O‘quv fanining maqsadi va vazifasi




Download 496 Kb.
bet2/9
Sana22.04.2023
Hajmi496 Kb.
#53169
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Yo\'lchiyeva Durdonaxon
Ko\'p o\'zgaruvchili funksiyaning ekstremumlari., Yuqori tartibli differensial tenglamalar, Rahmatov Jaloliddin Mustaqil ish web dizayn, 5-6-7-8-9-sinflar uchun ona tilidan testlar, Informatika.9-sinflar-uchun
O‘quv fanining maqsadi va vazifasi ―Informatika o‘qitish metodikasi fanini o‘qitishdan maqsad – bo‘lajak o‘qituvchilarini Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitish, kasbiy faoliyatida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash, informatikadan turli-tuman shakldagi sinf va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish hamda o‘tkazishga tayyorlash, ta‘lim-tarbiya sohasini axborotlashtirishning yo‘llari va istiqbollari haqidagi tassavvurlarini rivojlashtirish va chuqurlashtirish, informatika o‘qituvchisining kasbiy sohasida egallashi lozim bo‘lgan bilimlar, amalda qo‘llash uchun ko‘nikma va makalalarni shaklantirish hamda rivojlantirishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarda bo‘lajak informatika o‘qituvchisi sifatida umumiy o‘rta ta‘lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qitiladigan Informatika va axborot texnologiyalari fanining ahamiyati, uning mazmuni, tamoyillari, shuningdek, fanning boshqa fanlar bilan aloqadorligiga oid nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish vazifalarini bajaradi. Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Informatika va axborot texnologiyalarining ta‘lim tizimida tutgan o‘rni va ro‘li, informatika o‘qitish metodikasining pedagogika, psixologiya fanlari bilan bog‘liqligi, informatika o‘qitish metodikasi tarixi, informatika o‘qitishning zamonaviy usul va vositalari, informatikaga oid internet, masofaviy ta‘lim va Web-texnologiyalarga asoslangan tarmoq ta‘lim resurslari, darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarning xususiyatlari to‘g‘risida bilimga;
Ma’lumki, programma mashina kodlarining qandaydir ketma-ketligi bo'lib, aniq bir hisoblash vositasini amaI qilishini boshqaradi. Programma ta’minotini yaratish jarayonini osonlash-tirish uchun yuzlab programmalash tillari yaratilgan. Barcha programmalash tillarini ikki toifaga ajratish mumkin: - quyi darajadagi programmalash tillari; - yuqori darajadagi programmalash tillari. Quyi darajadagi programmalash tillariga Assembler turidagi tillar kiradi. Bu tillar nisbatan qisqa va tezkor bajariluvchi kodlami yaratish imkoniyatini beradi. Lekin, Asssembler tilida programma tuzish zahmatli, nisbatan uzoq davom etadigan jarayondir. Bunga qarama-qarshi ravishda yuqori bosqich tillari yaratilganki, ularda tabiiy tilning cheklangan ko‘rinishidan foydalangan holda programma tuziladi. Yuqori bosqich tillaridagi operatorlar, berilganlaming turlari, o‘zgaruvchilar va programma yozishning turli usullari tilning ifodalash imkoniyati oshiradi va programmani «o‘qimishli» bo4ishini ta’minlaydi. Yuqori bosqich tillariga Fortran, PL/1, Prolog, Lisp, Basic, Pascal, C va boshqa tillami misol keItirish mumkin. Kompyuter arxitekturasini takomillashuvi, kompyuter tarmog‘ining rivojlanishi mos ravishda yuqori bosqich tillarini yangi variantlarini yuzaga kelishiga, yangi tillami paydo bolishiga, ayrim tillarni esa yo‘qolib ketishiga olib keldi. Hozirda keng tarqalgan tillarga Object Pascal, C++, C#, Php, Java, Asp tillari hisoblanadi. Xususan, S tilining takommillashgan varianti sifatida C++ tilini olishimiz mumkin. 1972 yilda Denis Ritch va Brayan Kemegi tomonidan S tili yaratildi. 1980 yilda Byam Straustrop S tilining avlodi C++ tilini yaratdiki, unda stmkturali va ob’ektga yo‘naltirilgan programmalash texnologiyasiga tayangan holda programma yaratish imkoniyati tug‘i1di.
