Muhandislar
- avtomobil yo’llarining quruvchilari faol tarzda yo’l qurilishi
texnologiyasini rivojlantirishning dolzarb muammolarini hal etishadi, yo’l
qurilishining bahosini pasaytirish, sur’atini, samaradorligi va sifatini oshirish singari
ishlar kompleks texnik- iqtisodiy muammolardan hisoblanadi. Mazkur
muammolarni yanada takomillashtirilgan, SAR bilan jihozlangan ishchi organlari
bo’lgan yo’l- qurilish mashinalarini keng tatbiq etish orqali hal qilish mumkin.
Bunday mashinalar eng kam bahoda ishlarning yuqori sur’ati va sifatini ta’minlab
berishi mumkin. Yanada takomillashtirilgan texnika qo’llanilganda yo’l
qurilishining iqtisodiy samaradorligi sezilarli darajada ortishi kerak.
Yo’l-qurilish mashinalarini takomillashtirish uchun ularning birlik quvvatini
oshirilishi, qisman va to’liq avtomatlashtirilishi asos bo’la oladi. Fiziologik
imkoniyatlari cheklanganligi yoki boshqaruvning xavfsiz emasligi uchun inson talab
qilinadigan aniqlik va topshirilgan tartibda mashinani boshqara olmasligi sababli
yo’l-qurilish mashinalari ishini avtomatlashtirish zarur va samaralidir.
Yo’l qurilishida texnologiyani o’zgartirish (takomillashtirilgan mashinalardan
foydalanish, sifatni samarali nazorat qilish va hokazo) hisobiga sarf-xarajatlarni
kamaytirish va shu orqali ishlarni bajarish usulini yaxshilash mumkin (bahosi
bo’yicha eng maqbul variantni tanlashni asoslash). Shuning uchun yo’l qurilishi
texnologiyasini rivojlantirishning eng dolzarb masalalaridan biri-bu, ish sifatini
ishlab chiqarishda nazorat qilish samaradorligi va tezkorligini oshirish hisoblanadi.
Bu ma’noda uni qisman yoki to’liq avtomatlashtirish itsiqbolli deb hisoblanadi.
Misol tariqasida kuzatuvchi tizimlardan foydalanishini ko’rsatish mumkin, bunda
barcha tayyorgarlik ishlari va asosiy ishlar to’g’ri bajarilganda yo’l to’shamasining
talab etiladigan tekisligi topshirilgan ehtimollik bilan ta’minlanadi.
Mahalliy yo’l - qurilish materiallaridan keng foydalanish, ishlarni oqilona
tashkillashtirish, qurilish mavsumini uzaytirish va ishlarni yil davomida bajarish
texnologiyasiga atsa-sekinlik bilan o’tish, qurilishning bosqichma-bosqichligi,
yangi samarali material va kontsruktsiyalarni qo’llash hisobiga qurilish qiymatini
kamaytirishga erishish mumkin.
Ishlar texnologiyasi u yoki bu texnologik jarayonni qay tarzda va nima bilan
bajarish kerak, degan savolga javob beradi. Ishlarni tashkillashtirish esa vaqt va
makonda mavjud bo’lgan resurslarni bir-biriga bog’lashdan iborat, ya’ni ushbu
texnologik jarayonni qachon, qaerda va kim bajarishi kerak, degan savolga javob
beradi.
Oqim
usulida liniyaviy ishlardan oldin jamlangan ishlar bajariladi. Agar
ishlarni liniyaviy va jamlanganturlarga bo’lishga ishlab chiqarishda ko’p
uchraydigan xususiyatlarsiz (geologik, tuproqli, suvli) yondashilsa, bu jiddiy
uzilishlar, murakkabliklar, ortiqcha mablag’lar sarflanishi va ish jadvalidan orqada
qolishga olib kelishi mumkin.
