Yoritish sistemalarida yorug‘lik taqsimlanishining asosiy printsiplari va turlari




Download 151.82 Kb.
bet5/13
Sana28.05.2022
Hajmi151.82 Kb.
#22177
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
g\'iyosiddin aka
kutubxona nizomi, Lecture-2, Erkin Vohidov. Ruhlar isyoni, Poytaxtlar tarixi.
Yoritish sistemalarida yorug‘lik taqsimlanishining asosiy printsiplari va turlari
Kunning qorog‘i qismida avtomobil yetarli darajada katta tezlik bilan harakatlanishi uchun yoritish sistemasi avtomobil oldidagi yo‘lni va yo‘l chekkasini 50-250 m masofaga yoritishi zarur. Bu haydovchiga yo‘ldagi vaziyatni to‘g‘ri va o‘z vaqtida baholash, zarurat bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish imkoniyatini beradi. Yo‘lni yoritish uchun avtomobillarga paraboloid nur qaytargichli fara va projektorlar o‘rnatiladi. Fara yorug‘ligini yo‘lda taqsimlanishi optik element va unga o‘rnatilgan lampaning tuzilishiga bog‘liq.
15.2-rasm. Paraboloid qaytargichdan qaytgan yorug‘lik oqimining taqsimlanishi
15.3-rasm. Qaytargich-ning qamrov burchagi

Nur qaytargichning fokus markazi G’ ga (15.2-rasm) nuqtali yorug‘lik manbai joylashtirilsa, undan chiqqan yorug‘lik nurlari paraboloid qaytargichga tushib, undan qaytadi va bir to‘p dasta shaklida optik o‘qga parallel ravishda kichik burchak 2α doirasida yo‘naladi.


Avtomobil faralarining paraboloid qaytargichlari lampaning yorug‘lik kuchini 200....400 martagacha ortirib, yo‘lni ancha katta masofaga zarur darajada yoritilishini ta’minlaydi.
15.3-rasmdan ko‘rinib turibdiki, ω burchak yoki qamrov burchagi 2φ qanchalik katta bo‘lsa, yorug‘lik manbaidan chiqqan yorug‘lik oqimidan foydalanish darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Avtomobil faralari ikkita bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan talablarni kondirishi kerak: avtomobil oldidagi yo‘lni yaxshi yoritishi va ro‘paradan kelayotan transport vositasi xaydovchisining ko‘zini qamashtirmasligi zarur.
Hozirgi vaqtda bu muammo ikki rejimli, ya’ni uzoqni va yaqinni yoritish faralarni qo‘llash yo‘li bilan hal qilinmoqda.
Faralarning uzoqni yoritish sistemasi ro‘parada transport vositasi bo‘lmagan holda avtomobil oldidagi yo‘lni yoritish uchun mo‘ljallangan. Yaqinni yoritish sistemasi esa avtomobil oldidagi yo‘lni aholi yashaydigan va yoritilgan joylardan o‘tganda, ro‘paradan transport vositasi kelayotgan hollarda ishlatiladi.
Uzoqni va yaqinni yorituvchi yorug‘lik dastalarini hosil qilish uchun ikki farali yoritish sistemasiga ega bo‘lgan avtomobillarda ikki chug‘lanish tolasiga ega bo‘lgan lampalardan foydalanadilar. Hozirgi zamon avtomobillarining bosh yoritish faralari yaqinni yoritishning asimmetrik yorug‘lik taqsimlanishga ega bo‘lgan yevropa va amerika sistemalari joriy qilingan.
Amerika va yevropa yorug‘lik taqsimlanish sistemasidagi fara lampalarida uzoqning yoritilishini ta’minlovchi cho‘g‘lanish tolasi nur qaytargich fokusiga joylashtiriladi. Shuning uchun, faraning uzoqni yoritish sistemasi ulanganda optik o‘qka deyarli parallel bo‘lgan yorug‘lik dastasi hosil bo‘ladi (15.4- v rasm, va 5 5-v rasm ga qarang).
Yevropa yorug‘lik taqsimlanish sistemasidagi faralarda tsilindrsimon yaqinni yoritish cho‘g‘lanish tolasi 2 (15.4-a rasm), uzoqni yoritish cho‘g‘lanish tolasi 1 ga nisbatan oldinga va optik o‘qka nisbatan ozgina tepaga ko‘tarilgan. Yaqinni yoritish cho‘g‘lanish tolasidan chiqqan nur, qaytargichning ustki yarmiga tushadi, undan pastga qaytib yo‘lning avtomobilga yaqin qismini yoritadi. Cho‘g‘lanish tolasining tagiga joylashtirilgan, yorug‘lik o‘tkazmaydigan ekran 3, yorug‘lik nurlarini qaytargichning pastki qismiga tushishi va undan qaytib ro‘parada kelayotgan transport vositasi haydovchisining ko‘zini qamashtirishini oldini oladi. Yo‘lning o‘ng tomoni va o‘ng chekkasining yoritilishini yaxshilash uchun ekran 3 ning chap tomoni (qaytargich tomonidan karalganda) pastga 15° burchak ostida bukib qo‘yiladi (15.4-g rasm). Bu nur qaytargichni chap yarmidagi aktiv yuzni oshirishga va avtomobil harakatlanayotgan yo‘lning o‘ng tomoni va o‘ng chekkasini yoritilishini ancha yaxshilanishiga olib keladi.

