimini takomilashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori asosida Avtomobil
yo‘llari davlat qo‘mitasi tarkibida "O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish" unitar korxonasi
va uning viloyatlardagi hududiy "Yo‘lko‘kalam" unitar korxonalari tashkil etildi.
Natijada, 2018-yilning o‘zida avtomobil yo‘llari bo‘ylab 606 726 dona turli
manzarali daraxt va butalar ekildi, qo‘shimcha ravishda 137 ta maxsus texnika va
avtotransport vositalari sotib olindi.
2019-yilda ham yo‘l xo‘jaligida amalga oshirilayotgan
ishlar jadal davom
ettiriladi. Xususan, 2019-yilgi Investitsiya dasturiga asosan Respublika bo‘yicha
100,5 km umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida qurish va rekonstruksiya
ishlari amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
2019-yilda Respublikadagi shahar ko‘chalari va boshqa aholi punktlarining
ichki yo‘llarini kapital va joriy ta’mirlash ham ko‘zda tutilmoqda. Jumladan, "Obod
qishloq" davlat dasturi bo‘yicha 5 200 km ichki xo‘jaliklararo avtomobil yo‘llari,
"Obod mahalla" davlat dasturi bo‘yicha 400 km shahar ko‘chalarida qurilish va
ta’mirlash ishlari olib borish ko‘zda tutilmoqda.
Bulardan tashqari, hukumat