Avtomobilsozlikni rivojlanish istiqbollari




Download 151.82 Kb.
bet8/13
Sana28.05.2022
Hajmi151.82 Kb.
#22177
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
g\'iyosiddin aka
kutubxona nizomi, Lecture-2, Erkin Vohidov. Ruhlar isyoni, Poytaxtlar tarixi.
Tumanga qarshi faralar
Tumanga qarshi faralar tuman, kuchli qor yog‘ish, jala va boshqa og‘ir obi-havo sharoitlarida transport vositalarini xavfsiz harakatlanishini ta’minlash uchun xizmat qiladi.
Bu sharoitlarda uzoqni yoritish faralarni yoqish yo‘lni ko‘rishni faqat yomonlashtiradi, yaqinni yoritish faralari esa yetarli samara bermaydi.
Tuman va kuchli yogingarchiliklar sharoitlarida bosh faralarni yoqilishi «oppok xira parda» effektini beradi. Buning sababi shundan iboratki, tuman yoki yomgir zarrachasiga tushgan yorug‘lik oqimi qisman qaytadi, qisman yutiladi. Yorug‘lik oqimining zarraga kirgan qismi ham ikkiga bo‘linib, bir qismi zarrani to‘g‘ri kesib o‘tib chiqib ketsa, ikkinchi qismi zarraning ichki qirralarida ko‘p marta qaytarilib, sungra zarradan turli yo‘nalishlarda chiqib ketadi. Yorug‘lik oqimining tuman zarrachalaridan kaytgan qismi yo‘lni yoritilganlik darajasini ancha susaytirsa, yutilgan qismi yuqorida kayd qilingan «xira pardani» hosil qiladi.
Tumanga qarshi yorug‘lik dastasini hosil qilish uchun quyidagi talablar bajarilishi kerak:
a) Yorug‘lik oqimini tumanda qaytarilishi va yutilishini kamaytirish maksadida yorug‘lik nurlarining uzunligini kamaytirish zarur. Bu talabni bajarilishi uchun tumanga qarshi faralar asosiy faralardan pastrokka joylashtirilishi kerak. Yo‘l yuzi bilan tumanga qarshi faraning eng chekka nuqtasi orasidagi masofa 250 mm dan kam bo‘lmasligi kerak.
b) Yorug‘lik oqimining vertikal tekislik bo‘yicha tarqalish burchagi kamaytirilib, gorizontal tekislikdagisi oshirilishi kerak. Bu tumanga qarshi faralarda maxsus nur tarqatgichlar o‘rnatilishi bilan amalga oshiriladi. Xozirgi zamon avtomobillariga o‘rnatilayottan tumanga qarshi faralarda yorug‘lik dastasini gorizontal tekislik bo‘yicha taralish burchagi 70o...90o tashkil qiladi.
v) Tumanga qarshi faralarning cho‘g‘lanish tolasidan bevosita chiqqan barcha yorug‘lik nurlari ekranlanishi kerak.
Tuzilishi bo‘yicha tumanga qarshi faralar to‘g‘ri burchakli yoki doiraviy bo‘lishi mumkin.
Faraning ichki hajmining kichikligi va galogen lampalarni ishlatilishini hisobga olib tarqatgichlar shishadan tayyorlanadi. Hozirgi zamon standartlariga ko‘ra tarqatgichlar ok, yoki sariq rangli qilib tayyorlanishi mumkin, lekin bu faralarni tuman sharotida yo‘lni yoritish xususiyatlariga amalda ta’sir ko‘rsatmaydi. Tumanga qarshi faralar kuzov ichiga yoki maxsus tirgak yordamida buferga mahkamlanadi.


15.11-rasm. Tumanga qarshi fara: a - FG 119 belgili fara; 1-tarqatgich, 2-qaytargich, 3-ekran. 4-lampa, 5-patron, 6-rostlash murvati.
b - FG120-B belgili fara;
1-gardish, 2-murvat, 3-lampa patroni, 4-lampa, 5-tarqatgich, 6-qaytargich, 7-optik element tutqichi, 8-korpus, 9-o‘tkazgich, 10-kontakt plastinasi, 11-qisqich, 12-zo‘ldirli tayanch.

Download 151.82 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 151.82 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobilsozlikni rivojlanish istiqbollari

Download 151.82 Kb.