YoRUG’LIK-XABARChI ASBOBLARI




Download 151.82 Kb.
bet9/13
Sana28.05.2022
Hajmi151.82 Kb.
#22177
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
g\'iyosiddin aka
kutubxona nizomi, Lecture-2, Erkin Vohidov. Ruhlar isyoni, Poytaxtlar tarixi.

YoRUG’LIK-XABARChI ASBOBLARI


  1. Umumiy ma’lumotlar
  2. Gabarit chiroqlar. Tormozlanish xabarchilari. Burilish ko‘rsatgichlari

  3. Yorug‘lik-xabarchi asboblarining konstruktsiyasi

  4. Yorug‘lik manbalari


Harakat xavfsizligini oshirish maqsadida barcha avtomobillar va boshqa transport vositalari xalqaro va mamlakatimiz standartlariga ko‘ra belgilangan tartibdagi yorug‘lik-xabarchi asboblar bilan jihozlanishi shart. Yorug‘lik xabarchilari yo‘l harakati ishtirokchilarini transport vositasi harakatining o‘zgarishi (tormozlanishi, burilish, quvib o‘tish, to‘xtash va hokazo), transport vositasining turi va uning o‘lchamlari hakida axborot beradi. Bu axborotlarni uzatish uchun yengil va yuk avtomobillarida quyidagi yorug‘lik-xabarchi asboblarini o‘rnatilishi shart deb belgilangan:


- Oldingi va orqadagi gabarit chiroqlar;
- Oldingi, orqadagi va yendagi burilish yorug‘lik ko‘rsatgichlari;

  • Orqaga joylashtiriladigan yorug‘lik qaytargichlari;

  • Avtomobilning davlat raqamini yorituvchi fonar.

Tasdiqlangan qoidalarga asosan ba’zi toifadagi avtomobillar quyidagi qo‘shimcha yorug‘lik xabarchilar bilan belgilanishi kerak:
- Yuk avtomobillardagi kontur chiroqlari;
- Avtopoezd va tirkamali avtomobillarni tanituvchi chiroqlar;
- Chorrahalardan o‘tish ustunligini beruvchi maxsus chiroqlar.
Avtomobil jihozlanishi shart bo‘lmagan, lekin o‘rnatishga ruxsat berilgan yorug‘lik-xabarchilar toifasiga, tumanga qarshi orqa chiroq, to‘xtab turish chirogi, qo‘shimcha tormozlanish xabarchisi, yon tomondagi chiroqlar, orqaga yurish fonari va boshqa shunga o‘xshash asboblar kiradi.
Yorug‘lik-xabarchilarining ishlash rejimiga qarab uzoq va qisqa vaqt doirasida ishlovchi asboblarga (tormozlanish xabarchisi va burilish ko‘rsatgichlari) bo‘linadi.
Ishlatilish sharoitlari va ko‘rinish darajasiga ko‘ra yorug‘lik xabarchi asboblar faqat kechasi yoki ko‘rinish yaxshi bo‘lmagan hollarda ishlatiladigan (chegaraviy, kontur, tanituvchi, yon chiroqlar) va doimiy ishlatiladiganlarga (tormozlanish xabarchisi, burilish ko‘rsatgichpari va avariya signalizatsiyasi) bo‘linadi.
Avtomobillarda o‘rnatiladigan yorug‘lik-xabarchi asboblarining ko‘pligi, ularni taaluqli ranglar bilan ajratish zaruratini tug‘diradi. Ko‘pincha yorug‘lik-xabarchi fonarlar qizil, to‘q sariq, oq (rangsiz) rangda bo‘ladi, ba’zi hollarda yashil va zangori ranglar ham ishlatiladi.

Download 151.82 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 151.82 Kb.