Xususan, tog’ sharoitida avtomobil yo’lini qurishda jamlangan ishlar sifatida
ularni sifatli va xavfsiz bajarish uchun alohida ob-havo sharoiti yoki boshqa shart-
sharoitlar talab qilinadigan ishlarni (ko’chkili yonbag’irlar, sel xavfi mavjud joylar,
doimiy suv oqimlari va sh.k.) ko’rsatish mumkin, chunki bunda murakkab ishlarni
(tirgak devorlarni o’rnatish, chuqur drenajlar, sun’iy suv oqimlari va sh.k.)
bajarishda yo’l poyining chidamliligi yo’qolish xavfi vujudga keladi.
Ko’rsatib o’tilgan xususiyatlarga muvofiq eng samarali yo’l-qurilish
mashinalari, ish usullari va muddatlari, ayrim kontsruktiv elementlar va butun yo’l
uchun texnologik yondoshuvlar turlicha bo’ladi.
Ishlarning texnologiyasi va tashkillashtirilishining o’zaro bog’liqligi
noan’anaviy, ijodiy yondoshuvni talab etadi: turli ishlar bo’yicha keyingi yilga
bitkaziladiganlarini aniqlash; ishlar texnologiyasini tanlashda mavjud texnika,
mexanizatorlar va butun quruvchilar jamoasining tajribasini hisobga olish; ishlarni
tashkillashtirish usullarini ratsionalizatorlashtirish ehtimoli, mahalliy materiallardan
foydalanish va hokazolarni nazarda tutgan holda ko’p sonli texnologiya variantlarini
ko’rib chiqish.
Yo’l qurilishining o’ziga xos murakkabligi shundan iboratki, oddiy atmosfera
sharoitida vaqti-vaqti bilan o’zgaradigan harorat hamda namlikda yo’l
inshootlarining talab qilinadigan xossalari, birinchi navbatda, mutsahkamligi
ta’minlanishi shart.
Ma’lum qurilish sharoitida ish texnologiyasining eng maqbul varianti
to’g’risida qaror qabul qilish kerak.
Inshootning sifati va qiymati bunday variantni tanlash mezoni hisoblanadi.
Avtomobil yo’lining sifati transport-foydalanish, texnologik, ergonomik,
etsetik, ekologik va boshqa xususiyatlarni, shuningdek xizmat muddati va boshqa
asosiy parametrlarni o’z ichiga oladi. Avtomobil yo’lining samaradorligi, ya’ni
foydalanishdan olinadigan foydali samaraning yo’l qurilishi va foydalanishiga
ketgan umumiy xarajatlarga nisbati uning sifat darajasi mezoni hisoblanadi.
Yo’lning uzunligi bo’yicha va vaqt mobaynida o’zgarib turadigan tuproqlar,
materiallarning xususiyatlari va holatlari, ayrim kontsruktiv qatlamlarning
parametrlari, harorati hamda namligi bilan ifodalanadigan yo’llarni qurish va
foydalanish sharoitida ishlarni amalga oshirishning eng maqbul usuli doimo bo’ladi,
bu usul yo’lning talab qilinadigan foydalanish xossalarini ta’minlab, uni qurish va
foydalanishda keltirilgan eng kam xarajatlarga mos keladi.
Boshqacha aytganda, texnologiya variantlarini ko’rib chiqishda berilgan
sharoit uchun eng kam xarajatlar bilan avtomobil yo’lining talab etiladigan
ko’rsatkichlarini ta’minlab beradigan ishlarni bajarish usulini doimo asoslab berish
mumkin.
Avtomobil yo’li qurilishini tashkillashtirish - samaradorlikni oshirish, ya’ni
ishlab chiqarish resurslaridan foydalanib tabiatni muhofaza qilish va ishlar sifatiga
qo’yilgan talablarga rioya qilgan holda, qo’yilgan vazifalarni rejada belgilangan
muddatlarda bajarishga erishish maqsadida ishlab chiqiladigan va amalga
oshiriladigan chora-tadbirlar majmuidir.
