• Elektr o‘tkazgichlarning ulanish sxemasi
  • Avtomobil elektr jihozlariga qo‘yiladigan asosiy texnik talablar




    Download 151.82 Kb.
    bet2/13
    Sana28.05.2022
    Hajmi151.82 Kb.
    #22177
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    g\'iyosiddin aka
    kutubxona nizomi, Lecture-2, Erkin Vohidov. Ruhlar isyoni, Poytaxtlar tarixi.
    Avtomobil elektr jihozlariga qo‘yiladigan asosiy texnik talablar

    1. Nominal kuchlanish . Elektr energiya iste’molchilarining nominal kuchlanishi - 12, 24 V. Asosiy tok manbai - generatorning nominal kuchlanishi 14, 28 V qiymatida belgilanadi. Avtomobil harakatlanayotganda ishlaydigan elektroenergiya iste’molchilari kuchlanish belgilangan nominal qiymatidan 95-125% doirasida o‘zgarganda ham o‘z ish kobiliyalarini yo‘qotmasliklari kerak


    2. Elektr o‘tkazgichlarning ulanish sxemasi . Avtomobillarda bir o‘tkazgichli sxema joriy qilingan, ya’ni barcha iste’molchilarga bitta o‘tkazgich ulanadi, tok manbai va iste’molchilarning ikkinchi qutbi esa «massa»ga (avtomobil kuzoviga yoki shassisiga) ulanadi. Elektr jihozlarning ba’zi buyumlarini ikki o‘tkazgichli sxema bo‘yicha tayyorlashga yo‘l qo‘yiladi. 3940-57 raqamli Davlat standarti bo‘yicha “massa”ga tok manbai va iste’molchilarning manfiy qutbi ulanadi.
    Avtomobil elektr jihozlarining nominal ko‘rsatgichlari (quvvati, tok kuchi, kuchlanishi va xokazo), atrof muhitning temperaturasi 25yo10°S, nisbiy namligi 45-80%, atmosfera bosimi 870-1060 GPa bo‘lgan sharoitda belgilanadi.
    Avtomobil elektr jihozlarining cho‘lg‘amlari va tok o‘tkazuvchi boshqa past kuchlanishli zanjir elementlarining korpusga nisbatan izolyatsiyasi shikastlanmasdan 1 min davomida 50 Gts chastotali 500 V kuchlanishga chidashi kerak.
    Avtomobil elektr jihozlaridagi cho‘lg‘amlarning qizish temperaturasi atrof muhit temperaturasi 40-50°S va bosimi 870-1060 gPa bo‘lganda, ishlatilgan izolyatsiya materiallarning toifasiga ko‘ra, 100-135°S dan oshmasligi kerak.
    Elektr mashinalar, o‘t oldirish tizimining taqsimlagichlari salt ishlash sharoitida kattalashtirilgan aylanishlar chastotasi bilan sinalganda 2 min davomida shikastlanmasdan ishlashi lozim. Startyor esa bunday sinovga 20 sekund davomida chidashi zarur.
    Elektr jihozlarining ishi jarayonida vujudga keladigan radiohalakitlar, 17822-91 rahamli Davlat standarti tomonidan belgilangan qiymatlardan oshmasligi kerak Bu talablarni qondirish uchun elektr jihozlar ekranlangan yoki qisman ekranlangan holda tayyorlanadi.



    1.1- rasm. Avtomobil elektr jihozlarining umumiy sxemasi:
    1-startyor; 2-akkumulyator batareyasi; 3- ampermetr; 4 - generator; 5 - rele-rostlagich; 6 - o‘t oldirish shamlari; 7 - taqsimlagich:8 - uzgich; 9 - o‘t oldirish g‘altagi; 10 - nazorat-o‘lchov asboblari (a-ko‘rsatgich; b-sezgich);11-bosh yoritish faralari; 12 – faralarni almashlab ulagich; 13 - yoritish tizimining markaziy almashlab ulagichi; 14 - yoritish va darak berish asboblari

    Download 151.82 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 151.82 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomobil elektr jihozlariga qo‘yiladigan asosiy texnik talablar

    Download 151.82 Kb.