|
MAVZU: AVTOTRANSPORT XARAKATLANUVCHI TARKIBIGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH ASOSLARI
|
bet | 23/44 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 3,83 Mb. | | #147300 |
Bog'liq Avto tuzi servis xizmat ko\'rsatish Abdulhakimov Sherzod 2 MAVZU: AVTOTRANSPORT XARAKATLANUVCHI TARKIBIGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH ASOSLARI
Diagnostikalash - avtomobilni yaxlit holda hamda uning agregat va uzellarining texnik holatini qismlarga ajratmay baholash, nosozliklarni aniqlash, ularni tuzatish uchun lozim bo'lgan rostlash va ta'mirlash ishlari hajmini aniqlash, shuningdek, avtomobilning ishonchli ishlash resursini oldindan bilish imkoniyatini yaratadi.
ATKda avtomobillarni diag-nostikalash maxsus diagnostik jihoz - yo'l harakati sharoitini hosil qiladigan, yuguruvchi bara-banli stend yordamida amalga oshiriladi. Yuk avtomobillari va avtobuslar uchun bir necha turdagi tortuvchi va yuklanishli KI-4856, KI-8930, KI-4998 va boshqa stendlar ishlab chiqilgan. Yengil avtomobillar uchun U-409M, K-424 va boshqa stendlar ishlatiladi. Harakatdagi TXK va JT tizimi bo'yicha diagnostikalash ikkita asosiy turga bo'linadi: umumiy D-1 va elementlar bo'yicha (chuqur- lashgan) D-2. Umumiy diagnosti-kalashda yo'l harakati xavfsizligini ta'minlovchi agregat va uzellarni texnik holati aniqlanadi va avtomobilning keyingi ishlatilishiga yaroq-liligi baholanadi.
Elementlar bo'yicha diagnostikalashda nosozliklar aniqlanadi, soz ishlash resursi prognoz qilinadi va navbatdagi 2-TXKgacha avtomobilni soz holatini ta'minlash uchun lozim bo'lgan rostlash va ta'mirlash ishlarining hajmi belgilanadi. Kunlik dastur va avtomobillarning turlariga ko'ra diagnostikalash ishlari uzluksiz liniyada yoki alohida postlarda amalga oshiriladi.
ATKdagi texnologik jarayon chizmasi (24.1-chizma) TXK va diagnostikalash jarayonlarini quyidagicha tartibini ko'zda tutadi: avtomobil ishdan qaytishi bilan nazorat-o'tkazish joyidan va tozalash hamda yuvish zonasidan o'tib, to'xtab turish joyiga boradi. Texnik xizmat ishlari zarur bo'lsa, avtomobil kutish zonasi orqali 1-TXK, 2-TXK, JT zonalariga yoki nosozliklarni aniqlash, texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash bo'yicha bajarilgan ishlarni tekshirish uchun D-1 va D-2 postlariga yuboriladi.
TXK yoki JTdan so'ng bajarilgan ishlar sifatini tekshirish maqsadida, avtomobil qayta diagnostikalashga yuboriladi, biroq bu tadbir qo'shimcha xarajatlar bilan bog'liq bo'lib, diagnostika vositalari samaradorligini kamaytiradi. Bunday kamchilikni bartaraf etish uchun diagnostika jihozlari, ba'zan, bevosita TXK liniyasining yoki JT zonasining ishchi postlariga o'rnatiladi.
|
| |