Hozirgi zamon bosh yoritish faralarning konstruktsiyasi




Download 151.82 Kb.
bet7/13
Sana28.05.2022
Hajmi151.82 Kb.
#22177
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
g\'iyosiddin aka
kutubxona nizomi, Lecture-2, Erkin Vohidov. Ruhlar isyoni, Poytaxtlar tarixi.

Hozirgi zamon bosh yoritish faralarning konstruktsiyasi


Bosh yoritish faralari asosan korpus, optik element va rostlovchi mexanizmdan tashkil topgan. Optik element tarkibiga nur qaytargich, nur tarqatgich, to‘g‘ri nurlarni to‘suvchi ekran va bir yoki ikki rejimli yorug‘lik manbai kiradi. Faralarning optik elementi doira yoki to‘g‘ri burchakli shaklga ega bo‘lishi mumkin.


MDX da keng tarqalgan Yevropa yorug‘lik taksimlanish sistemasiga ega bo‘lgan doira shaklidagi FG 140 belgili faraning tuzilishi 15.6-rasmda keltirilgan Korpus 5 ning ichki qismidagi qovurg‘alariga optik elementning tayanch xalqasi o‘rnatilgan. Tanyach xalqaning chekka qismida rostlash murvatlari 3 ning kalpoqchalari kirishi mo‘ljallangan o‘yiklar ishlangan.
Faraning optik elementining paraboloidsimon qaytargichning cho‘qqi qismiga yorug‘lik manbai 6 o‘rnatilib, uning uzoqni yoritish tolasi qaytargich fokusiga, yaqinni yoritish tolasi fokusdan oldinroq va yuqoriroqqa joylashtiriladi.
15.6-rasm. FG 140 belgili avtomobil farasi

Fara lampasining cho‘g‘lanish tolalaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqqan yorug‘lik nurlar ta’sirida ro‘paradan kelayotgan avtomobil haydovchisining ko‘zini qamashishini kamaytirish maqsadida ushlagich 13 ga parchin mixlar yordamida to‘suvchi ekran 12 o‘rnatilgan. Ekran sfera shaklidagi yupqa metall tasmadan tayyorlanadi.


Optik elementning nur tarqatgichini odatda rangsiz silikat shishadan tayyorlanib, uning ichki yuzi tsilindrik va sferik linzalar, prizma va pryumalinzalar shaklidagi nur sindirgich elementlar bilan qoplanadi.
1960 yillardan boshlab avtomobillarda doira shaklidagi faralar bilan birga to‘g‘ri burchakli faralar ham tatbiq topa boshladi. Bu turdagi faralarning konstruktsiyasining o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, ularda qaytargich sifatida yorug‘lik teshigining diametri katta bo‘lgan (250 mm gacha) kesik paraboloid ishlatilgan. To‘g‘ri burchakli faralar vertikal o‘lchamlarning nisbatan kichik bo‘lishi avtomobilning aerodinamik xususiyatlarini yaxshilaydi, yonilg‘i tejamkorligini oshiradi.

15.7-rasm. Blok-fara;


a - tashqi ko‘rinishi; b - tuzilishi;

Oxirgi vaqtda avtomobillarda to‘g‘ri burchakli faralar asosida tayyorlangan blok-faralar (15.7-rasm) tobora keng tadbik topmoqda. Blok-faralar bitta korpusda avtomobilning oldingi yorug‘lik asboblarining hammasini yoki asosiy qismini birlashtiradi. Blok-faralarning tarkatkichi umumiy yoki qo‘shma konstruktsiyaga ega bo‘lishi mumkin. Blok-faralarni turli avtomobillar uchun unifikatsiya qilib bo‘lmasligi asosiy kamchilik deb hisoblanadi. Avtomobilning o‘ng va chap tomonidagi blok-faralarni o‘zaro almashtirib bo‘lmaydi.


Dunyoda yildan-yilga yonilg‘i taqchilligining kuchayib borishi, konstruktorlar oldiga avtomobillarning havo oqimiga bo‘lgan aerodinamik qarshiligini kamaytirish masalasini ko‘ydi. Bu muammoni hal qilish, avtomobilning oldingi qismini toraytirish va faralarning balandligini 120...150 mm dan 60 ... 90 mm gacha kamaytirilishini talab qildi.
Zarur yorug‘lik oqimini saqlash va avtomobilning aerodinamik qarshiligini kamaytirishdek, bir-biriga qarshi muammolar printsipial yangi konstruktsiyaga ega bo‘lgan faralarni ishlab chiqilishiga olib keldi. «Lukas» (Buyuk-Britaniya) firmasi tomonidan faraning yangi konstruktsiyasi taklif qilinib, unda qaytargich ikki yoki uchta kesik paraboloidlar yig‘masi ko‘rinishida ishlangan Bu paraboloidlarning fokus masofasi xar xil (20 va 40 mm) bo‘lgani bilan, ularning fokuslari bir nuqtaga keltirilgan.
Yuqorida keltirilgan printsipga asoslangan qaytargichlar «Gomofokal» qaytargichlar deb ataldi. 15.8 -rasmda ikki yorug‘lik-optik sxemaga mansub bo‘lgan qaytargichlarning solishtirma o‘lchamlari keltirilgan.
15.8-rasm. Ikki yorug‘lik-optik sxemaga mansub qaytargichlarning solishtirma o‘lchamlari
15.9-rasm. Gomofokal farali avtomobilning ko‘rinishi
Gomofokal faralarni ishlab chiqarishga tadbiq qilinishi, faralarning tayyorlash texnologiyasini deyarli to‘la o‘zgartirishni talab qiladi, chunki qaytargichlarning ancha murakkab shakli yuqori aniqlik bilan faqat yengil qoliplanuvchi materiallardan, masalan plastmassadan tayyorlash mumkin. Gomofokal faralarni tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallarning hozircha narxi ancha yuqoriligi, texnologik jarayonning murakkab va og‘irligi, bu turdagi faralarni keng ko‘lamda qo‘llanilishiga to‘skinlik qilmoqda.
«Xella» (Olmoniya) firmasi tomonidan fara konstruktsiyalarini rivojlanishining boshqa yo‘nalishiga mansub bo‘lgan ellipssimon qaytargichli bosh yoritish farasi taklif qilindi. Ularning tavsifnomasini o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, yaqinni yoritish rejimida lampaning yorug‘lik oqimidan to‘laroq foydalaniladi, ya’ni FIK nisbatan yuqori.

15.10-rasm. Ellipsoid bosh yoritish farasi


Bu turdagi yorug‘lik-optik sxemalarning asosiy kamchiligi sifatida faralarni tayyorlash texnologiyasining murakkabligi, tannarxining yuqoriligi va faqat to‘rt farali yoritish sistemasida foydalanish mumkinligi bilan cheklanganligini ko‘rsatish mumkin.


Hozirgi vaqtda avtomobillarning yoritish sistemasida qutblangan yorug‘lik dastasi va tolali optik sxemalari ishlatish borasida izlanishlar olib borilmoqda.

Download 151.82 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Download 151.82 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hozirgi zamon bosh yoritish faralarning konstruktsiyasi

Download 151.82 Kb.