Avtomobillardagi elektr jihozlarning umumiy sxemasi




Download 151.82 Kb.
bet3/13
Sana28.05.2022
Hajmi151.82 Kb.
#22177
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
g\'iyosiddin aka
kutubxona nizomi, Lecture-2, Erkin Vohidov. Ruhlar isyoni, Poytaxtlar tarixi.
Avtomobillardagi elektr jihozlarning umumiy sxemasi.

Avtomobillarning elektr jihozlarini quyidagi asosiy funktsional sistemalarga bo‘lish mumkin:


1. Elektr ta’minot tizimi (generator, kuchlanish relesi, akkumulyator batareyasi).
2. Ichki yonuv dvigatelini ishga tushirish tizimi (startyor, akkumulyator batareyasi, ishga tushirishni yengillatuvchi moslamalar).
3. O’t oldirish tizimi (tok manbai, o‘t oldirish g‘altagi, uzgich-taqsimlagich, tranzistor kommutatori, o‘t oldirish shamlari);
4. Nazorat-o‘lchov asboblari va diagnostika tizimi (temperatura, bosim sezgich va ko‘rsatgichlari, taxometr, spidometr, darak beruvchi lampalar va boshqa).
5. Yoritish va xabar berish tizimi (bosh yoritish faralari, avtomobil burilishi va to‘xtashini ko‘rsatuvchi chiroqlar, oldingi va orqadagi fara osti chiroqlari va xokazo).
6. Qulaylik yaratuvchi asboblar tizimi (oynatozalagichlar, isitkich elektrdvigatellari, konditsionerlar, oyna ko‘targichlar va hokazo).
7. Dvigatel va transmissiyani avtomatik boshqarish tizimi.
8. O’tkazgichlar va kommutatsiya jihozlari.

Generator, startyor, o‘t oldirish apparatlari va nazorat-o‘lchov asboblarning sezgichlari bevosita dvigatelga, qolgan jihozlar esa avtomobil kuzovi va shassisining tegishli joylariga o‘rnatiladi. 1.1-rasmda avtomobil elektr jihozlarining umumiy sxemasi keltirilgan.


Generator 4 va akkumulyator batareyasi 2 bir-biri bilan parallel ulangan. Avtomobil harakatlanayotganda iste’molchilar tokni generatordan, to‘xtaganda yoki dvigatelni aylanishlar chastotasi belgilangan qiymatdan kam bo‘lganda esa, akkumulyator batareyasidan oladi. Iste’molchilarni bir tok manbaidan ikkinchisiga almashlab ulash va generator kuchlanishini belgilangan darajada rostlab turish vazifasini kuchlanish relesi 5 bajaradi.
Avtomobilni ishlatish jarayonida doimo ulab qo‘yiladigan (yoritish, o‘t oldirish, nazorat-o‘lchov asboblari va xokazo) yoki qisqa, lekin tez-tez ishlatiladigan (tormozlanish yoki burilishni ko‘rsatuvchi yorug‘lik darakchilari) iste’molchilar tokni umumiy zanjirdan oladi. Dvigatelni ishga tushirish vaqtida katta tok (bir necha yuz amper) iste’mol qiladigan startyor, kesimi ancha katta bo‘lgan o‘tkazgich bilan bevosita akkumulyator batareyasiga ulanadi. Qiska vaqt davomida, kam ishlatiladigan, lekin katta tok istemol qiladigan va qulaylik yaratadigan ba’zi asboblar (tovushli darakchi, sigaret tutatqich, radiopriyomnik, soat va hokazo) istisno tariqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri akkumulyator batareyasiga ulanadi.

Download 151.82 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 151.82 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobillardagi elektr jihozlarning umumiy sxemasi

Download 151.82 Kb.