• «Sichqoncha»
  • Modem
  • Shaxsiy komp`yuterning qo‘shimcha va yordamchi qurilmalari




    Download 0.93 Mb.
    bet15/20
    Sana25.03.2017
    Hajmi0.93 Mb.
    #2423
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
    Shaxsiy komp`yuterning qo‘shimcha va yordamchi qurilmalari

    Komp`yuter imkoniyatlarini oshirish maqsadida unga turli qo‘shimcha qurilmalar ulanishi mumkin. Bu – printer, “sichqoncha”, modem, skaner va xokazolardir.

    Har bir qurilma protsessorda joylashgan mos ulagichga ulanadi yoki o‘rnatiladi. Qo‘shimcha qurilmani ulashdan avval komp`yuterni o‘chirish zarur, aks holda komp`yuter ishdan chiqishi mumkin. Quyida ular to’grisida batafsil ma’lumot beriladi.

    Printer - ma’lumotlarni qog‘ozga chiqaruvchi qurilma. Barcha printerlar matnli ma’lumotlarni ko‘pchiligi esa rasm va grafiklarni ham qog‘ozga chiqaradi. Rangli tasvirlarni chiqaruvchi maxsus printerlar ham bor.

    Printerlar quyidagi turlari mavjud; ignali, siyohli va lazerli.


    «Sichqoncha» - komp`yuter bilan foydalanuvchi muloqotini yengillashtiruvchi manipulyator. “Sichqoncha“ stol yoki maxsus yuzada harakati natijasida ekrandagi kursorni mos ravishda harakatlantiradi. menyuning birortasini bajarish uchun “Sichqoncha” mos tugmachasi bosiladi. Ba’zi bir amaliy dasturlar faqatgina “Sichqoncha“ bilan ishlashga moslashgan.

    Sichqon (trekbol) kiritish qurilmasi o’zining harakatlanish va tugmalarining (ikki. Uch va undan ortiq) bosilish haqida tizimga ahborot uzatib turadi. Bu qurulma kompuyuterga ahborot kiritishni osonlashtiradi. Asosan tasvirliy ahborotni.





    CD ROM - kompakt disklardan ma’lumotlarni o‘qish imkonini beradi. Bu kompakt disklar ishonchliroq, 650 Mbayt hajmdagi ma’lumotni saqlaydi.

    Kompakt disk CD-ROM qurilmaga joylanadi. CD-ROM-qurilmani ikki turi mavjud; oddiy va ahborotlarn yozish uchun. Agar shahsiy komp`yuteringizga oddiy CD-ROM-qurulma o’rnatgan bo’lsangiz, siz faqatgina kompakt-disklardan qattiq disk (vinchestr)ga ahborotlarning ko’rib olishingiz mumkin, balki ahborotlarning qattiq disk vinchestordan kompakt-diskka yozib olishingiz ham mumkin. Buning uchun komp`yuteringizda mahsus dasturlar o’rnatilgan bo’lish shart.

    Skaner - Komp`yuterga matnli yoki tasvirli ma’lumtolarni tasviriy ravishda kirituvchi qurilma. Skanerlar 2 xil bo‘ladi; avtomatik va avtomatik bo‘lmagan. Birinchisi ma’lumotni varaqlab o‘qiydi, ikkinchisi satrlab, buning uchun skanerni kerakli satrga qo‘l bilan surib turish kerak.



    Multimedia - Komp`yuter yordamida musiqa ijro etilishini ta’minlovchi qurilma. Odatda u kolonka va mikrofon bilan birgalikda sotiladi. Uning yordamida musiqani tahrirlash inson nutqini yozib olish mumkin.

    Modem - telefon tarmog‘i orqali boshqa komp`yuter bilan ma’lumot almashuvini ta’minlaydi. Modemlar ma’lumot uzatish tezligi bilan farqlanadi.



    Plotter – murakkab va katta hajmdagi chizmalarni qog‘ozga chiqaruvchi qurilma. Plotterlar 2 xil bo‘ladi -barabanli va planshetli. Barabanli plotter, rulonli, planshetli plotter esa varaqli qog‘ozga chizmalarni chiqaradi. Plotterlar asosan chizma loyihalarini avtomatlashtirishda foydalaniladi.



    Strimer – komp`yuter xotirasidagi (vinchester) ma’lumotlarni magnit lentalarga ko‘chirib oluvchi qurilma. Komp`yuter xotirasidagi ma’lumotlar o‘chib ketgan xollarda qayta tiklash imkoniyatiga ega.


    Trackball - sichqoncha kabi, shar shaklidagi manipulyator. Sharni aylantirish natijasida mos ravishda ekrandagi tasvir ham suriladi.





    Download 0.93 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




    Download 0.93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shaxsiy komp`yuterning qo‘shimcha va yordamchi qurilmalari

    Download 0.93 Mb.