|
Avtomobillar tuzilishi, ularga servis xizmat ko’rsatishva ta’mirlash ishlari
|
bet | 21/44 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 3,83 Mb. | | #147300 |
Bog'liq Avto tuzi servis xizmat ko\'rsatish Abdulhakimov Sherzod Yakuniy yo’riqnoma 15 daq:
5.Mashg’ulot tugaganidan so’ng ish joyini talab darajasiga keltiriladi. Tayyorlangan maxsulotlarni qabul qiladi.
|
Savollarga javob beradilar, tinglaydilar, chizadilar, yozib oladilar.
Ta’lim oluvchilar o’z ish joylarida turadilar,mashg’ulot rahbari ko’rsatmalariva yo’riqli texnologik xaritaga rioya qilgan holda bajaradilar. Xatolarni to’g’irlaydilar. Foydalanilgan jixozlarni mashg’ulot rahbariga topshiradilar. Ish joyini tozalaydilar.
|
3-bosqich yakuniy
(20 daq)
|
Yakunlash:
1.O’quvchilarni amaliy mashg’ulot bo’yicha baholari e’lon qilinadi.
2. Kelgusi kasbiy faoliyatlarida amaliyotda bajargan ishlarning ahamiyati va muhimligiga o’quvchilar e’tiborini qaratadi.
|
Tinglaydilar, topshiriqni yozib oladilar.
|
1 MAVZU: KIRISH..TEXNIK XIZMAT KO'RSATISHNI TASHKIL ETISH
TEXNIK XIZMAT KO'RSATISH TURLARI VA TARTIBI
Avtomobillarning soz holati va tashqi ko'rinishini saqlashga, rejali-ogohlantirish tizimi ko'rsatmalari asosida texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash ishlarini bajarish bilan erishiladi. Bu tizimning mazmuni shundaki, avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish profilaktik tadbir bo'lib, ma'lum bir yurish masofasidan so'ng rejali tartibda, majburiy ravishda o'tkaziladi. Ta'mirlash ishlari avtotransport korxonasida (ATK) ehtiyoji bo'yicha, ya'ni biror buzilish yoki nosozlik sodir bo'lgandan so'ng bajariladi.
Texnik xizmat ko'rsatish ishlari quyidagi turlarga bo'linadi: kundalik xizmat ko'rsatish (KXK); birinchi texnik xizmat ko'rsatish (1-TXK); ikkinchi texnik xizmat ko'rsatish (2-TXK); mavsumiy xizmat ko'rsatish (MXK).
Avtomobillarni ta'mirlash joriy ta'mirlash (JT) va asosiy ta'mirlashga (AT) bo'linadi (uchinchi bo'lim, 30.2-mavzuga qarang).
Kundalik xizmat ko'rsatish (KXK) - tozalash-yuvish, nazorat-ko'rik, to'ldirish va boshqa ish turlarini o'z ichiga oladi. Ular avtomobillarni ishga tayyorlashda, smena boshlanishidan awal va smena tugagandan so'ng o'tkaziladi. KXK ishlari ish tartibiga ko'ra smena davomida ham, tanaffus paytida ham bajarilishi mumkin.
Nazorat-ko'rik ishlari avtomobil holatini va uning yaxlitligini; kuzovning holatini, orqaning ko'rish oynasini; raqam belgilarini, kapot va yukxona berkitgichlarini; nazorat-o'lchov asboblarini; daraklash va yoritish asboblarini; oyna tozalagichlarni, peshoynaning yuvish qurilmasi qanday ishlashini; sovitish, moylash, ta'minlash va tormozlarni gidravlik yuritmalari tizimlarining germetikligini; rul chambaragi lyuftini tekshirishdan iborat.
KXKning nazorat-ko'rik va to'ldirish ishlarini haydovchi ishga chiqishdan oldin va ATKga qaytgandan so'ng bajadadi. Tozalash-yuvish
ishlarini tozalovchi va yuvuvchilar bajaradi. Yo'lda smena almashganda haydovchilar birgalikda avtomobilning texnik holatini ko'rib chiqadilar va tekshiradilar.
|
| |