• Hozirgi zamon bosh yoritish faralarning konstruktsiyasi
  • V. YoRITISh VA YoRUG’LIK DARAKChILARI TIZIMI




    Download 151.82 Kb.
    bet4/13
    Sana28.05.2022
    Hajmi151.82 Kb.
    #22177
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    g\'iyosiddin aka
    kutubxona nizomi, Lecture-2, Erkin Vohidov. Ruhlar isyoni, Poytaxtlar tarixi.

    V. YoRITISh VA YoRUG’LIK DARAKChILARI TIZIMI


    YoRITISh ASBOBLARI



    1. Yoritish sistemalarida yorug‘lik taqsimlanishining asosiy printsiplari va turlari

    2. Bosh yoritish faralarining yorug‘lik-texnik tavsifnomalarini me’yorlash
    3. Hozirgi zamon bosh yoritish faralarning konstruktsiyasi


    4. Tumanga qarshi faralar

    Avtomobillarning harakat xavfsizligi, ayniqsa kunning qorong‘i qismida va ko‘rinish yomon bo‘lgan hollarda, ko‘p jihatdan yorug‘lik asboblarining holati va tavsifnomasiga bog‘liq. Yorug‘lik asboblari yo‘lni yoritish, avtomobilning gabarit o‘lchamlari hakida ma’lumot berish, haydovchining mo‘ljallagan yoki amalga oshiraetgan harakati hakida darak berish, davlat raqami, kabina, kuzov saloni, nazorat-o‘lchov asboblari, bagajnik va kapot ostini yoritish uchun xizmat qiladi.


    Avtomobillarning yorug‘lik asboblari yoritish va yorug‘lik darakchilaridan tashkil topgan. Yorug‘lik asbobining optik sistemasi lampa, nur qaytargich va nur tarqatgichdan iborat.
    Lampa yorug‘lik manba vazifasini bajaradi. Nur qaytargich paraboloid shaklida bo‘lib, lampadan kichik burchak ostida chiqqan yorug‘lik oqimini to‘playdi va optik o‘q bo‘ylab yo‘naltiradi. Tinik materialdan tayyorlangan, ichki yuzida linza va prizmalarga ega bo‘lgan nur tarqatgichda yorug‘lik oqimi vertikal va gorizontal tekislik bo‘yicha qayta taqsimlanadi.
    Uzoq vaqt davomida faralarning eng keng tarqalgan turi amerika lampa-farasi bo‘lib keldi. Uning qismlarga ajralmaydigan optik elementi shishadan tayyorlangan va bir-biriga kavsharlangan nur qaytargich va nur tarqatgichdan iborat bo‘lib, uning ichki bo‘shlig‘i inert gaz bilan to‘ldirilgan. Nur tarqatiachning ichki qismiga bitta yoki ikkita cho‘g‘lanish tolasi joylashtirilgan. 50 yillardan boshlab Yevropada metal shishali optik elementlar keng tarqalib, ularda yorug‘lik manbaini almashtirish mumkin bo‘ldi. Tok manbai sifatida oddiy yoki galogen lampalar ishlatilib, ular metall nur qaytargichdagi maxsus uyachaga o‘rnatildi.
    Avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishini keyingi bosqichlarida ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning aerodinamik tavsifnomalarini yaxshilash, ularning og‘irligini kamaytirish muhim o‘rinni egallamoqda, chunki bu ko‘rsatgichlar yonilg‘i tejamkorligini oshirish bilan bevosita bog‘liqdir. Bu hozirgi zamon avtomobillarining yorug‘lik asboblarining konstruktsiyasini va ularni ishlab chiqish texnologiyasini jiddiy o‘zgarishiga olib kelmoqda. Avtomobillarning aerodinamik qarshilik koeffitsientini kamaytirish, faralarni vertikal o‘lchamlarini taxminan ikki marta qisqartirilishini talab qiladi. Faralarning yangi konstruktsiyalari nur qaytargich va nur tarqatgichlarning shakllarini murakkablashishiga va ularni tayyorlash uchun zarur qolipga yengil tushadigan materiallarni (shisha, plastmassa) ishlatish zaruratini tug‘diradi.
    Xalqaro avtomobil trassalarida tashish xajmlarini oshishi va avtoturizm rivojlanishi Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshidagi Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi ( BMT YeIK ) tarkibida ichki transport bo‘yicha qo‘mita tuzilishiga olib keldi.
    BMT YeIK qoidalari talablariga mos keladigan avtomobil yorug‘lik asboblari rasmiy xalqaro tasdiqlanish belgisini oldi. Xalqaro tasdiqlanish belgisi (15.1-rasm) aylanma shaklida bo‘lib, uni ichiga Ye harfi yoziladi. Belgi yorug‘lik asbobining nur tarqatgichiga tushiriladi. Belgi tagida yoki uning yonida rasman tasdiqlangan tartib raqami ko‘rsatiladi. Belgi tagida, tartib raqamining ustida gorizontal ko‘rsatgich bo‘lishi mumkin. Fara yo‘l harakati chap tomonlama tashkil qilingan mamlakatlarda (masalan, Hindiston, Angliya va hokazo) ishlatish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, ko‘rsatgich o‘ng tomonga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Agar farani yo‘l harakatining ham chap tomonlama va ham o‘ng tomonlamasiga moslash imkoniyati bo‘lsa, ko‘rsatgich ikki tomonga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Yo‘l harakati o‘ng tomonlama tashkil qilingan mamlakatlar uchun (masalan, Rossiya, O’zbekiston va hokazo) kursatkich umuman qo‘yilmaydi. Belgi ustiga kvadrat tushirilib, uni ichiga S, R, S, N, harflari yoziladi. S va R harflari farani yaqinni va uzoqni yoritish bo‘yicha xalqaro me’yorlarga mosligini ko‘rsatadi. Kvadratda SR harflarini birga ko‘yilishi faraning optik sistemasi yaqinni va uzoqni yoritish rejimida ishlashga mo‘ljallanganligini bildiradi. S harfi yaxlit shishali optik elementni (lampa-fara) belgilash uchun yoziladi. Faqat galogen lampalar bilan ishlatishga mo‘ljallangan faralarga N xarfi yoziladi.



    Download 151.82 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 151.82 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    V. YoRITISh VA YoRUG’LIK DARAKChILARI TIZIMI

    Download 151.82 Kb.