XX asrning 80 - yillaridan oldin ishlab chiqilgan kompyuterlar uchun katta dasturiy sistemalarni ishlab chiqish juda ham mushkul vazifa edi. Buning eng katta sababi shu davrga xos bo’lgan kompyuterlarning imoniyatlarining chegaralanganidadir. Dasturiy komplekslarni ishlab chiqishda asosiy cheklanishlar kompyuter tezkor xotirasining sig’imi, ma’lumotlarni ikkilamchi xotira qurilmalaridan (magnit lentalar, barabanlar va x.k.) o’qish tezligi, prostessorning ishlash tezligi (ularning takt chastotalari bir necha yuz mikrosekund bo’lgan) bilan bog’liq. Bu davrdagi kompyuterlar xalq ho’jaligining hisob-kitob bilan bog’liq bo’lgan masalalarini yechish uchun mo’ljallangan edi. Kompyuterlarda boshqa xarakterdagi masalalarning yechishning iloji yo’q edi. Dasturchilar uchun shu kompyuterlarda yechilayotgan masala uchun berilgan ma’lumotlarni hisobga olgan holda masalaning yechish algoritmini ishlab chiqish birinchi o’rindagi vazifa hisoblangan. Bu borada N. Virtning mashhur ma’lumotlar+algoritm=dastur formulasini yodga olish yetarli. 80-yillardan keyin ishlab chiqilgan kompyuterlarning imkoniyatlari kengayib, ishlab chiqarish narxi keskin pasaygani tufayli ulardan foydalanish samarasi ortib bordi. Natijada, dastlab matn va grafiklar uchun muharrirlari ishlab chiqildi, keyinchalik multimedia qurilmasi yordamida tovushli ma’lumotlarni qayta ishlash imkoniyatlari ham paydo bo’ldi. Kompyuter tasviriy imkoniyatlarining kengayishi foydalanuvchilar uchun qulay bo’lgan grafik muloqot interfeysini yaratilishiga sabab bo’ldi. Natijada yuqori murakkablikdagi katta amaliy dasturlarni yaratish foydali hamda zarur bo’lib qoldi. Dasturiy vositalarni ishlab chiqish uchun qurol sifatida yuqori bosqichli algoritmik tillardan foydalanildi. Bu dasturiy vositalar dasturchi va dasturchilar guruhi imkoniyatlarini kengaytirib, dasturiy mahsulotlarning murakkablik darajasining ortishiga ham sabab bo’ldi. Hozirgi kunda C# dasturlash tili yuqori bosqichli dasturlash tillari ichida eng samarali dasturlash tillaridan hisoblanadi. C# dasturlash tilida dastur tuzish uchun Visual Studio .NET muhitidan foydalanamiz. C# dasturlash tili obektga mo’ljallangan dasturlash tili hisoblanadi. C++ tilida programma yaratish bir nechta bosqichlardan iborat boladi. Dastlab, matn tahririda (odatda programmalash muhitining tahririda) programma matni teriladi, bu faylning kengaytmasi «.srr» bo'ladi, keyingi bosqichda programma matn yozilgan fayl kompilyatorga uzatiladi, agarda programmada xatoliklar bo‘lmasa, kompilyator «.obj» kengaytmali ob’ekt modul faylini hosil qiladi. Oxirgi qadamda komponovka (yig‘uvchi) yordamida «.exe» kengaytmali bajariluvchi fayl - programma hosil boladi. Bosqichlarda yuzaga keluvchi fayllarning nomlari boshlang‘ich matn faylining nomi bilan bir xil boladi.



  1. Download 496 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 496 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘quv fanining maqsadi va vazifasi

Download 496 Kb.