Qamrov - ixtisoslashtirilgan mashinalar zvenosi berilgan ish jarayoni yoki ish
operatsiyasini yoki ularning texnologik jihatdan bo’linmas majmui bajariladigan
yo’l masofasini ishg’ol qiladigan ishlar uchatskasidir.
Yakka oqimning unumdorligi uning smenadagi tezligi bilan, ya’ni smena
qamrovining uzunligi bilan belgilanadi. Smena qamrovining uzunligi, shunga
muvofiq butun oqimning ham tezligi zvenodagi mashinalarning unumdorligidan
kelib chiqib belgilanadi.
Oqimlarning tarkibi va tezligini tayinlash uchun loyihalarda andozaviy
texnologik kartalar va ishlarning kalendar jadvali bo’lgan qurilishni tashkillashtirish
bo’limlari beriladi (POS).
Texnologik karta - berilgan yo’l inshooti yoki elementini qurish uchun zarur
bo’ladigan jarayonlar texnologiyasini bayon qiladigan loyiha hujjatidir.
Yo’l qurilish tashkiloti ishlarni tashkillashtirish loyihasiga asosan ishlarni
bajarish loyihasini (PPR) tuzadi, unga mavjud resurslarni hisobga olgan holda
ishlarni tashkillashtirish loyihasining qoidalari va andozaviylar asosida ishlab
chiqilgan, ish joyiga bog’langan texnologik ishchi kartalar hamda detalli ish
jadvallari kiritiladi.