|
Mavzu 4 SOVITISH HAMDA MOYLASH TIZIMIDAGI ASOSIY
|
bet | 26/44 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 3,83 Mb. | | #147300 |
Bog'liq Avto tuzi servis xizmat ko\'rsatish Abdulhakimov Sherzod Mavzu 4 SOVITISH HAMDA MOYLASH TIZIMIDAGI ASOSIY NOSOZLIKLAR VA Ul TIZIMLARGA TEXNIK XIZMAT KORSATISH
Sovitish tizimidagi asosiy nosozliklar. Sovitish suyuqligining oqib (tomib) turishi, dvigatelni o'ta qizib ketishi yoki haddan ziyod sovib ketishi nosozlik alomatlari bo'lib hisoblanadi. Suyuqlikni oqib turishiga shlanglar va ularning birikmalarini va suv nasosi salnigini shikastlanishi, yoriqlar, shuningdek, qistirmalarni ishdan chiqishi sabab bo'lishi mumkin. Dvigatelni o'ta qizib kyetishi, tizimdagi sovituvchi suyuqlik yetarli miqdorda bo'lmaganda, quyqalar hosil bo'lganda, radiator kirlanganda, shamolparrak tasmasi shataksiraganda yoki uzilib ketganda, termostat nosoz bo'lganda, suv nasosi buzilganda, yoinki radiator jalyuzi yopiq holatda buzilib qolganda sodir bo'ladi. Dvigatelni haddan ziyod sovib ketishi esa termostat yoki jalyuz ochiq holatda buzilib qolganda, qish vaqtida isituvchi g'iloflar bo'lmaganda ro'y beradi.
Texnik xizmat ko'rsatish. Kundalik xizmat ko'rsatishga, tizimni germetikligini ko'rish va sovitish suyuqligini to'ldirib turish kiradi. Agar sovitish tizimi suv bilan toidirilgan bo'lsa, u holda qishki vaqtda avtomobil garajsiz, ya'ni ochiqda saqlanganda sovitish tizimidagi, yurgazib yuborish isitkichidagi, shuningdek, peshoynani yuvish uchun mo'ljallangan bakchadagi suv to'kib tashlanadi. Dvigatelni yurgazishdan oldin tizimissiq suv bilan to'ldiriladi yoki dvigatel isitish tizimiga ulanadi.
1-TXK o'tkazilganda yuritma tasmalarining tarangligi tekshiriladi, lozim bo'lsa rostlanadi. 2-TXKda shamolparrak, radiator hamda jalyuz tekshiriladi va kerak bo'lsa mahkamlanadi. Yuritma tasmalar tarangligi rostlanadi, suv nasosining hamda shamolparrak tasmasining taranglovchi qurilmaning podshipniklari moylanadi.
Mavsumiy xizmat ko'rsatishda sovitish va isitish tizimining, shuningdek. yurgazib yuborish isitkichining germetikligi tekshiriladi, sovitish tizimi yuviladi, qishki mavsumga tayyorgarlik ko'rilayotganda yurgazib yuborish isitkichining ishlashi tekshiriladi. Germetiklik ko'z bilan ks/atibtekshiriladi.shlanglar yuzalaridagi yoriqlar. shishgan joylar va qatlamlarda ajrab qolishbo'lmasligi kerak. Bunday tekshirishlar uchun havo nasosi. manometr va radiator bo'g'zi bilan biriktiriladigan qurilmadan tashkil topgan asbobdan foydalangan ma'qul. Nasos yordamida radiatorning yuqori qismida 60 kPa atrofida bosim hosil qilinadi. Agar tizim germctik bo'lsa. u holda kran berki-tilgandan so'ng manometr strelkasi o'rnidan qimirlamaydi. germetiklik yo'qolgan bo'lsa strelka bosimning pasayishini ko'rsatadi. Radiator tiqinidagi havo va bug' klapanlari qo'l barmoqlari bilan bosib ko'rib tekshiriladi.
Uncha kir bo'lmagan sovitish tizimini yuvish quyidagi tartibda bajariladi: sovitish suyuqligi to'qiladi; tizim suv bilan to'ldiriladi; dvigatel yurgaziladi va qizdiriladi; suv to'kib tashlanadi; tizim shu tartibda yana bir marta yuviladi; so'ng sovitish suyuqligi bilan radiator bo'g'zining yuqori qismigacha to'ldiriladi, radiator tiqinini o'z o'rniga qo'yib kengayish bakchasiga, "MIN" belgisidan 3 - 5 sm balandlikgacha suyuqlik quyiladi. Konstruksiyaning o'ziga xos tomonlarini va materiallarning xossalarini hisobga olgan holda tayyorlovchi-zavodlar o'z ko'rsatmalarida, sovitish tizimini yuvish tartibini hamda yuvish uchun ishlatiladigan suyuqliklar tarkibini belgilab qo'yadi.
