Birinchi va ikkinchi texnik xizmat ko'rsatish (1-TXK va 2-TXK)




Download 3,83 Mb.
bet22/44
Sana27.01.2024
Hajmi3,83 Mb.
#147300
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44
Bog'liq
Avto tuzi servis xizmat ko\'rsatish Abdulhakimov Sherzod

Birinchi va ikkinchi texnik xizmat ko'rsatish (1-TXK va 2-TXK) ishlari nazorat-diagnostika, mahkamlash, rostlash, moylash, moy almashtirish va tozalash ishlaridan iborat. Bu ishlar ekspluatatsiya sharoitiga nisbatan o'rnatilgan ma'lum bir masofadan so'ng bajariladi (24.1-jadval). Avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish davriyligi va mehnat hajmi me'yorlari, ekspluatatsiya sharoitini I toifasi uchun 24.2-jadvalda keltirilgan. II va boshqa hamma ekspluatatsiya toifalari uchun me'yorlar Nizomda keltirilgan to'g'rilash koeffitsiyentlarini hisobga olgan holda aniqlanadi.


Mavsumiytexnikxizmatko'rsatish (MXK) ishlaribiryildaikkimarta, avtomobillarniyilningsovuqyokiissiqfasllaridaishlatishuchuntayyorlashvaqtidao'tkaziladi. MXKnialohidatexnikxizmatko'rsatishturisifatidao'tkazishnirejalashtirish, sovuqiqlimgaegabo'lganhududlaruchuntavsiyaqilinadi. Qolgan hududlar uchun esa xizmat ko'rsatishning bu turi 2-TXK bilan birgalikda bajariladi.
AVTOMOBILLARGA TEXNIK XIZMAT KO'RSATISHNI TASHKIL ETISH
ATKda avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish mavjud korxo­naning ekspluatatsiya sharoiti va TXK davriyligi me'yorlari, kunlik bosib o'tiladigan o'rtacha masofadan kelib chiqib, har bir avtomobil uchun tuzilgan reja-grafiklar asosida o'tkaziladi. Texnik xizmat boiimi avtomobilning haqiqiy bosib o'tgan masofasi va uning holatiga qarab, reja-grafiklarga o'zgartirishlar kiritadi. TXK bo'yicha bajariladigan ishlar brigada yoki agregat-maydoncha usulida olib boriladi.
Brigada usulida texnik xizmat ko'rsatish ishlarini tashkil etish, 1-TXK, 2-TXK va JT hajmidagi ishlarni bajarish uchun brigadalarni tuzishni ko'zda tutadi. Brigada avtomobilning barcha agregatlari bo'yicha ish olib boradi. Bu holatda brigada a'zolari avtomobillarga universal ishchi postlarda xizmat ko'rsatish uchun yuqori malakaga ega bo'lishlari lozim.
Agregat-maydoncha usuli texnik xizmat ko'rsatish ishlari katta hajmga ega bo'lgan holatlarda qo'llaniladi. Bu holatda korxonalarda
agregatlar bo'yicha ixtisoslashtirilgan ishlarni bajarish uchun alohida ishlab chiqarish maydonchalari tashkil etiladi. Ishlab chiqarish maydonchalari vazifasi bo'yicha: dvigatellar, transmissiya va hokazolar bo'yicha, ayniqsa, ko'p miqdorda ishchi postlarga ega bo'lgan JT zonalaridagi ishlarni bajarish uchun ixtisoslashtiriladi. KXK, 1-TXK, 2-TXK zonalarida ishlab chiqarishni uzluksiz usuli keng yoyilgan bo'lib, avtomobillarga xizmat ko'rsatish, avtomobillarni postdan-postga mexanizatsiyalashgan usulda siljitadigan konveyerlar bilan jihozlangan uzluksiz liniyalarda olib boriladi.
Bajarilish tavsifiga ko'ra texnik xizmat ko'rsatish ishlarining barchasi post va sex ishlariga bo'linadi. Post ishlari zonalardagi postlarda, sex ishlari esa sexlarda yoki korxonaning ishlab chiqarish bo'limlarida bajariladi. KXK va 1-TXK ishlari faqat postda bajariladigan, 2-TXK va JT ishlari esa postda bajariladigan va sexli ishlar bo'lib, 2-TXK uchun postli ishlar 17-22 foizni va JT uchun 29 - 39 foizni tashkil etadi, qolgan qismi esa avtomobil rusumiga ko'ra sexli ishlarni tashkil etadi.
TXK zonalaridagi ishlar - alohida postlar bo'yicha bajariladigan ishlarni ketma-ketligini va hajmini aniqlaydigan, texnologik xaritalar bo'yicha olib boriladi. Texnologik xaritalarda ishchi postda bajariladigan har bir ishning bajarilish vaqti, qo'llaniladigan asboblar, moslamalar va materiallar ko'rsatiladi.
Texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash ishlarining bajarilishi bo'yicha hisob va hisobotlar har bir avtomobilga birkitilgan garaj (avtosaroy) varaqasi hamda haydovchi tomonidan tuzilgan buyurtmalar bo'yicha olib boriladi. Korxonada diagnostik vositalar mavjud bo'lsa, bajari­ladigan diagnostik ishlar ma'lum bir shakldagi diagnostika xaritasi ko'rinishida rasmiylashtiriladi va u yerda avtomobilning tekshirilayotgan ko'rsatgichlari keltiriladi. Garaj varaqalarini, buyurtmalarni va diag­nostika xaritalarini maydoncha ustasi va maydoncha boshlig'i tasdiq-laydi. Rasmiylashtirilgan hujjatlar rejatashtirish bo'limiga yoki ishlab chiqarishni boshqarish markaziga tushadi, u yerda ular qayta ishlanadi, turkumlashtiriladi va korxonaning hisoboti uchun foydalaniladi.



Download 3,83 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44




Download 3,83 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Birinchi va ikkinchi texnik xizmat ko'rsatish (1-TXK va 2-TXK)

Download 3,83 Mb.