15.4-rasm. Yevropa yorug‘lik taqsimlash sistemasidagi optik sistemalarda nur tarkalish sxemasi: a - yaqinni yoritish; b - yaqinni yoritishdagi yorug‘lik dog‘i; v - uzoqni yoritish; g - lampa ekrani;


15.5-rasm. Amerika yorug‘lik taqsimlash sistemasidagi optik sistemalarda nur tarqalish sxemasi: a - yaqinni yoritish; b - yaqinni yoritishdagn yorug‘lik dog‘i; v - uzoqni yoritish;

Yevropa yoritish sistemasiga oid faralardagi yaqinni yorituvchi yorug‘lik dastasida yorug‘lik-soya chegarasi aniq ifodaga ega bo‘lib, uning o‘ng tomoni 15° burchak ostida ko‘tarilib boradi (15.4-rasm).


Amerika yoritish sistemasiga oid faralarning konstruktsiyasini o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, ularda uzoqni yoritishda ham, yaqinni yoritishda ham nur qaytargichning ishchi yuzasi to‘la ishlatiladi. Amerika yoritish sistemasiga oid faralarning yorug‘lik dastasi aniq yorug‘lik-soya chegarasiga ega emas.
Yevropa va amerika yoritish sistemalarini bir-biri bilan taqqoslanganda quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin: Yevropa yoritish sistemasiga taalukli faralarda yaqinni yoritish to‘g‘riroq amalga oshirilgan, chunki unda yo‘lni o‘ng tomoni va o‘ng chekkasi yaxshi yoritilishi bilan birga ro‘paradan kelayotgan transport vositasining haydovchisining ko‘zini qamashtirish ehtimoli keskin kamaytirilgan. Amerika yoritish sistemasidagi faralarda, uzoqni yoritishdan yaqinni yoritishga o‘tilganda, yo‘liing deyarli hamma qismini yaxshirok va bir tekis yoritiladi, ammo ularning yorug‘lik dastasining ko‘zni qamashtirish ta’siri kuchliroq bo‘ladi. Shuning uchun, yo‘lda biri yevropa, ikkinchisi amerika yoritish sistemasidagi faralar bilan jihozlangan avtomobillar uchraganda, yevropa yoritish sistemasiga oid fara bilan jihozlangan avtomobil haydovchisining ko‘zi ko‘proq kamashadi. Harakat xavfsizligini ta’minlash nuqtai nazaridan, yuqorida keltirilgan afzalliklarga ko‘ra, hozirgi zamon avtomobillarida yevropa yorug‘lik taqsimlash sistemasi ko‘proq tatbiq qilinmoqda. Xususan, O’zbekiston avtomobillari Neksia, Damas va Tikolarda ham yevropa yoritish sistemasidagi faralar o‘rnatilgan.
Ikki farali yoritish sistemasi bir kator afzalliklarga ega, xususan lampalarning iste’mol quvvati nisbatan katta emas, ularni avtomobilda ixcham joylashtirish mumkin, ishlab chiqarish qulay (ya’ni, texnologiyabop) va tannarxi ancha past. Lekin bitta optik elementda ikki rejimni birlashtirish zarurati uzoqni va yaqinni yoritish tavsifnomalarini yomonlashishiga olib keladi. Shuning uchun, yuqorida keltirilgan afzalliklarga qaramasdan 1960 yillardan boshlab AQSh da ikki farali yoritish sistemasi o‘rniga to‘rt farali yoritish sistemasi tatbiq topa boshladi. To‘rt farali yoritish sistemasi asosida uzoqni va yaqinni yoritishni alohida faralarda amalga oshirish g‘oyasi yotadi.
To‘rt farali yoritish sistemasi to‘rta faradan iborat bo‘lib, ular juft qilib gorizontal yoki vertikal holda joylashtirilishi mumkin. Tashqi va yuqoridagi faralar doimo ikki rejimli qilib ishlanadi, ichki va pastki faralar esa faqat uzoqni yoritish uchun xizmat qiladi. Ichki (pastki) faralarga yevropa yorug‘lik taqsimlash sistemasiga ega bo‘lgan va cho‘g‘lanish tolasi qaytargich fokusga joylashgan lampalar qo‘yiladi. Bu faralardagi nur tarqatgichlarga yorug‘lik dastasini gorizontal tekislik bo‘yicha tarqatilishini ta’minlaydigan mikroelementlar o‘rnatilgan.
Tashqi (yuqoridagi) ikki rejimli faralarga ikki tolali yevropa lampalari qo‘yilib, yaqinni yoritish tolasi qaytargich fokusiga, uzoqni yoritish tolasi esa optik o‘q bo‘ylab fokus markazidan orqaroqqa joylashtiriladi.
Avtomobilning uzoqni yoritish sistemasi ulanganda to‘rta faraning hammasi baravariga yonadi va bunda ichki faralar aniq yo‘naltirilgan, projektor turidagi yorug‘lik dastasini hosil qilsa, tashqi faralardagi uzoqni yoritish tolalari esa ichki faralarning kuchli yorug‘lik dastasiga qo‘shimcha tarqalgan dasta hosil qilib, yo‘lini avtomobilga yaqinroq bo‘lgan qismlarini yoritadi.
Hozirgi zamon avtomobillarida ikki farali ham, to‘rt farali yoritish sistemalari ham keng ko‘lamda ishlatilib kelmoqda.



Download 151.82 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 151.82 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yoritish sistemalarida yorug‘lik taqsimlanishining asosiy printsiplari va turlari

Download 151.82 Kb.