• Yo‘lchiyeva Durdonaxonning “O‘zgarmaslar. Literal o‘zgarmaslar
  • O‘zgarmaslar. Literal o‘zgarmaslar
  • C++ dasturlash tili tarkibidagi o‘zgaruvchi turlari va o‘zgarmaslar




    Download 496 Kb.
    bet7/9
    Sana22.04.2023
    Hajmi496 Kb.
    #53169
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Yo\'lchiyeva Durdonaxon
    Ko\'p o\'zgaruvchili funksiyaning ekstremumlari., Yuqori tartibli differensial tenglamalar, Rahmatov Jaloliddin Mustaqil ish web dizayn, 5-6-7-8-9-sinflar uchun ona tilidan testlar, Informatika.9-sinflar-uchun
    3. C++ dasturlash tili tarkibidagi o‘zgaruvchi turlari va o‘zgarmaslar
    Identifikatorlar va kalit so`zlar Matematikada bo`lgani kabi C++ dasturlash tilida ham, dastur tarkibida foydalaniladigan o`zgaruvchilar va o`zgarmaslar o`z nomiga ega bo`lishi kerak. Bu nomlar matematikada lotin alifbesining bir, ikkita harflaridan tashkil topadi. C++ dasturlash tilida esa o`zgaruvchi va o`zgarmaslarning nomlari ketma-ket 255 tagacha bo`lgan belgilardan tashkil topadi va ular identifikatorlar deyiladi. Identifikator tarkibida foydalaniladfigan belgilar deyilganda faqat lotin alifbesining katta va kichik harflari, raqamlar va tag chiziqcha( _ ) tushuniladi. Shuni unutmaslik kerakki, identifikatorlarni yozishga katta va kichik harflar farqlanadi. Masalan: romb va Romb; n12 va N12;aylana_raduisi va Aylana_Radiusi kabi identifikatorlar boshqa-boshqa identifikatorlardir. Bundan tashqari C++ dasturlash tilining kalit so`zlari, funksiya nomlari obyektlar nomlari ham identifikatorlar hisoblanadi. Agar identifikator ikki yoki undan ortiq so`zlardan tashkil topgan bo`lsa ham ular bir-birlaridan probel bilan ajratilmaydi. Ular qo`shib yoziladi.Agar ajratib yozish kerak bo`lsa tag chiziqcha ( _ )dan foydalaniladi. 45 Masalan:tenglama_yechimi yozuvi identifikatordir. C++ dasturlash tilining kalit so`zlari deyilganda buyruqlarni tashkil qilishda foydalaniladigan ingliz tilida yozilgan operatorlar (yordamchi so`zlar) tushuniladi. Masalan, if,else, return, while, ….. kabi so`zlar kalit so`zlardir. C++ dasturlash tilining operatorlaridan identifikator sifatida foydalanib bo`lmaydi.
    C++ dasturlash tili tarkibidagi barcha o`zgaruvchilari qandaydir turlarga mansub bo`ladi, chunki o`zgaruvchi e‘lon qilingandan so`ng kompyuter xotirasidan o`zgaruvchi uchun joy ajratiladi. Dasturlash tillarida dastur bajarilishi paytida qandaydir berilganlarni saqlab turish uchun o`zgaruvchilar va o`zgarmaslardan foydalaniladi. O`zgaruvchi-dastur obyekti bo`lib, xotiradagi bir nechta yacheykalarni egallaydi va berilganlarni saqlash uchun xizmat qiladi. Dastur ishlashi mobaynida qiymatlari o`zgarishi mumkin bo`lgan identifikatorga o`zgaruvchilar deyiladi. O`zgaruvchi o‘z nomiga, o`lchamiga va boshqa atributlarga, xususiyatlarga ega bo`ladi. O`zgaruvchilarni ishlatish uchun ular albatta e‘lon qilinishi kerak. E‘lon natijasida o`zgaruvchi uchun xotiradan qandaydir soha zahiralanadi, soha o`lchami esa o`zgaruvchining aniq turiga bog‗liq bo‗ladi. C++ tilida o`zgaruvchi e‘loni uning turini aniqlovchi kalit so`zi bilan boshlanadi va ‘=’ belgisi orqali boshlang`ich qiymat beriladi (shart emas). Bitta kalit so`z bilan bir nechta o`zgaruvchilarni e‘lon qilish mumkin. Buning uchun o`zgaruvchilar bir-biridan ‘,’ belgisi bilan ajratiladi. E‘lonlar ‘;’ belgisi bilan tugaydi. O`zgaruvchi nomi 255 belgidan oshmasligi kerak. O`zgaruvchilarni e‘lon qilish dastur matnining istalgan joyida amalga oshirilishi mumkin. Dastur tarkibidaqandaydir o`zgaruvchilardan foydalanish uchun, ular, albatta, e`lon qilinishi kerak. E`lon qilishdan maqsad ushbu o`zgaruvchi uchun EHM xotirasidan joy ajratishdir. O`zgaruvchini e`lon qilishda, albatta, uning turi, nomi, dastlabki qiymati ko`rsatiladi (ya‘ni initsializatsiyalanadi. Ammo initsializatsiyalanmasdan ham e‘lon qilinishi mumkin). Ya‘ni initsializatsiyalashni o`zgaruvchi e`lonida emas, balki dastur ichida ham amalga oshirish mumkin.
    Dasturlash tillarida dastur bajarilishi vaqtida qiymati o`zgarmaydigan identifikatorlar o`zgarmaslar deyiladi. C++ tilida o`zgarmas (cons) – bu fiksirlangan sonni, satrni va belgini ifodalovchi leksema hisoblanadi. Kompilyator 48 o`zgarmasni leksema sifatida aniqlaydi, unga xotiradan joy ajratadi, ko`rinishi va qiymatiga (turiga) qarab mos guruhlarga bo‗ladi. C++ dasturlash tilida o`zgarmaslarni tasvirlash quyidagicha. const =; Dasturni ijro etish jarayonida o`z qiymatini o`zgartirmaydigan kattaliklar (identifikatorlar) o`zgarmaslar deyiladi. O`zgaruvchilarni initsiyalizatsiya qilmasdan (ya‘ni boshlang`ich qiymatini bermasdan) e‘lon qilish mumkin. Lekin o`zgarmaslar, albatta, initsiyalizatsiyalanishi shart va bu qiymatni, dasturni bajarish davomida o`zgartirib bo`lmaydi. O`zgarmaslar ham o`zgaruvchilar kabi oldindan e‘lon qilinadi. Ularni e‘lon qilishdan maqsad ham bu o`zgarmaslar uchun xotiradan joy ajratishdir. O`zgarmaslarni e‘lon qilish uchun const kalit so`zidan foydalaniladi, undan keyin o`zgarmas turi va nomi yozilib, yuqorida qayd qilganimizdek, dastlabki qiymati ko`rsatiladi va bu qiymat fiksirlangan qiymat hisoblanadi. Sonlardan tashqari belgili o`zgarmaslar tutuq belgisi (apostrof) ichiga olib yoziladi. Misol tariqasida quyidagi dasturni tahlil qling:


