• Texnologiya va uning qurilishdagi ahamiyati Texnologiya
  • Avtomobil yo‘llarining qurilishini xususiyatlari




    Download 431,9 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/5
    Sana15.08.2024
    Hajmi431,9 Kb.
    #269522
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1-Mаruza

    Avtomobil yo‘llarining qurilishini xususiyatlari 
    “Avtomobil yo’llarini qurish” fanini ta’riflashda texnologiyaning asosiy 
    vazifalari ko’rsatilgan. Shu qoidalarni rivojlantirgan holda ta’kidlash lozimki, yo’l 
    qurilishi texnologiyasi fizikaviy (masalan, mexanikaviy), fizik-kimyoviy (beton, 
    ohakning qotishi), shuningdek, materiallarga ishlov berish yoki qayta ishlashning 
    boshqa mexanizatsiyalashtirilgan yoki avtomatlashtirilgan usul va jarayonlarini o’z 
    ichiga oladi, buning natijasida alohida kontsruktiv elementlar va butun bir 
    muhandislik inshootlarining majmuasi ko’rinishidagi yo’l barpo etiladi. Bu 
    jarayonlarning barchasi texnologik deb ataladi. Yo’llarni qurish texnologiyasi - 
    sanab o’tilgan jarayonlar haqidagi fan bo’limidir. 
    Ayrim murakkab masalalar bo’yicha avtomobil yo’llarini qurish 
    texnologiyasining nazariy asoslari shakllanishda davom etmoqda. Ularga, masalan, 
    qurilish sifatining talab etiladigan ko’rsatkichlarining topshirilgan ishonchliligini 
    ta’minlagan holda texnologik jarayonlarni boshqarish va h.k.lar kiradi. Fan va 
    amaliyotning ma’lumotlarini umumlashtirish natijasida yo’l-qurilish ishlarining 
    barcha turlari bo’yicha texnologik jarayonlarning batafsil bayonlari yo’riqnomalar, 
    texnologik kartalar va boshqa hujjatlar ko’rinishida ishlab chiqilgan. Zamonaviy 
    texnologiya tarkibiga mahsulot sifati va texnologik jarayonlar borishining texnik 
    nazorati kiradi. 
    Texnologiya va uning qurilishdagi ahamiyati 
    Texnologiya
    - qurilish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, unga energetik, suv 
    va issiqlik ta’minoti, transport (texnologik transportdan tashqari), yordamchi va 
    boshqa ishlar ham kiradi. Ishlarni bajarishning barcha texnologik usullari ichidan 
    muhandis mahalliy va keltirilgan materiallar, texnika vositalari mavjudligiga qarab 
    hamda ishchilarning tajriba va malakasidan kelib chiqqan holda eng maqbulini 
    tanlashi lozim. Bu texnologik qaror reja bajarilishini ta’minlashi, eng tejamli 
    bo’lishi, atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya qilgan tarzda bajarilgan 
    ishlarning yuqori sifatli bo’lishini ta’minlashi kerak. Yo’l qurilishida 
    avtomatlashtirish va robotlashtirish tobora keng tatbiq etilmoqda. Qator ishlab 
    chiqarish korxonalari (ABZ, SBZ va sh.k.) avtomatlashtirilgan, liniyali texnika esa 
    ko’p hollarda avtomatik boshqarish tizimlari (SAR) bilan jihozlangan. 

    Download 431,9 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 431,9 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomobil yo‘llarining qurilishini xususiyatlari

    Download 431,9 Kb.
    Pdf ko'rish