Masalan, KamAZ-740 dvigatelining radiatori yechib olinadi va unga 5 foiz kaustik soda hamda 95 foiz suvdan yoki 2,5 foiz kuchsizlantirilgan sulfat kislota hamda 97,5 foiz suvdan iborat bo'lgan eritma quyiladi. Eritmaning harorati 60 - 80°C bo'lishi kerak, 30 - 40 daqiqadan so'ng eritma to'kib tashlanadi va radiator issiq suv bilan yuviladi.
Sovitish g'ilofini yuvish uchun esa boshqacharoq eritma - 1 foiz kalsinatsiyalangan (suvsizlantirilgan) soda, 0,5 foiz xrompik va 98,5 foiz suv ishlatiladi.
KamAZ-740 va "Volga" avtomobilining (25.9-chizma, a) 3M3-24 dvigatellarida generator va suv nasosi yuritma tasmasining tarangligi
generatorni (1), o'rnatish plankasidagi (2) ariqchasimon teshik bo'ylab surib rostlanadi. Tasma to'g'ri rostlanganda, uning egilishi (salqiligi) uzun tarmoqning o'rtasi 40 - 45 N kuch bilan bosilganda KamAZ-740 dvigatellarida 15-22 mm ni va 3M3-24 dvigatelida 8-10 mm ni tashkil qilishi kerak.
3M3-53 dvigatelidagi suv nasosi va shamolparrak yuritmasi tasmasining (25.9-chizma, b) tarangligi, richag (5) dastasini surib taranglash roligi (4) yordamida rostlanadi. 30 - 40 N kuch ta'sirida tasma salqiligi 10-15 mm bo'lishi lozim. Generator yuritmasining tasmasi esa o'rnatish plankasidagi ariqchasimon teshik bo'ylab generatorni surish orqali taranglanadi.
ZIL-130 dvigatelida 3 ta tasmani to'g'ri taranglanishini kuzatib borish lozim (25.9-chizma, d). Rul boshqar-masidagi gidravlik kuchaytirgich nasosi yuritmasining tasmasi, nasosni taranglash kronshteynida (12) surib taranglanadi, generator yuritmasining tasmasi esa generatorni plankaga (2) mahkamlovchi gaykani bo'shatib, so'ng generatorni surib taranglanadi. Bu tasmalarning salqiligi 40 N kuch ta'sirida 8-14 mm. dan oshmasligi kerak. Kompressor yuritmasining tasmasi rostlash bolti (8) yordamida kompressorni kronshteyn tomon siljitib taranglanadi. Bu tasmaning 40 N kuch ostidagi salqiligi 5-8 mm bo'lishi lozim.
YAMZ-236 dvigatelida kompressor yuritmasining tasmasini taranglash, vintli qurilma (25.10-chizma, a) vo-sitasida amalga oshiriladi. Suv nasosi yuritmasi (25.10-chizma, b) tasmasining (4) tarangligi esa, suv nasosi shkivining gupchagi bilan ajraluvchi yon qismi (3) orasiga qo'yiladigan
po'lat shaybalar (2) miqdorini o'zgartirib rostlanadi. Tasma tarmoqlari o'rtasiga 30 N kuch qo'yilganda suv nasosi va generator yuritmasi tasmasining salqiligi 10 - 15mm dan, kompressor yuritmasidagi tasmaning (kalta tarmoqdagi) salqiligi, esa 8 mm dan ortib ketmasligi kerak.
Termostatlarni tekshirish uchun, klapanning ochilishidagi bosh-lang'ich harorat va klapanning yo'li aniqlanadi. Masalan, KamAZ-740 dvigatelining termostati quyidagi tartibda tekshiriladi (25.11-chizma):
1. Termostat olinib, u quyqumlardan tozalanadi va elektr plitkaga (6) o'rnatilgan suvli vannaga (5) tushiriladi.
2. Suvni aralashtirib turgan holda qizdiriladi va uning holati, bo'linmasining qiymati 1°C dan katta bo'lmagan simobli termometr yordamida nazorat qilib turiladi.
3. Indikator (3) bilan klapan ochilishining boshlanishi tekshiriladi, ya'ni klapan 0,1 mm ga ochiladigan harorat (80±2)°C aniqlanadi.Qaynayotgan suvda klapan kamida 8,5 mm ga toiiq ochiladi.
|
| |