Chora-tadbirlar majmuiga ko’p hollarda oqimli (potok) bo’ladigan qurilishni
aniqlash va amalga oshirish usuli, odatda, pudrat usulida ishlaydigan brigadalar
tarkibini aniqlash, mashinalar soni va ularning qurilish jarayonidagi ishtirokini,
ya’ni ularning makon va vaqtda mosligini hisoblab chiqish kiradi.
Ishlab chiqarish masalalarini hal qilish qurilishni tashkillashtirishni tartibga
soladigan asosiy hujjatlar, shuningdek, moliyaviy ta’minot, kadrlar masalasi,
quruvchilar jamoasining maishiy masalalari (turar joy, ovqatlanish, ishchilarni ish
joyiga yetkazish), ob’ektlardagi doimiy va vaqtinchalik ishlarga ishchilarni
joylashtirish, ularning dam olishi va boshqa ijtimoiy masalalarning hal qilinishidan
iborat.
Avtomobil yo’li qurilishi bo’yicha ishlarni tashkillashtirish murakkab
hisoblanadi va qator hollarda elektron-hisoblash mashinalarini qo’llashni talab etadi.
Avtomobil yo’llari qurilishiga oid ishlar katta hajmdagi materiallarning sarflanishini
talab qiladigan ishlarga kiritilib, bunda ko’p materiallarni nafaqat avtomobil
transporti, balki boshqa turdagi transportda ham yuzlab va minglab kilometr
masofalarga tashib keltirish zarur bo’ladi.
Materiallar va yarim tayyor mahsulotlarni zavodlar hamda liniyalarga o’z
vaqtida yetkazib berish, barcha ishlab chiqarish va yordamchi, ayniqsa, transport va
liniya bo’linmalaridagi aniq ishlar loyihalashtrilgandek qurilishni tashkillashtirish
va ishlarni tejamli bajarishni ta’minlaydi. AQShda har qanday ishlab chiqarish
faoliyatining asosiga qisqagina “aniq vaqtida” talabi qo’yiladi, chunki bu har qanday
ishning muvaffaqiyatini ta’minlovchi ishlarni tashkillashtirishning asosiy talabidir.
Avtomobil yo’llari qurilishiga oid barcha ish turlari ularni tashkillashtirish
xususiyatlari, qo’llaniladigan vositalar va maqsadiga ko’ra tayyorlash, transport va
qurilish-montaj ishlariga bo’linadi.
Tayyorlash ishlari - qurilish tashkilotining ishlab chiqarish korxonalari
tomonidan tayyorlab beriladigan materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va detallarni
tayyorlash hamda saqlash ishlarini o’z ichiga oladi.
Transport ishlari - barcha materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va detallarni
qurilayotgan yo’lga hamda yo’l bo’ylab yotqiziladigan joylarga tashish ishlarini o’z
ichiga oladi.
Qurilish-montaj ishlari - tayyorgarlik ishlari, yo’l poyi, sun’iy inshootlar, yo’l
to’shamasini qurish, yo’llarni obodonlashtirish uchun yo’l, bino va inshootlarni
jihozlash ishlarini o’z ichiga oladi.
Ish hajmlarini bir tekis va takror taqsimlashga ko’ra qurilish- montaj ishlari
liniyaviy va jamlanganturlarga bo’linadi. Butun yo’l bo’ylab bir tekis taqsimlangan
va ba’zi uchatskalarda o’rtacha qiymatidan biroz farqlanadigan ish hajmlari
liniyaviy deb ataladi. Liniyaviy ishlarga uncha katta bo’lmagan ko’tarma va
o’ymalarda yo’l poyini ko’tarish, yo’l to’shamasini qurish, kichik ko’prik va
quvurlarni qurish, to’siqlar va belgilarni o’rnatish ishlari kiradi. Yo’l qurilishida
liniyaviy ishlar ko’pchilikni tashkil qiladi. Ayrim uchatskalar yoki maydonlarda
uchraydigan ishlar jamlangan deb ataladi. Ularga baland ko’tarmalarni, chuqur
o’ymalarni ko’tarish, yo’l va transport xizmati binolarining yirik majmualarini
qurish kiradi. Jamlangan ishlar katta hajmi, ishlab chiqarishdagi murakkabligi va
sermehnatliligi bilan liniyaviy ishlardan farq qiladi hamda ko’pincha, ularni bajarish
uchun ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlarini jalb qilishni talab etadi.
