|
MAVZU: AVTOMOBILLARGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH VA TAMIRLASHDA QO‘LLANILADIGAN JIXOZLAR
|
bet | 24/44 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 3,83 Mb. | | #147300 |
Bog'liq Avto tuzi servis xizmat ko\'rsatish Abdulhakimov Sherzod 3 MAVZU: AVTOMOBILLARGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH VA TAMIRLASHDA QO‘LLANILADIGAN JIXOZLAR.
Avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash jarayonlarini yengillashtirish maqsadida, avtomobil transporti korxonalarida bajariladigan ishlarni mexanizatsiyalash uchun statsionar jihozlardan keng foydalaniladi. Uning tarkibiga tozalash-yuvish, ko'zdan kechirish (ko'rish) chuqurlari, ko'tarish-tashish va moylash-to'ldirish jihozlari kiradi.
Tozalash-yuvish jihozlari KXK liniyasi postlariga joylashtiriladi. Uning asosini mexanizatsiyalashgan yuvish qurilmasi tashkil etadi. Yuk avtomobillari uchun yuvish qurilmalarining oqimli turidan foydalaniladi. Bunday qurilma (masalan, M-129) ikkita seksiyadan, ya'ni dastlabki hamda yakunlovchi yuvish seksiyalaridan, shuningdek, ivitish va chayish ramkalari, ikki nazoratchi, nasos stansiyasi, apparatlar shkafi va svetofordan iborat. Qurilmada avtomobil konveyer yordamida siljiydi, lekin o'zi ham harakatlanishi mumkin.
Yengil avtomobillar va avtobuslar uchun cho'tkali yuvish qurilma-laridan foydalaniladi. M-130 qurilmasi ancha mukammal qurilma hisoblanadi. U "P" simon ramadan tuzilgan bo'lib, uning har ikkala tomonida harakatlanuvchi karetkaga ikkitadan, avtomobilning oldingi, yon va orqadagi yuzalarini yuvish uchun vertikal aylanuvchi cho'tkalar mahkamlangan. Kuzovning tomini va kapotini yuvish uchun ramaning tik stoykalariga (ustunlariga), mayatnikli ramkada gorizontal aylanuvchi cho'tka o'rnatilgan. Ramkalarning siljishi va karetkalarning yuritmasi posangisi bo'lgan tros-blokli tizim yordamida, cho'tkalarni aylanishi esa yakka tartibdagi elektr dvigatellar yordamida amalga oshiriladi.
Ko'zdan kechirish (ko'rish) chuqurlari TXK va JT jarayonida avtomobilga ostidan qulay yondashishni ta'minlaydi, shuning uchun ular bu zonalarning ixtisoslashgan yoki umumiy postlaridagi turli chiz-malar bo'yicha joylashgan jihozlarning ajralmas qismi hisoblanadi.
Ko'rish chuqurlari (24.2-chizma) avtomobilni turli usullarda joylash-tirish, o'rnatish va fiksatsiyalash uchun moTjallangan. Chuqurlar, reja asosida joylashishi bo'yicha markaziy va yonlama turlarga bo'linadi. Hajim jihatdan tor va keng chuqurlar bo'ladi. Agar chuqurning kengligi avtomobilning kengligidan kichik bo'lsa tor, katta bo'lsa keng chuqur deb ataladi. Odatda chuqurning kengligi avtomobilning izlari (koleyasi) orasidagi o'lchamdan oshmaydi va 0,9 - 1,4 m ga teng bo'ladi. Keng chuqurlar 2,5 - 3,0 m kenglikka ega bo'ladi.
Boshiberk (tupik) postlardagichuqurlarninguzunligiavtomobilningtashqio'lchamivakonstruksiyasigahamdapostningvazifasigabog'liqholdaaniqlanadi. Umumiyholdauniversalpostlardagiboshiberkchuqurlarninguzunligiavtomobiluzunligigatengbo'lib, avtomobilningko'priklaribo'yichavauningatrofidagibajariladiganishlargaqulaylikyaratishuchunulargayana 1,0 - 1,2 mqo'shiladi. Agarchuquruzluksizxizmatko'rsatishliniyasidajoylashsa (to'g'rioqimlichuqur), uninguzunligiliniyadagipostlarsonibo'yichaaniqlanadi.
Boshiberkvato'g'rioqimlichuqurlarxizmatko'rsatishnioson-lashtirishuchunko'ndalangtransheyalarbilanulangan. Transheyalarga va chuqurlarga kirish, ishchi zonadan (avtomobilni harakatlanish yo'lidan) tashqarida qurilgan. Ular 0,7 m kenglikdagi pog'onali zinapoya bilan jihozlangan. Chuqurlarning yon to'siqlari (ponasimon chiqiqlar) avtomobilni chuqurga qo'yishda g'ildiraklar uchun yo'naltirgich va qaytargich vazifasini bajaradi. Yoritish chiroqlari, chuqur devorlarining tokchalarida joylashgan. U yerda asboblar va mayda detallar ham saqlanadi. Chuqur devorlari oqish kafel bilan, tubi esa yog'och taglik bilan qoplangan.
|
| |