Avtomobillar tuzilishi, ularga servis xizmat ko’rsatishva ta’mirlash ishlari




Download 3,83 Mb.
bet25/44
Sana27.01.2024
Hajmi3,83 Mb.
#147300
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44
Bog'liq
Avto tuzi servis xizmat ko\'rsatish Abdulhakimov Sherzod

Ko'tarish-tashish jihozlari TXK va JT zonalaridagi boshi berk va uzluksiz postlarda ishlatiladi. Bu turdagi statsionar jihozlarga avva-lombor, ko'targichlar va konveyer liniyalari kiradi. Ko'targichlar asosan, gidravlik yoki elektromexanik yuritmalar bilan jihozlangan (24.3-
chizma).
Gidravlik ko'targich, yuqori qismiga ko'taruvchi rama mahkam-langan plunjerli silindrdan tuzilgan. Silindrga suyuqlik haydalganda plunjer suriladi va natijada ramaga o'rnatilgan avtomobil ko'tariladi.

Silindrdagi ishchi bosim nasos yordamida hosil qilinadi. Ko'tarilgan holatda plunjer, moy bosimi bilan tutib turiladi va tirak bilan fiksirlanadi. Ko'targichni tushirish uchun, o'tkazish klapani ochiladi va avtomobilning og'irligi ta'sirida plunjer pastga harakatlanib, suyuqlikni bakka siqib chiqaradi. Ko'rib o'tilgan bu ko'targich bir plunjerli bo'lib, undan yengil avtomobillarga xizmat ko'rsatishda foyda­laniladi.
Ikki plunjerli ko'targichlar o'rtacha va katta yuk ko'taruvchi avto­mobillarga xizmat ko'rsatishda ishlatiladi. Ular konstruksiyasi bo'yi-cha bir plunjerli ko'targichga o'xshash boiib, ikkita bir plunjerli ko'targichdan tuzilgan. Ikki plunjerli ko'targichlarda avtomobilni mah-kamlash uchun bitta umumiy ramadan yoki oldingi va orqa o'qlarni ko'taruvchi ikkita qamragichdan foydalaniladi. Ko'tarichni bunday konstruksiyasi avtomobilni quyi qismiga yaqinlashish uchun qulaylik yaratadi. Har xil bazali avtomobillarni ko'tarish uchun ko'targichning konstruksiyasida, bitta gidrosilindrni bo'ylama yo'nalishda siljituvchi qurilma ko'zda tutilgan.
Elektromexanik ko'targich - tayanch ustunlardagi tik yo'nalishda harakatlanuvchi ko'tarish qurilmalarini mexanik uzatma orqali harakatga keltiruvchi, bir yoki bir necha elektr dvigatelga ega. Bunday ko'targachlarda tortish qurilmasi sifatida vintli, zanjirli, trosli, kardanli, richag-sharnirli uzatmalardan foydalaniladi. Elektromexanik ko'tar-gichlarning konstruktiv ijrosi xilma-xildir: bir va ko'p ustunli statsionar turidan tortib, ko'chma ko'targich-ustun tizimli turlarigacha mavjud (masalan, P:238). Ko'chma ko'targichlardan, ixtiyoriy qattiq qoplamali maydonlarda foydalanish mumkin.
Konveyerli liniy alar dan avtomobillarni bir postdan ikkinchisiga mexanizatsiya usulida siljitish uchun KXK, 1-TXK, 2-TXK zonalarida ishlab chiqarishdan uzluksiz ravishda foydalaniladi. Bu esa ishlab chiqarish maydonlarini qisqartiradi, chiqindi gazlar bilan ifloslanishni kamaytiradi, ishchi o'rinlardagi mehnat sharoitlarini yaxshilaydi.
Umumiy holda konveyerli liniya (yo'l) avtomobil g'ildiraklari o'rna­tiladigan, yetaklovchi tasmali tortish organidan iborat. Tortish organi elektr dvigatelli yuritma stansiyasi ko'rinishida bo'lib, zanjirli rolik yor­damida, rels bo'yicha harakatlanadigan aravachani tortadi. Konveye-rni oxirida taranglovchi stansiya o'rnatilgan bo'lib, u konveyerning yetaklovchi tasmasini tarang tortib turadi.
Konveyerning tashuvchi turi birmuncha universal hisoblanadi. Uning konstruksiyasida avtomobil g'ildiragini ikkita tasmaga o'rnatish ko'zda tutilgan bo'lib, ularni osib yoki osmasdan, avtomobillar bo'ylama yoki ko'ndalang holda joylashtiriladi.
Avtomobillarni siljitish bo'yicha konveyerlarning tortuvchi va itaruvchi turlari mavjud. Itaruvchi konveyerlar chuqurning bir tomoniga o'rnatiladi va uning tortish organi bo'lib, rolikli zanjir xizmat qiladi. Konveyerning avtomobilga kuch uzatuvchi qurilmasi, avtomobilning orqa g'ildiragi ostiga (oldingi yoki orqa ko'prik ostiga) o'rnatiladigan itargichli aravacha ko'rinishida yasalishi mumkin.
Agar konveyerda siljituvchi kuchni uzatish oldingi o'q yoki tortuvchi ilmoqqa bog'lash yo'li bilan amalga oshirilsa, bunday konveyer tortuvchi deb nomlanadi. Bog'lash qurilmasi bu holatda qo'l yordamida bog'la-nadi va uni liniyani oxiridan boshiga olib o'tishga to'g'ri keladi, shu sa-babli bunday konveyerlardan kam foydalaniladi.
Avtomobillarni moy, suv va havo bilan to'ldirish uchun ishlatiladigan moylash jihozlari ixtisoslashgan va murakkab qurilma turlariga bo'linadi (statsionar, ko'chma).
1127 rusumli statsionar solidolhaydagich avtomobillardagi ishqala-nuvchi uzellarni siquvchi-moydon orqali plastik moylar bilan moylash uchun mo'ljallangan. U - bunker, elektr yuritmali, plunjerli nasos, pisto-letli turtta shlang, apparat shkafi va boshqa elementlardan tuzilgan.
Elektr isitkichli 3155 M rusumli moy tarqatish kolonkasi dviga-tellarni mator moyi bilan to'ldirishga mo'ljallangan bo'lib, berilgan moyni bir martalik hamda yig'indi miqdorini o'lchash imkoniyatiga ega. Kolonka tizimiga moy rezervuaridagi nasos qurilmasi, tarqatish jo'mragiga ega bo'lgan o'zi o'raluvchi shlang, hajmiy sarfo'lchagich va boshqa asboblar kiradi.
3141 rusumli murakkab qurilma avtomobillarning uzellarini mexani-zatsiyalashgan holda moylash, dvigatelni moy va suv bilan to'ldirish, shinalarga havo berish, gidroyuritmali tormoz tizimini tozalash kabi vazifalarni bajaradi. Qurilma moy va moylash materiallari uchun pnev-monasosli uchta bakdan hamda beshta pistoletli o'zi o'raluvchi shlang-lardan iborat bo'lib, shlanglardan uchtasi baklar bilan, turtinchisi reduktor orqali havo magistrali bilan, beshinchisi esa suv quvurlari bilan ulangan. Qurilma elementlarini ajratib, yakka tartibda ishlatish ham mumkin.

Download 3,83 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44




Download 3,83 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobillar tuzilishi, ularga servis xizmat ko’rsatishva ta’mirlash ishlari

Download 3,83 Mb.