    Turni boshqa turga keltirish Bunda dastur tanasida o`zgaruvchining turini boshqa turga o`zgartirish haqida gap boradi va bunday imkoniyat C++ dasturlash tilida mavjud. O`zgaruvchi turini boshqa turga keltirishning oshkor va oshkormas usullari mavjud. O`zgaruvchi turni boshqa turga oshkor keltirish uchun yangi tur nomi oshkor yozib ko`rsatiladi. Masalan, quyidagi dasturda bu hol namoyish qilingan:


    Ikkinchi cout operatorida endl; kalit so`zi qo‗shildi. Bu kalit so`z, albatta, shart bo`lmagan operator bo`lib, satrni chop etish tugaganligini bildiradi. Ya‘ni endl – end line – satr tugashi demakdir. Turni o`zgartirishni quyidagicha ham amalga oshirish mumkin.

    Demak, turni boshqa turga keltirish uchun dastlab o`zgaruvchi initsializatsiya qilinadi, so`ngra o`tkazilayotgan turli o`zgaruvchi tomonidan o`zlashtiriladi. Yoki ikkinchi dasturda ko`rsatilganidek bu ishni chop etish jarayonida ham amalga oshirish mumkin. Faqat turni o`zgartirishda bitta muammo paydo bo`lishi mumkin. Agar initsializatsiya qilingan sonning xotirada egallagan joyi o`zlashtirilayotgan o`zgaruvchi uchun ajratilgan joydan katta bo`lsa, noto`g`ri natijaga ega bo`lish mumkin.
    O’zgarmas – bu shunday o’zgaruvchiki, uning qiymati hech qachon o’zgarmaydi. O’zgaruvchilar – qiymatlarning o’zlashtirishning qulay usulidir. Lekin siz qiymatning dastur davomida o’zgarmasligini kafolatlashni xoxlasangiz, buning uchun o’zgarmas – o’zgaruvchilardan foydalanishingiz mumkin. Masalan: agar siz quyidagi amalni bajarmoqchi bo’lsangiz :
    у = х * 3.1415926535897932384626433832795 ushbu ko’paytmani, pi=3.1415926535897932384626433832795;
    y=x*pi;
    ko’rinishida yozishingiz afzalroq.
    O’zgarmaslarning 3 ta : literallar, belgili o’zgarmaslar va hisoblagichlar turi mavjud.
    Literal : x=100 ;
    100 – literal o’zgarmas.
    Belgili. Const double pi=3.1415926535897932384626433832795;
    Pi – belgili o’zgarmas.
    Satr o’zgarmaslari.
    Dastur yozish paytida satr o’zgarmasini e’lon qilish uchun uni ikkita qo’shtirnoq orasiga olish kerak. Masalan, “salom yoshlar”. Bu satr o’zgarmasi sifatida komplyatsiya bo’ladi. Buni siz dasturning istalgan qismida bajarishingiz mumkin. Masalan, funksiya parametrlarini o’zlashtirishda, o’zgaruvchilarni e’lon qilishda. String a=”Salom yoshlar”.