Mexanizatsiya - ish unumdorligini oshirish va qurilish jarayonlarini
intensifikatsiyalashning hal qiluvchi omilidir. Hozirgi kunda katta quvvatga ega,
demakki, yanada unumdor qurilish va yo’l mashinalarini, universal, mobil, ishchi
uskunasi almashtiriladigan, katta yukli avtomobillar, avtobetonqorishtirgichlar,
gidravlik boshqaruvga ega kranlarni ishlab chiqarishni ko’paytirish zarur.
Shuningdek, kichik
mexanizatsiya
vositalari
va
mexanizatsiyalashtirilgan asboblar keng qo’llanmoqda, bu esa ish unumdorligini
oshirish va qurilish sifatini yaxshilashga, qo’l mehnatini yengilashtirishga yordam
beradi.
Ishlarni to’g’ri tashkillashtirishni faqat kompleks mexanizatsiyalashtirilgan
holda ko’rish zarur, bunda hamma asosiy va yordamchi jarayonlar hamda
operatsiyalar mashinalar bilan, aniqrog’i, unumdorligi va asosiy parametrlari
bo’yicha bir-biriga bog’liq bo’lgan mashinalar komplekti bilan bajariladi.
Kompleks mexanizatsiyalashtirish - barcha sermehnat va og’ir texnologik
jarayonlarni mashinalar komplekti yordamida bajarilishini ko’zda tutadi. Mashinalar
komplektidan foydalanish belgilangan ish sur’atini, eng yaxshi texnik-iqtisodiy
ko’rsatkichlarni, ishlar va mahsulotlar sifatining amaldagi tsandartlarga javob
berishini ta’minlaydi.
Avtomatlashtirish - qurilishni mexanizatsiyalashtirishning yanada yuqori
bosqichidir. Avtomatlashtirilgan (qisman avtomatlashtirish) va avtomatik jarayonlar
(kompleks avtomatlashtirish) mavjud. Qisman avtomatlashtirishda texnologik
jarayonning faqat ayrim operatsiyalari avtomatlashtirilib, yakuniy mahsulotni olish
uchun insonning ishtiroki talab qilinadi. Avtomatik jarayonlarda texnologik
jarayonlar avtomatik tarzda bajariladi, inson esa faqat avtomat qurilmalarining
sozligini kuzatib boradi. To’liq avtomatlashtirishda texnologik jarayonni EHM
boshqaradi.
Robototexnik vositalar va hisoblash mashinalarini keng qo’llash orqali
texnologik jarayonlarni kompleks avtomatlashtirish asosida korxonalarni tubdan
texnik qayta jihozlash orqali ishlab chiqarishda band bo’lgan kishilar sonini
qisqartirish va qo’l mehnatini sezilarli darajada kamaytirib, xalq xo’jaligining
barcha jabhalarida ish unumdorligini oshirishga erishish mumkin. Robototexnika
texnologik jarayonlarni kompleks avtomatlashtirishning yangi texnik vositasi
hisoblanadi. Bunda yordamchi jarayonlarda bo’lganidek, asosiy texnologik
operatsiyalarda ham qo’l mehnatini to’liq yo’qqa chiqarish mumkin. Ayniqsa,
qo’lda bajariladigan, og’ir, ishlovchilar hayoti uchun zararli va, hatto, xavfli bo’lgan
operatsiyalar
robototexnikaga
muhtoj.
Shu
bilan
birga
qurilishni
indutsriyalashtirishga intilish darkor.
Yo’l
qurilishini
|