    Xulosa
    Xulosa sifatida shuni aytish lozimki C++ dasturlashda o‘zgarmaslar literal o‘zgarmaslar to‘g‘risida juda ko‘p tushunchalar oldim. Afzalliklari: C tili bilan yuqori muvofiqlik hisoblash samaradorligi turli dasturlash uslublarini qo'llab-quvvatlash: tarkibiy, ob'ektga yo'naltirilgan, umumlashtirilgan dasturlash, funktsional dasturlash. Ob’yekt destruktorlarni avtomatik ravishda chaqirish xotira va boshqa manbalarni boshqarish ishonchliligini soddalashtiradi va oshiradi. Ortiqcha yuklangan operatorlar shablonlar To'g'ridan-to'g'ri kompilyatorlar tomonidan qo'llab-quvvatlanmaydigan paradigmalarni qo'llab-quvvatlash uchun tilni kengaytirish imkoniyati mavjudligi. C ++ uchun turli tillarga tarjima qilingan juda ko'p o'quv adabiyotlari mavjud. C dasturlash tilidan dan farqli tomonlari: ob'ektga yo'naltirilgan dasturlashni qo'llabquvvatlash; andozalar orqali umumlashtirilgan dasturlashni qo'llab-quvvatlash; qo'shimcha ma'lumotlar turlari; istisnolar; nom maydonlari; ichki funktsiyalar; operatorning yuklanishi(peregruzka); funktsiyalarning yuklanishi; a xotirani erkin boshqarish operatorlari; standart kutubxonaga qo'shimchalar. Afzalliklari: C tili bilan yuqori muvofiqlik Hisoblash samaradorligi Turli dasturlash uslublarini qo'llab-quvvatlash: tarkibiy, ob'ektga yo'naltirilgan, umumlashtirilgan dasturlash, funktsional dasturlash. Ob’yekt destruktorlarni avtomatik ravishda chaqirish xotira va boshqa manbalarni boshqarish ishonchliligini soddalashtiradi va oshiradi. Ortiqcha yuklangan operatorlar shablonlar To'g'ridan-to'g'ri kompilyatorlar tomonidan qo'llab-quvvatlanmaydigan paradigmalarni qo'llab-quvvatlash uchun tilni kengaytirish imkoniyati mavjudligi. C ++ uchun turli tillarga tarjima qilingan juda ko'p o'quv adabiyotlari mavjud.

    O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim Vazirligi


    Andijon davlat universiteti
    Axborot texnologiyalari va kompyuter injinering fakulteti
    Informatika o‘qitish metodikasi yo’nalishi
    4 kurs 429-guruh talabasi Yo‘lchiyeva Durdonaxonning
    O‘zgarmaslar. Literal o‘zgarmaslarmavzusini
    o’qitish metodikasi” mavzusidagi kurs ishiga

    RAHBAR XULOSASI


    Bugun mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va kundalik hayotga izchil joriy etish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
    Shu sababdan hozirgi kunda dasturlash tillarini yuqori saviyada o’rganish, yangi imkoniyatlari bilan tanishish va amaliyotda qo’llay olish uning imkoniyatlaridan to’laqonli foydalanish bugungi kunda korxona xodimlari, o’qituvchi va talabalar, shu soha bilan shug’illanuvchi mutaxassislar, dasturchilar oldida turgan eng muhim va asosiy vazifalardan biridir. Shu ma’noda C++ dasturlash tilining “O‘zgarmaslar. Literal o‘zgarmaslar” mavzusini o’rgatish informatika va axborot texnologiyalari oldida turgan muammolaridan biridir.Ushbu fikrlardan ma’lum bo’ladiki, tanlangan kurs ish “C++ da o’zgaruvchilarni tavsiflash” tushunchasi juda kerakli mavzu hisoblanib. Ta’lim yo’nalishi sohasidagi masalalarni еchishda, tajriba natijalarini qayta ishlashda, hozirgi kundagi insonlarni o’yga solib turgan muammolarni hal etishda, turli sohalarda meditsina, biznes, qurilish va boshqa bir qancha sohalarda insonlarni qo’l mehnatini va ko’p vaqtini olib kelayotgan ishlarni tez va oson eng asosiysi mukamal hal etishda dasturlashdan foydalanish hozirgi davr talabi hisoblanadi.

    Download 496 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 496 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    C++ dasturlash tili tarkibidagi o‘zgaruvchi turlari va o‘zgarmaslar

    Download 496 Kb.